Get Mystery Box with random crypto!

O'zi bilmagan narsani 'Alloh biladi' demaslik. Ibn Abbos rozi | Abduqodir Toshkandiy

O'zi bilmagan narsani "Alloh biladi" demaslik.

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Birortangiz hech qachon o'zi bilmagan narsani "Alloh biladi", demasin. Holbuki, Alloh undan boshqa narsalarni ham biladi. Bu bilan u o'zi bilmagan narsani Allohga o'rgatayotgan bo'lib qoladi. Bu esa Allohning huzurida katta gunohdir» dedi. (Arabiy matn)

Sharh: Bu yerda ba'zi odamlar mutakabbirlik ila o'zi bilmaydigan narsani "Bilmayman", degisi kelmasdan, o'z aybini yashirish uchun "Alloh biladi", deyish haqida gap bormoqda.
Ko'pgina hadislarda sahobalar roziyallohu anhumning "Alloh va Uning Rasuli biluvchi", deganlari kelgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam buni inkor qilmaganlar. Chunki sahobalar bu gapni kibr uchun va o'z bilmasliklarini yashirish uchun aytmaganlar. Balki avval bilmasliklarini e'tirof qila turib, keyin ilmni Allohga va Uning Rasuliga nisbat berganlar.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Odoblar hazinasi (Imom al-Buxoriy, Al-Adab Al-Mufrad, kitobining sharhi)