Get Mystery Box with random crypto!

Arab alifbosini oʻrganish uchun tavsiyalar: Men sizlarga ar | Arab Tili Online

Arab alifbosini oʻrganish uchun tavsiyalar:

Men sizlarga arab harflarini bir hafta ichida oʻrganib olishingiz uchun oʻz tavsiyalarimni bermoqchiman. Oʻylaymanki, bu sizga asqotadi.

Birinchi navbatda arab harflari qiyin degan miyangizdagi fikrdan xalos boʻling! Arab harflari ham Kirill va Lotin harflari kabi oddiy harf.

Arab alifbosidagi 28 ta harf va 12 ta maxsus belgilarni kunlarga taqsimlab chiqing, masalan: bir kunda 4 ta harf va 2 ta belgi oʻrganaman deb. Mobodo biror kun 3 ta harf oʻrgansangiz hech ham bugun oz boʻldi, deya noshukr boʻlmang. Aks holda Alloh taolo sizga shu 3 ta harfni oʻrganishni ham qiyin qilib qoʻyishi mumkin. Yaqingacha birorta ham harf tanimas edingizku, shunday emasmi?! Shukr qilsangiz Alloh taolo albatta ziyoda qilib beradi.

Oʻz zamonasining yetuk ulamosidan, siz buncha ilmga qanday qilib erishdingiz deb soʻrashganlarida, u zot : "Men bitta harf oʻrgansam ham shukr qildim" deb javob bergan ekan.

Husnixat daftar tuting. Hozirda istalgan kitob doʻkonlaridan chiroyli va qulay husnixat daftarlarini topasiz, narxlari ham arzon . Daftar sizni ishingizni ikki barobar yengillashtiradi, harfni yozish uchun nuqtalarni ustidan ruchkangizni yurgizib qoʻysangiz bas.

Youtube va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda arab harflarini juda zoʻr qilib oʻrgatgan videodarslar bor. Qidiruv joyiga Arab alifbosi deb yozsangiz, sizga minglab bir biridan ajoyib videolarni chiqarib beradi. Oʻzingizga yoqqan videolarni tanlab oʻrganaverasiz. Alifdan boshlab Yagacha qisqa, loʻnda, tushunarli darslar mavjud. Internetdan unumli foydalanish ham kerak. Shunchaki vaqt oʻtkazish uchun emas.

Play market va App store da ham harflarni oʻrgatuvchi ilovalar bor.

Qidiruvga arab tilini oʻrganaman deb yozing.

Orifjon Odiljon

@arabtilionline