Get Mystery Box with random crypto!

Avto Test

Telegram kanalining logotibi avto_testlar — Avto Test A
Telegram kanalining logotibi avto_testlar — Avto Test
Kanal manzili: @avto_testlar
Toifalar: Avtomobillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.57K
Kanalning ta’rifi

Avto Test kanali fuqarolarining Yo'l harakati qoidalariga oid bilimlarini mustahkamlash va yangiliklar yoritib boriladi!
Reklama: @ReklamaAvtoTest
Moderator: @avto_support |
Telegram • https://t.me/Avto_Testlar

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2023-04-03 19:52:10 ​​Tormozlanish bo'lagi bo'lgan yo'lda qaysi transport vositasi undan chiqish qoidasini buzdi?
#test | Avto Test
2.3K views16:52
Ochish/sharhlash
2023-03-29 08:15:02 Jarimalar va to‘lovlar miqdori oshadi! 1-maydan o‘zgaradigan jarimalar miqdori bilan tanishing.

– Kamar taqmaslik - 165 000 (82 500) so‘m
– Texnik ko‘rik, aptechka - 165 000 (82 500) so‘m
– Hujjatsiz boshqarish - 330 000 (165 000) so‘m
– Sug‘urtasiz boshqarish - 330 000 (165 000) so‘m
– Qizilda o‘tish - 660 000 (330 000) so‘m
– Noto‘g‘ri parkovka - 660 000 (330 000) so‘m
– Telefonda gaplashish - 990 000 (445 000) so‘m
– Raqamsiz haydash - 1 650 000 (825 000) so‘m
– Tezlikni oshirish (20 km/s) - 330 000 (165 000) so‘m
– Tezlikni oshirish (20-40 km/s) - 1 650 000 (825 000) so‘m
– Tezlikni oshirish (+40 km/s) - 2 970 000 (1 485 000) so‘m
– Qarama-qarshi harakatlanish - 3 300 000 (1 650 000) so‘m
– Mast holda haydash - 8 250 000 (4 125 000) so‘m yoki 3-yilgacha “prava”dan mahrum qilish
– Ruxsatsiz tonirovka - 8 250 000 (4 125 000) so‘m.
Qavs ichida 15 kun ichida to‘langanda 50 foizlik chegirma ko‘rsatilgan.

@avto_testlar
6.6K views05:15
Ochish/sharhlash
2023-03-23 10:06:24 Endi jarimalarni vaqtliroq to‘lasa, 50%gacha chegirma beriladi

Prezidentning tegishli qaroriga (PQ-99, 23.03.2023y) ko‘ra, 2023-yil 1-maydan boshlab ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha qo‘llanilgan jarimani ixtiyoriy to‘lash tizimi yanada soddalashtiriladi. Bu haqda O’zA xabar bermoqda.

Unga ko‘ra:

huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi;

mazkur tartib sud qarorlariga asosan qo‘llaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.


@Avto_Testlar
3.1K viewsedited  07:06
Ochish/sharhlash
2023-03-20 19:51:15
No comment

@Avto_Testlar
4.2K views16:51
Ochish/sharhlash
2023-03-18 07:22:04 ​​Harakatlanishga ruxsat etilgan barcha transport vositalari qaysi javobda ko`rsatilgan?
(1)Tramvay va mototsikl
(2)Avtomobillar va mototsikl
(3)Tramvay, yuk avtomobili va mototsikl
(4)Barcha transport vositalari
1.5K views04:22
Ochish/sharhlash
2023-03-11 19:17:25 ​​Yengil avtomobil haydovchisi yo'l berishi kerakmi?
#test | Avto Test
1.9K views16:17
Ochish/sharhlash
2023-03-07 11:00:07 Avtomobillar davlat raqamlaridagi harflarni bilasizmi?

1. PAA — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni xodimlari

2. PSS — Oʻzbekiston Prezidentining xavfsizlik xizmati

3. PPP — Oliy Majlis deputatlari va senatorlari

4. UZB — davlat hokimiyatining markaziy idoralari rahbarlari

5. APC — vazirliklar va davlat qoʻmitalari rahbariyati (vazirlarning oʻrinbosarlari)

6.  VSB, VSC, VSF, VSD, VSG, VSV — ichki ishlar idoralari davlat raqami

7. TSS, TST — davlat xavfsizlik idoralari davlat raqami

8. ZDF — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xodimlari

9. DXA — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat xizmatlari agentligi xodimlari

10. FVV — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari

11. TTA, TTB, TTC, TTD, TTE, TTF, TTG — taksilar

12. D — diplomatlar (yashil rangli)

13. CMD — elchilar, vakillar (yashil rangli)

14. T — texnik personal (yashil rangli)

15. M — xorijiy firma va kompaniyalar xodimlari, investorlar (yashil rangli)

16. X — konsulliklar, savdo vakolatxonalari (yashil rangli)

17. UN — BMT va tuzilmalarining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi raqami (koʻk rangli)

18. H - Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (sariq rangli)

19.  PSF, PSP, PSV - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
xodimlari

Avto Test
3.2K views08:00
Ochish/sharhlash
2023-03-04 18:02:05
#DIQQAT #TEST
IMTIHON MARKAZIDA TUSHGAN SAVOL???
SIZ TO'G'RI JAVOB BERA OLASIZMI???

Kim chorrahadan ikkinchi bo'lib o'tadi?
1.8K views15:02
Ochish/sharhlash
2023-03-02 15:14:03 ​​Qatnov qismidagi bunday yo`naltirgichlar nimani bildiradi?
(1)Haydovchini yo'lning xavfli qismiga yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradi
(2)Qatnov qismining torayishiga yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradi
(3)Yo`lning xavfli burilish yo'nalishini ko`rsatadi
#test | Avto Test
2.1K views12:14
Ochish/sharhlash
2023-02-23 16:30:11 O‘zbekistonda YHQ buzganlik uchun belgilangan jarima miqdori haqida ma’lumot beramiz:

– Transport vositalarini boshqarish vaqtida xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik: 150 000 so‘m;
– Majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan, o‘t o‘chirgich, tibbiyot qutichasi, avariya holatida to‘xtaganligini bildiruvchi belgi va nur qaytargichli kamzul bilan butlanmagan transport vositalarini boshqarish: 150 000 so‘m;
– Transport vositasini, boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari bo‘lmagan haydovchilar tomonidan boshqarilishi: 300 000 so‘m;
– Hayodovchilar tomonidan transport vositasini svetoforning taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan oʻtishi: 600 000 so‘m;
– Transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi: 600 000 so‘m;
– Haydovchilarning transportni boshqarish vaqtida qoʻl telefonidan foydalanishi: 900 000 so‘m;
– Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborishi: 300 000 so‘m;
– Haydovchilarning qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan yo‘l qismi yoki bo‘lagiga chiqib ketishi: 3 000 000 so'm.

Agar huquqbuzar jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarimaning 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lasa, jarimaning qolgan summasini to‘lashdan ozod qilinadi.

@avto_testlar
4.4K views13:30
Ochish/sharhlash