Get Mystery Box with random crypto!

Arab Tili Online

Telegram kanalining logotibi arabtilionline — Arab Tili Online A
Telegram kanalining logotibi arabtilionline — Arab Tili Online
Kanal manzili: @arabtilionline
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.01K
Kanalning ta’rifi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda 🌐
➡️ Instagram.com/arabtilionline
➡️ Tiktok.com/@arabtilionline
➡️ https://www.youtube.com/c/ARABTILIONLINE
Ro'yxatdan o'tish uchun:
https://inteacher.modme.uz/entry/lead?utm_source=Telegram
📞33 998 30 30

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-04 12:58:50
Arab tilini bilish

أصحاب العربية جن الإنس يبصرون ما لا يبصر غيرهم

«Arab tilini biladiganlar insoniyatning jinlari kabidirlar. Ular boshqalar koʻrolmagan narsalarni koʻradilar».

Imom Shofeʼiy roziyallohu anhu

AbdullohRahim
@arabtilionline
1.3K views09:58
Ochish/sharhlash
2022-08-04 12:54:36 Hoy, ilming ziyoda bo‘lgur, qadrdon! Arab tilida o‘qishni qoyil qilganingdek, arabcha uqishni ham qoyillat endi!

Bu tilni (ixlos ila) o‘rganish orqali:

- Aqlingni ishlata boshlaysan!
“Biz uni arabiy Qur’on etib nozil qildik. Shoyadki, aql ishlatsangiz”.
(Yusuf surasi, 2-oyat)

- Zehningni charxlaysan va mard bo‘lasan!
• “Arab tilini o‘rganinglar. Chunki u aqlni mustahkamlaydi va oliyjanoblikni ziyoda qiladi”.
(Umar ibn Xattob roziyallohu anhu)

- Diyonatli bo‘lasan!
“Arab tilini o‘rganinglar. Chunki u diningizdandir”.
(Umar ibn Xattob roziyallohu anhu)

- Mas’uliyatni his etasan!
Umar ibn Xattob Abu Muso Ash’ariy roziyallohu anhuga xat yozib shunday deganlar: “Ammo ba’d. Sunnatda faqih bo‘linglar va arab tilida ham faqih bo‘linglar”.
(Faqih - biror narsani nozik joylarigacha biluvchi)

- Imtiyozga ega bo‘lasan!
• “Kim bizning masjidimizda arab tilidan boshqasida gapirsa, masjiddan chiqarib yuboriladi”.
(Imom Molik rohimahulloh)

- Ulkan xazinaning kalitini qo‘lga kiritasan!
• “Kim nahvni chuqur o‘rgansa, boshqa ilmlarga yo‘l topadi”.
(Imom Shofe’iy rohimahulloh)

- Usulni tushuna boshlaysan!
• “Mendan so‘ralgan birorta fiqh masalasi yo‘qki, unga nahv qoidalaridan javob bermagan bo‘lsam”.
(Imom Shofe’iy rohimahulloh)

- Har tomonlama yuksalasan!
• “Bilginki, (arab) tilini o‘rganish aqlga, dinga va axloqqa kuchli hamda aniq-ravshan ta’sir ko‘rsatadi”.
(Ibn Taymiyya rohimahulloh)

- Qur’onni anglaysan!
• “Qur’on fazlini faqatgina arablarning gaplarini, lug‘at, arab tili va bayon ilmini bilgan hamda arablarning she’rlariga nazar solgan kishigina biladi”.
(Ibn Qayyim rohimahulloh)

- Xatodan saqlanasan!
• “Bularning hammasi (arab) tilini va sunnatni bilmaslikdir”.
(Qurtubiy rohimahullohning tafsirlarida biror qarashga raddiya bermoqchi bo‘lganlarida eng ko‘p aytgan gaplari)

- Maqtalasan!
“Sarf, nahv va lug‘at ilmini bilish mujtahidning shartlaridandir”.
(Ansoriy Hanafiy rohimahulloh)

-
Rohatlanasan!
“Allohga qasamki, men uchun fors tilida maqtalishimdam ko‘ra, arab tilida mazah qilinishim sevimliroq”.
(Abu Rayhon Beruniy rohimahulloh)

- Shuncha payt nimasiz yashaganingni tushunasan!
“U (arab tili) tillar orasida barcha kamchiliklardan pok va barcha xunukliklardan oliydir. Arab tili tillarning eng o‘rta yo‘lli va eng ko‘p so‘zlisidir”.
(Abu Nasr Farobiy)

Qani, bismillah...

Muhammadoshiq
@arabtilionline
1.2K views09:54
Ochish/sharhlash
2022-08-03 16:01:47
-Ogʻayni nimaga arab tili oʻrganishni haliyam keyinroqqa suryapsan? Qara, bu ikki videoning birida dini islomda katta iz qoldirgan shayx hazratlari rohimahullohning ikkinchisida esa tashqi siyosat, xalqaro munosabatlarda Oʻzbekiston tarixi va bugungi kunida oʻz oʻrniga ega siyosat arbobining arab tilida erkin gapirayotganini koʻramiz. Ana motivatsiya, diniy hamda dunyoviy sohalar yetakchilari bu insonlar.

