Get Mystery Box with random crypto!

....... UNUTMAYSANA .......                  28-QISM    Davr | 👑 Club Bass Music kanali 👑

....... UNUTMAYSANA .......
                 28-QISM
   Davron hayratdan qotib qoldi.
   ---Davron. Eeey. Qayerda uchib yuribsan?
   Telefon o'chdi.
   ---Sherzod. Men hech qayoqqa ketmayman.- u mashina to'xtatish joyi tomon yurib ketdi va taksi to'xtatdi.
   ---Shoshmasangchi? Men ham ketyapman axir.
   Ular mashinaga o'tirishdi.
   ---Sherzod, u meni esladi do'stim. U esladi. Endi hech qayoqqa ketmayman.
   ---Rostdanni, bu zo'rku. Tabriklayman do'stim.

   Besh soat oldin. Ertalab.
   Sevara uyg'ondida Dinaraga bu haqida aytish yoki aytmaslikni o'yladi. Keyin ish bilan palatadan chiqib ketdi. Dinara kechagi hushidan ketganidan keyin qaytib uyg'onmagan edi.
   U uyg'ondi.
   ---Davron... Qani u?
   U ko'zini ochdi. Atrofga qaradi va hamma bo'lgan ishlar yodiga tusha boshladi. Davron bilan uchrashgani, Sherzodning aytgan gaplari, halokat... Dinara yig'lab yubordi. Ohista pichirladi:
   ---Meni kechir...
   Shu payt Sevaraning telefoniga ko'zi tushdi. Qo'liga oldi. O'chiq ekan. Yoqdi. 30tacha sms kelgan va Sherzod deb yozilgan odamdan ham kelgan ekan. Ochdi(Uning bu ishini qoralashingiz mumkin. Lekin u judayam qiziquvchan edi. Yomon niyati yo'q edi). Va... O'qidi. Shoshgancha Sevaraning telefonidan Davronni qidira boshladi va topdi. Unga qo'ng'iroq qildi...

   Davron va Sherzod yugurib kasalxonaga kirishdi. Ular yotgan palatani navbatchidan so'rab u yoq tomon chopdilar.
   Palataning shahd bilan ochilishidan Dinara cho'chib tushdi.
   ---Gulim, kechir meni.- u Dinarani quchoqladi. Ikkalasoning ham ko'zodan duv-duv yosh oqardi.
   ---Siz ham kechiring. Sizga va'da bergandim. Unutmayman degandim.
   ---Hechqisi yo'q gulim. Endi doim yoningda bo'laman. Haydasang ham ketmayman.
   ---Ketibam ko'ringchi,- o'rtada kulgu ko'tarildi.
   Bu orada xonaga Sevara kirib keldi. Bo'lgan ishlarni anglay olmay qoldi. Keyin hammasini tushuntirib berishganidan keyin u ham yig'lab yubordi.

Davomi bor...


Do'stlarga ham yuboring

Biz bilan birga bo'ling

•┈┈┈••✦ ✦••┈┈┈•
      t.me/Armonliqizzzz      
•┈┈┈•• ✦ ✦••┈┈┈•

Kanalga qo'shilib qo'ying!

#Reaksiya qoldirishni unutmang!