Get Mystery Box with random crypto!

Asar_haqida

Telegram kanalining logotibi asar_haqida — Asar_haqida A
Telegram kanalining logotibi asar_haqida — Asar_haqida
Kanal manzili: @asar_haqida
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3
Kanalning ta’rifi

📚 Asar haqida fikrlar
📝 Iqtiboslar
💡 Shaxsiy fikrlar
📬 Kaminaga maktub
📚🎙 Kitob mutolasi

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-06-09 20:58:21 Live stream started
17:58
Ochish/sharhlash
2022-06-09 20:52:13
Boshlab qo‘ydik, fikringiz qanday, asar haqida?
15 views17:52
Ochish/sharhlash
2022-06-09 18:58:05 Live stream finished (19 hours)
15:58
Ochish/sharhlash
2022-06-08 23:15:44 Bittasini kuni bitdi
14 views20:15
Ochish/sharhlash
2022-06-08 23:14:25 Live stream started
20:14
Ochish/sharhlash
2022-06-08 15:51:22 Tavsiya etilgan kitob

Qanday kitob o‘qish kerak? Men buni bilmayman, men shunchaki sizga qanday kitoblarni o‘qishni niyat qilib qo‘yganimni aytmoqchiman.

Ko‘pincha, men hurmat qilgan insonning tavsiya qilgan kitobini o‘qishni ko'nglimga tuyib qo‘yaman. Ko‘pincha shunaqa bo‘ladi. Va yana qaysidir kitob chindan ham yoqib qolsa, shu kitob muallifini barcha kitobini o‘qishni istab qolaman va o‘qiyman ham deya olaman.

Kimdir, qaysidir kitobni o‘qimang, desa, negadir aynan o‘sha kitobni o‘qigim keladi. Kitobni o‘qishim uchun "nima uchun bu kitobni o‘qimasligim kerak" degan savol turtki beradi. Va o‘sha savolga javobni boshqa insondan topsam ham o‘zim anglab yetgim keladi, bilmadim nega?

Ha aytgancha yuqorida tavsiya etilgan kitob men uchun qiziq yoki qiziqroq tuyulsagina o‘qiyman. Aslini olganda men qiziq deb bilmagan kitobimni o‘qimayman. Istisno, o‘qishga majbur bo‘lib qolmasam albatta, misol uchun maktab darsliklari.

Hullas, shunaqa. Post qisqa bo‘ldi. Qachonlardir bu haqda kattaroq va batafsilroq post yozaman.

Sizga (aynan sizga) savolim bor, chiqib ketishdan oldin biror narsa deb qo‘yarsiz, savolga javob tariqasida. Savol: Kitobga yoki ba'zi fikrlarga "immunitet" hosil qilmasdan kitob o‘qish nimalarga olib kelishi mumkin? (Sizningcha).

Javob berilmasa hech kim xafa bo‘lmaydi.

P.S.: postni men yozdim.
11 views12:51
Ochish/sharhlash
2022-06-01 08:59:49 .
Yahyo
19 views05:59
Ochish/sharhlash
2022-05-28 23:28:04 Asarda baxtli yakun qanday bo‘lishi kerak?
22 views20:28
Ochish/sharhlash
2022-05-26 07:47:00 Yuqoridagi postlarni 2021-yil, avgust oylarida yozgandim. Katta ehtimol bilan hozir bunday narsa yozmayman/yozolmayman. Hozirgi men bilan oldingi menim o‘rtasida katta farq bor
25 viewsedited  04:47
Ochish/sharhlash
2022-05-26 07:40:25 Asarni tarjimon yozgan, ishonavering.

Men hozirgi kunda o‘zbek tilidan boshqa tilni bilmaganim uchun faqatgina o‘zbek tilidagi yoki o‘zbek tiliga o‘girilgan asarlarni o‘qiganman. Ko‘pincha, jahon adabiyotlarini o‘qiyman. (Aslida, kam kitob o‘qishimni bilib qolmasligingiz uchun aniq raqamlarga to‘xtalmayapman, to‘xtalmayman). Feminor Kuper ismli shaxsning "Josus yoki neytral (betaraf) hudud" badiiy asarini o‘qib chiqqanimda menga bu kitob juda ham yoqdi. O‘sha paytlarda deyarli kitob mutolaasi meni qiziqtirmas, bo‘sh vaqt topdim deguncha jahon kinolarini ko‘rardim. (Asosan jangari, fantastik va qo‘rqinchli). Qaysidir ma‘noda shu kitob meni kino olamidan chalg‘itib, kitob dunyosiga sho‘ng‘ishim uchun turtki bo‘lgan.

Aytganimday, bu asar menga juda ham yoqdi. Hattoki kino ko‘rishdan ham qiziqroq va ajoyibroq ekan, kitob o‘qish. Asarni o‘qib, asar qahramonlarini yuz tuzulishlarini sizga tasvirlab beradigan darajada aniq tasavvur qila olmagan bo‘lsamda, lekin, voqelikni aniq tasavvur qila oldim. Kinoda esa doim ham bunday bo‘lavermaydi. Ya'ni kinoda jarayonlar shu qadar tez ro‘y beradiki, "nimalar bo‘lganini angladim" deb o‘ylasangizda, aslida juda ko‘p jihatlarni e'tiborsiz qoldirgan bo‘lasiz.

Kitobni o‘qish jarayonida esa bunday bo‘lmaydi. Kitobni o‘qir ekansiz, har bir jihatga e'tibor bermaslikni iloji yo‘q. Asar qahramonlarini yuz tuzilishi haqida aniq tasavvurga ega bo‘lolmasligingiz mumkin, lekin, qahramonlarning harakteri va shunga o‘xshash kinolarda shunchaki ko‘radigan narsalaringizni, asarni o‘qish jarayonida o‘zingizda his qilasiz.

Birinchi o‘rinda asarni o‘qib, so‘ngra bu asarga ishlangan filmni ko‘rsangiz, ko‘zingizga aktyorlar hunikroq ko‘rinadi. Kinoning o‘zi ham zerikarli bo‘lib qoladi. Chunki, asarni o‘qib, huddiki, serial ko‘rganday bo‘lasiz. Kino rostdan ham zerikarli bo‘lib tuyuladi, oxirigacha ko‘rmaysiz yoki "kinosida qanaqa ekan" deb, o‘zingizni majburlab ko‘rasiz.

Xullas, shunaqa gaplar...

Shu joyga kelganda, bugun nima haqida yozmoqchi bo‘lganim esimga tushib ketdi . Ya‘ni hozirgi o‘qiyotgan postingiz kitob tarjimonlari haqida bo‘lishi kerak edi. Ammo, anavi "jahon adabiyoti, kinoga bo‘lgan muhabbatim" va shunga o‘xshash so‘zlar mening fikrlarimni chalg‘itdi (men aybdor emasman ). Va ko‘rib turganingizday, shunaqa narsalarni yozvoribman .

Nasib qilsa, keyingi safar yoki undan keyingisida tarjimonlar haqida qiziqarli narsalar yozaman.

@asar_haqida
24 views04:40
Ochish/sharhlash