Get Mystery Box with random crypto!

....... UNUTMAYSANA .......                Yakuniy qism    | 👑 Club Bass Music kanali 👑

....... UNUTMAYSANA .......
               Yakuniy qism
   -Hammasini esladingmi dugonajon?
   ---Esladim Sevar. Meni kechiringlar.
   Ikkalasi ham yig'lay boshlashdi.
   ---Bu ayollarga qo'yib bersa ertalabgacha yig'lashadi. Bo'ldi qilinglar e,- urushib berdi Davron.
   ---Mayli, biz Davron va Dinarani yolg'iz qoldiraylik. Men bilan yuring Sevara. Sizda gapim bor,- Sherzod shunday deb Sevarani palatadan olib chiqib ketdi.
   ---Sevara, bilasizmi... Men sizga buni ancha oldin aytmoqchi edim.
   ---Tinchlikmi?
   ---Sizni... Sevaman. Menga turmushga chiqasizmi?
   ---Nima?! Axir Dinarani sevardingizku.
   ---Yo'q. Men xato qilgan ekanman. Men sizni sevaman. Siz uchun borimni beraman. Iltimos yo'q demang.
   Sevaraning ham Sherzodda anchadan beri ko'ngli bor edi. Qizarib yerga qaradi.
   ---Demak rozisiz, shundaymi?
   ---O'ylab ko'raman.
   ---Eeeee qo'ysangizchi unaqa gaplarni, yuring. Bizni kutib qolishdi,- Sherzod uning qo'lidan ushlab oldi.
   ---Hoy sekinroq. Ko'rib qolishadi.
   ---Nima qipti. Ko'raversin. Men endi sevgisini yashiradigan axmoqmasman.
   Ular qo'l ushlashib palataga kirib kelishdi. Buni ko'rgan Davron va Dinara hayratdan yoqa ushlab qolishdi.
   ---Men Sevaraning qo'lini so'radim. U rozi. Suyunchi beringlar.
   Sevara uni turtib qo'ydi.
   ---Jinnimisiz.
   ---Qoyile do'stim. Men hamma dardu sirlarimni senga doston qilgan paytda sen sevgingni sir tutgan ekansanda.
   Hamma kulib yubordi.

   1 oydan so'ng.
   ---Dinara, qanaqa bo'larkan, qo'rqib ketyapman.
   ---Eee men ham nima qilay.
   Xonaga Davron va Sherzod kirib kelishdi.
   ---Ha qizlar. O'tiribsizlar quyonga o'xshab.
   ---Ee kulmang. Qo'rqyapmiz.
   ---Iii qanaqasiga? Axir o'lishga ketmayapsizlarku.- ikkala oshiq ham oppoq libosdagi malikalarini ko'tarib oldi,- bu bizning to'y kechamiz. Hali hammasi yaxshi bo'ladi. Qani endi yuringlar. Hamma bizni kutyapti.
   Ikki keling kuyov to'y zaliga kirib kelishi bilan hamma qarsak chalib yubordi...
   Hammaga shunaqa baxt nasib qilsin

Mana azizlar yana bir hikoyani tugatdik

FIKRLARNI KOMMENTDA QOLDIRING


Do'stlarga ham yuboring

Biz bilan birga bo'ling

•┈┈┈••✦ ✦••┈┈┈•
      t.me/Armonliqizzzz      
•┈┈┈•• ✦ ✦••┈┈┈•

Kanalga qo'shilib qo'ying!

#Reaksiya qoldirishni unutmang!