Get Mystery Box with random crypto!

....... UNUTMAYSANA .......                  27-QISM    Dina | 👑 Club Bass Music kanali 👑

....... UNUTMAYSANA .......
                 27-QISM
   Dinara tuni bilan alahlab chiqdi.
   ---Davron ketma. Yo'q...
   Sevara uxlab qolgani uchun uni eshitmasdi. Bir payt u qichqirib turib ketdi.
   ---Yo'o'q!- Sevara cho'chib ketdi.
   ---Ha o'rtoq nima bo'ldi? Tinchlikmi?
   ---Davron... Davron...- u yig'lay boshladi.- endi u ketadi. Endi qaytmaydimi? Ayt ketmasin. Men uni esladim. Ketishga haqqi yo'q. U ketmayman. Yoningda bo'laman degan edi.
   Sevara uni bag'riga bosdi.
   ---Tinchlan. U hech qayoqqa ketmaydi. U yoningda bo'ladi. Ertaga uni chaqiraman. Maylimi?
   ---Bo'pti. So'z berasana?
   ---Albatta... Endi uxla. Axir hali yarim tunku.
   Dinara zo'rg'a uxladi. Sevara esa ertangi kuni haqida o'ylay boshladi.
   ---Endi nima qilaman? Ular ketib bo'lishgan bo'lsachi? Dinaraga nima deyman?- shu xayollar bilan u Sherzodga sms yozdi.
   ---Salom.
   U darrov javob yozdi.
   ---Salom. Kim bu? Tanimadim.
   ---Men Sevaraman. Uzur kechqurun bezovta qilganim uchun.
   ---Hechqisi yo'q. Bezovta qilmadiz. Xo'sh, xizmat?
   ---Sizlar hozir qayerdasizlar? Davron qayerda?
   ---Amerika aeroportidamiz. Hozirgina samolyot qo'ndi. Endi mehmonxonaga qarab ketyapmiz.
   Sevaraning tanasi muzlab ketdi. Qo'llari qaltiradi. Keyingi so'zlarni zo'rg'a yozdi.
   ---Haa, shunaqami? Yaxshi.
   U joyiga kirib yotdi va ming qiyinchilik bilan uxlab qoldi. Yarim soat o'tib telefoniga xabar keldi. Lekin u buni eshitmadi.
   ---Hazillashdim jinni. Biz hali ketmadik. Biror gap bo'ldimi?
   Ertasi kuni Sevara telefinini yoqmadi. Kechagi gaplarni eslagisi kelmadi. Dinaraga ham aytmadi. Hamma alamni ichiga yutib yuraverdi.

   ---Sherzod, hammasi tayyormi?
   ---Ha do'stim. Davron... Senga gapim bor edi.
   ---Ha, tinchlikmi?
   ---Tinchlik. Kecha Sevara menga yozgan edi. Kettingizmi deb. Shunga bir ulardan xabar olsang bo'larmidi?
   ---Yo'q. Yana uning hayotiga qaytishni xohlamayman.
   Shu payt uning telefoniga qo'ng'iroq bo'ldi. Qarasa notanish raqam. Ko'tarishni ham, ko'tarmaslikni ham bilmas edi. Oxiri ko'tardi.
   ---Alo.
   ---Davron ketmaaang...

Davomi bor...


Do'stlarga ham yuboring

Biz bilan birga bo'ling

•┈┈┈••✦ ✦••┈┈┈•
      t.me/Armonliqizzzz      
•┈┈┈•• ✦ ✦••┈┈┈•

Kanalga qo'shilib qo'ying!

#Reaksiya qoldirishni unutmang!