Get Mystery Box with random crypto!

Tavsiya etilgan kitob Qanday kitob o‘qish kerak? Men buni bil | Asar_haqida

Tavsiya etilgan kitob

Qanday kitob o‘qish kerak? Men buni bilmayman, men shunchaki sizga qanday kitoblarni o‘qishni niyat qilib qo‘yganimni aytmoqchiman.

Ko‘pincha, men hurmat qilgan insonning tavsiya qilgan kitobini o‘qishni ko'nglimga tuyib qo‘yaman. Ko‘pincha shunaqa bo‘ladi. Va yana qaysidir kitob chindan ham yoqib qolsa, shu kitob muallifini barcha kitobini o‘qishni istab qolaman va o‘qiyman ham deya olaman.

Kimdir, qaysidir kitobni o‘qimang, desa, negadir aynan o‘sha kitobni o‘qigim keladi. Kitobni o‘qishim uchun "nima uchun bu kitobni o‘qimasligim kerak" degan savol turtki beradi. Va o‘sha savolga javobni boshqa insondan topsam ham o‘zim anglab yetgim keladi, bilmadim nega?

Ha aytgancha yuqorida tavsiya etilgan kitob men uchun qiziq yoki qiziqroq tuyulsagina o‘qiyman. Aslini olganda men qiziq deb bilmagan kitobimni o‘qimayman. Istisno, o‘qishga majbur bo‘lib qolmasam albatta, misol uchun maktab darsliklari.

Hullas, shunaqa. Post qisqa bo‘ldi. Qachonlardir bu haqda kattaroq va batafsilroq post yozaman.

Sizga (aynan sizga) savolim bor, chiqib ketishdan oldin biror narsa deb qo‘yarsiz, savolga javob tariqasida. Savol: Kitobga yoki ba'zi fikrlarga "immunitet" hosil qilmasdan kitob o‘qish nimalarga olib kelishi mumkin? (Sizningcha).

Javob berilmasa hech kim xafa bo‘lmaydi.

P.S.: postni men yozdim.