Endi jarimalarni vaqtliroq to‘lasa, 50%gacha chegirma beriladi | Avto Test
Endi jarimalarni vaqtliroq to‘lasa, 50%gacha chegirma beriladi
Prezidentning tegishli qaroriga (PQ-99, 23.03.2023y) ko‘ra, 2023-yil 1-maydan boshlab ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha qo‘llanilgan jarimani ixtiyoriy to‘lash tizimi yanada soddalashtiriladi. Bu haqda O’zA xabar bermoqda.
Unga ko‘ra:
huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi;
mazkur tartib sud qarorlariga asosan qo‘llaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Avto Test kanali fuqarolarining Yo'l harakati qoidalariga oid bilimlarini mustahkamlash va yangiliklar yoritib boriladi!. Reklama: @ReklamaAvtoTest. Moderator: @avto_support |. . Telegram • https://...