Get Mystery Box with random crypto!

Taqvo yo'liga endi kirganlarda shijoati juda kuchli bo'ladi. B | Abduqodir Toshkandiy

Taqvo yo'liga endi kirganlarda shijoati juda kuchli bo'ladi. Bu taqsinga loyiq albatta. Lekin bu degani, siz his qilayotgan, siz tushungan narsalarni hamma tushunadi degani emas. Dinga amal qilmaydiganlarda islomofobik ruhiyatni uyg'otib qo'yishdan saqlanishimiz kerak. Ular ham bir kun bu yo'lga kirishlari mumkin. Va shunga umid qilamiz. Ularni qoralab, har qilayotgan ishiga raddiya beraversak, ola ko'zlar ila qarab tursak bu yo'lda muhabbati so'nishiga sababchi bo'lib qolmaymizmi?

O'tgan haftada tanishlarim bilan ko'rishdik. Peshin vaqti masjidga borib, ayollar xonasida namoz o'qimoqchi bo'ldim. Yonimdagi qizga siz ham kiravering, kitob o'qib turasiz desam, istamadi. Boshida romoli yo'qligi, namoz o'qimasligi uchun uyalyapti deb tushundim. Sovuqda turmang yuring deb olib kirdik. Natija nima bo'ldi? namoz o'qiyotsam, u qiz chiqib ketdi. Sababini so'rasam, qizlar qarashidan o'zini noqulay his qilganini aytdi. Masjidda o'tirishlari sabab qalblarini ochib qo'yishini umid qilgandim, shuni so'ragandim. Ammo... Xulosa o'zingizdan.

Bilmaymiz, o'sha bizga g'ayritabiiy tuyilayotganlar, ertaga bizdan taqvoda o'tib ketishi mumkin.

Saidumarova | blog