Get Mystery Box with random crypto!

Haydovchi qanday sabablarga ko'ra haydovchilik guvohnomasidan | Avto Test

Haydovchi qanday sabablarga ko'ra haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinishi mumkin?

Quyida O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining qoidalarini buzganlik uchun ko‘pincha haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yiladigan moddalari keltirilgan:

– 125¹-modda "Yuklarni tashish qoidalarini, shatakka olish qoidalarini buzish" (2-qism);
– 128⁴-modda "Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan to‘xtash chizig‘ini bosib kirishi va o‘tishi" (3-qism);
– 128⁵-modda "Transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi" (3-qism);
– 130-modda "Transport vositalari haydovchilari tomonidan temir yo'l kesishmalaridan o'tish qoidalarini buzish" (2-qism);
– 131-modda "Transport vositalarini mast holda boshqarish" (1-3-qismlar);
– 137-modda "Yo‘l-transport hodisasi yuz bergan joydan ketib qolish".

Boshqa moddalar haqida batafsil ma’lumotlarni lex.uz saytidan topishingiz mumkin.

Avto Test