0 dan bepul arab tilini oʻrganmoqchi boʻlsangiz bu post siz uchun

@arabtilionline
1.2K viewsedited  13:01
Ochish/sharhlash
2022-08-03 15:53:32
Manba: tadriysularab
@arabtilionline
1.0K views12:53
Ochish/sharhlash
2022-08-02 15:58:33
عَنْ أَبِي مُوسَى الْأَشْعَرِيِّ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: (مَثَلُ الْمُؤْمِنِ الَّذِي يَقْرَأُ الْقُرْآنَ كَمَثَلِ الأُتْرُجَّةِ؛ رِيحُهَا طَيِّبٌ وَطَعْمُهَا طَيِّبٌ, وَمَثَلُ الْمُؤْمِنِ الَّذِي لَا يَقْرَأُ الْقُرْآنَ؛ كَمَثَلِ التَّمْرَةِ لَا رِيحَ لَهَا وَطَعْمُهَا حُلْوٌ, وَمَثَلُ الْمُنَافِقِ الَّذِي يَقْرَأُ الْقُرْآنَ مَثَلُ الرَّيْحَانَةِ؛ رِيحُهَا طَيِّبٌ وَطَعْمُهَا مُرٌّ, وَمَثَلُ الْمُنَافِقِ الَّذِي لَا يَقْرَأُ الْقُرْآنَ كَمَثَلِ الْحَنْظَلَةِ لَيْسَ لَهَا رِيحٌ وَطَعْمُهَا مُرٌّ)

Rasululloh (sollal­lohu alayhi va sallam):
“Qur’on o‘qiydigan mo‘min utrujja (limon jinsidan bo‘lgan bir meva)ga o‘xshaydi, hidi ham xushbo‘y, ta’mi ham shirin.
Qur’on o‘qimaydigan mo‘min xurmoga o‘xshaydi, ta’mi shirin, hidi yo‘q.
Qur’on o‘qiydigan fojir rayhonga o‘xshaydi, ta’mi achchiq, hidi xushbo‘y.
Qur’on o‘qimaydigan fojir achchiq xantalga o‘xshaydi, ta’mi achchiq, hidi yo‘q.

@arabtilionline
1.1K views12:58
Ochish/sharhlash
2022-08-02 15:09:46 Utrujja nima?
999 views12:09
Ochish/sharhlash
2022-08-02 15:01:55
Nyuton bu iqtibosni eshitib:

عندما سقطت التفاحة على رأس نيوتن كان يقصد هذه السيارة!

Nyutonning boshiga olma tushganda shu mashina (yasashni, ixtirosini) qasd qilgan!

@arabtilionline
987 views12:01
Ochish/sharhlash
2022-08-02 08:14:21
#حاول_أن_تفهم

عِنْدَمَا - qachonki, -ganda
سَقَطَ - tushmoq, yiqilmoq
تُفَّاحٌ - olma
عَلَى - ustida, ustiga
رَأْسٌ - bosh
نُيُوتُن - Nyuton (fizik olim)
كَانَ، يَكُونُ - edi, boʻlmoq
قَصَدَ، يَقْصِدُ - niyyat, qasd qilmoq
هَذِهِ - bu
سَيَّارَة - mashina

Hayya, tushunishga harakat qilamiz)

Mubolagʻani daxshati oʻziyam

@arabtilionline
1.0K viewsedited  05:14
Ochish/sharhlash
2022-08-01 15:44:51
Uylanish taklifini eshitgan عزب :)

أَنَا أُوَافِقُ! | !ana uvaafiqu
أَنَا - men
أُوَافِقُ - roziman

@arabtilionline
1.1K viewsedited  12:44
Ochish/sharhlash
2022-05-21 03:00:12 Arab alifbosini oʻrganish uchun tavsiyalar:

Men sizlarga arab harflarini bir hafta ichida oʻrganib olishingiz uchun oʻz tavsiyalarimni bermoqchiman. Oʻylaymanki, bu sizga asqotadi.

Birinchi navbatda arab harflari qiyin degan miyangizdagi fikrdan xalos boʻling! Arab harflari ham Kirill va Lotin harflari kabi oddiy harf.

Arab alifbosidagi 28 ta harf va 12 ta maxsus belgilarni kunlarga taqsimlab chiqing, masalan: bir kunda 4 ta harf va 2 ta belgi oʻrganaman deb. Mobodo biror kun 3 ta harf oʻrgansangiz hech ham bugun oz boʻldi, deya noshukr boʻlmang. Aks holda Alloh taolo sizga shu 3 ta harfni oʻrganishni ham qiyin qilib qoʻyishi mumkin. Yaqingacha birorta ham harf tanimas edingizku, shunday emasmi?! Shukr qilsangiz Alloh taolo albatta ziyoda qilib beradi.

Oʻz zamonasining yetuk ulamosidan, siz buncha ilmga qanday qilib erishdingiz deb soʻrashganlarida, u zot : "Men bitta harf oʻrgansam ham shukr qildim" deb javob bergan ekan.

Husnixat daftar tuting. Hozirda istalgan kitob doʻkonlaridan chiroyli va qulay husnixat daftarlarini topasiz, narxlari ham arzon . Daftar sizni ishingizni ikki barobar yengillashtiradi, harfni yozish uchun nuqtalarni ustidan ruchkangizni yurgizib qoʻysangiz bas.

Youtube va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda arab harflarini juda zoʻr qilib oʻrgatgan videodarslar bor. Qidiruv joyiga Arab alifbosi deb yozsangiz, sizga minglab bir biridan ajoyib videolarni chiqarib beradi. Oʻzingizga yoqqan videolarni tanlab oʻrganaverasiz. Alifdan boshlab Yagacha qisqa, loʻnda, tushunarli darslar mavjud. Internetdan unumli foydalanish ham kerak. Shunchaki vaqt oʻtkazish uchun emas.

Play market va App store da ham harflarni oʻrgatuvchi ilovalar bor.

Qidiruvga arab tilini oʻrganaman deb yozing.

Orifjon Odiljon

@arabtilionline
2.5K views00:00
Ochish/sharhlash