Get Mystery Box with random crypto!

Eng katta dars 20 yoshimgacha kun kelib, bir 'mo‘jiza' sodir | Asadbek Bozorov

Eng katta dars

20 yoshimgacha kun kelib, bir "mo‘jiza" sodir bo'ladi-yu, hayotim o'zgarib ketadi, boyib ketaman, mashhur bo'lib ketaman degan ichki hissiyot bilan yashab keldim.

Endi o'ylab qarasam, o'zim o'zgarmasam, "komfort zonam"dan chiqib harakat qilmasam, kimdir kelib, mening hayotimni o'zgartirib bermas ekan.

Ha, bu achchiq haqiqat, tan olish kerak. Turib, harakat qilib, ilm olib, kasb o'rganib, yo'lda uchraydigan qiyinchiliklarni yengib o'tmas ekansiz, bu hayotda nimadirga erishish juda qiyin.

Tanlov o'z qo'lingizda, yo hozirgi vaqtinchalik qiyinchiliklarga sabr qilib, yengib o'tasiz yoki butun umr aylanib o'tishga harakat qilib yurasiz.