Get Mystery Box with random crypto!

Meni esla Har kun, har soat 17 qism | 𝐓꯭ʸ꯭ᵖ꯭ⁱ꯭ⁿ꯭ᵍ꯭✍🏻

Meni esla
Har kun, har soat

17 qism

Aka yaxshimisiz?

Yaxshi emasman, yaxshi emasman Davron. Sendan bir yordam soʻrayman. Karimni(Karim Usmonni onasini va akasini vahshiylarcha oʻldirgan qotil edi. Usmon shuncha vaqtdan beri Karimni izini topish uchun harakat qilgandi. Aslida u ham hamma bolalar kabi ulgʻayishi mumkin edi. Ammo avval koʻz oldida onasini vaxshiylarcha oʻldirilgani soʻng esa hammasini unutdim deganda suyangan akasini ham Usmonni oldida ham oʻldirib ham olovda yoqqani Usmondan bolalarcha boʻlgan xarakterni oʻldirgan edi) oʻzingiz zarar bermay bu yerga olib keling...

Xoʻp aka siz havotir olmang.
Aka menga ishonavering, bu safar hech qanday xato boʻlmaydi ...

Usmon bir amallab oʻzini qoʻlga olib, rafiqasini oldiga kirdi. Afsun Usmonni koʻrib sal boʻlsa ham tinchlandi...

Ketmadingizmi? Ketmadingiz shu yerdasiz

Yaxshimisan?

Usmon nimadir boʻldimi sizga?

Yoʻq hech narsa boʻlmadi.

Usmon yashirmang mendan

Usmon Afsunni oldiga oʻtirdi. Qoʻllarini ushlab gap boshladi

Juda osonmi? Sen shunchalar oson deya oʻylayapsanmi?

Usmon men...

Seningcha senga nimadir boʻlsa men tinch hayot kechira olamana? Hech narsa boʻlmagandek yashaymanmi?

Axir....

Men gapirayotganimda eshit... Esingdami? Sizni hech qachon seva olmayman deding. Keyin sevding, hatto oʻz ogʻzing bilan sevganingni tasdiqlading. Sizga hech qachon ishonmayman deding, sizni oʻldiraman deding ammo oʻzing qutqarding. Endi esa osongina oʻlim yoqasiga tashlash osonmi? Sen shuni niyat qilgan edingmi? Avval oʻzinga oʻrgatib keyin indamay ketish...

Usmon aka men hech narsani reja qilmadim ishoning ammo aytsam bolamizni oʻldirishgan majbur qilardiz

Meni Shunchalik beshavqat deb oʻylaysanmi? Toʻgʻri boshida seni joningni ogʻritadigan seni hafa qiladigan ish qildim. Ammo men oʻzgara boshlagan edim, sening uchun oʻgʻlimiz uchun. Endi esa sen "Biz"ni yoʻq qilmayapsanmi?

Usmon aka nima qila olardim. Siz kechalari uyga kelmasdiz. Qandaydir bir qasos uchun bizdan kechgandingiz ham. Buni aytsam...

Qoyil senga... Qandaydur bir qasos shunaqami? U odam meni qanday ahvolga solganini, menga nima qilganini bilmaysan. Nega uni izlayotganimni ham bilmaysan. Hatto mendan nega uni izlashimni ham soʻramagansan... Baʼzida qalbi tosh deya shunaqa gaplar aytasanki ich-ichimdan oʻtib ketadi...

Usmon indamay tashqariga chiqib ketdi. Aslida u hech narsani hazm qilolmayotgan edi. Hayotida yagona bir inson qoldi ammo u ham Usmonni tark etmoqchi boʻlyapti...

Usmon Afsunni narsalarini olgani uyga ketdi. Davron Afsunni oldiga kirdi

Davron Usmon akam qayerdalar? Yaxshilarmi?

Bilmayman yanga hech bunaqa ahvolda koʻrmagan edim...

Eh hafa qildimmikin

Nimadir boʻldimi orangizda...

Afsun unga hammasini aytib berdi.

Yanga lekin bekor bunaqa gaplar aytibsiz... Akam u odamni onalarini va akalarini qasosini olish uchun izlardi. Bilasiz kechalari uxlolmaydilar, bolalik vaqtlari shunaqangi narsalarga guvoh boʻlganlarki... Ularni aytishga tilim bormaydi...

Davomi bor

@Farruxchik3101