Get Mystery Box with random crypto!

Meni esla Har kun, har soat 18 qism U | 𝐓꯭ʸ꯭ᵖ꯭ⁱ꯭ⁿ꯭ᵍ꯭✍🏻

Meni esla
Har kun, har soat

18 qism

Usmon uyga kelganda gʻalati bir hisni tuydi. Har zamon uyga kelganda Afsun oʻzi uni kutib olardi. Usmon xonaga chiqib narsalarni ola boshladi. Oʻgʻli Umar pastda televizorni koʻrib har xil kanallarga qoʻyib chiqardi.

Dada buni qarang... Dadaaa

Oʻgʻlim nima boʻldi? Hozir boraman

tez keling dada oʻtib ketadi

Tinchlikmi? Nega buncha shoshirasan?

Ali amakim. Qarang Ali amakim qaytibdi. Televizorda koʻrsatishyapti...

Ali... qaytibdi...


Ali chet el safarlaridan charchaganingiz uchun qaytishga qaror qildingizmi?

Chet el safaridan ancha narsa oʻrganib qaytyapman. Bilasiz malakali jarroh boʻlish qiyin. Shu sabab vaqtimni koʻngil xushlik uchun emas ishga qaratgan edim.

Demak oʻz ishingizni qayta davom ettirasizmi?

Qayta emas. Boshidan boshlayman... Ha aytgancha...
Ali kameraga kulib qarab turdida
"Usmon men qaytdim" deya aytib mehmonxonaga kirib ketdi.

Dada koʻrdingizmi sizni ismingizni aytdilar..?

Koʻrdim oʻgʻlim, koʻrdim...

Usmonni hayollari uzoq yil oldingi Ali bilan oxirgi uchrashuviga ketdi

Usmon qutqarib qolishim kerak

U onamni oʻldirgan...

Usmon men doktorman. Bu burchim axir...

U onamni akamni oʻldirgan axir qutqarib qola olasanmi? Doʻstingni bolaligini tortib olgan insonni qanday qutqarishga qoʻling boradi.

Usmon hozir qiyin ahvoldasan. Ammo ishon hozir bu odam oʻlsa seni bir umrga qamoqqa kirgizgan boʻlaman. Qoʻyib yubor uni qutqarib qolay...

Demak sen uni qutqarmoqchisan...

Usmon ishon hozir boʻlmaydi. Menga ishon uni qutqarib qolmasam seni qamashadi, hozir bu ishni qilmaylik. Bir kuni kelganda senga oʻzim tushuntiraman hammasini.

Oʻshanda Ali Karimni qutqarib qoldi. Usmon esa doʻsti bilan oʻsha kuni aloqani uzdi. Ammo Ali bir kun kelib hammasi yaxshi boʻlishiga ishonib doʻstini qamoqdan qutqarib qolish uchun qoʻlidan keladigan yagona ishni qilgandi...
.......

Hujjatlar tayyormi?

Tayyor Ali Hakimovich

Unda yangi ish joyimda koʻrishamiz...

Ali hujjatlarini olib mehmonxonadan chiqib ketdi. U toʻgʻri Afsun yotgan shifoxonaga bordi. Kelganidan Afsunni ishi bilan shugʻullanishga kirishdi.

Bemorni koʻrishim kerak, qayerda u?

Ali?

Davron... oʻzgarib ketibsan

Sen bu yerda...

Afsun xonim endi meni bemorim.

Ali sen haqiqatdan ham?

Havotir olma Afsun uchun hamma ishni qilaman.

Doʻstim...
Ali va Davron quchoqlashib koʻrishdi. Ikki doʻst ancha vaqt ichida bir-birini juda sogʻingani shundoq bilib turardi.

....

Usmon yaxshimi?

Hech yaxshi emas, hech narsani toʻgʻri qabul qilolmaydigan boʻlib qolgan. Alamini oʻzidan oʻzini qiynagan xolda chiqaradi.

Ha...demak...

Ammo seni hech unutmagan. Ishon oldida sen bilan tushgan rasmlarigacha olib yuradi. Ammo sen haqingda gap boshlasam...

Oʻsha kunni eslab senga urishadi

Ha oʻsha kuni u uchun qiyin boʻlgan..

Menga oson deysanmi? Oʻz akamdek boʻlgan doʻstimni, qadrdonimni onasini va akasini oʻldirgan insonni saqlab qolish men uchun ham oson boʻlmagan.

Ammo oʻshanda sen uni...

Davron ishon oʻshanda uni qutqarib qolmaganimda Usmon bir umr qamoq ortida hayot kechirardi. U shoshildi, oʻch olishga juda shoshildi...

Davron amaki

Toychog'im meni...

Oyim yaxshilarmi?

Havotir olma oying juda kuchli ayol... Singling ham juda kuchli

Ammo oyimni... Voy Ali amakimku

Sen bolakay ...

Bu .....

Meni oʻgʻlim...

Demak Umar ekansanda?

Siz meni taniysizmi?

Tanimasligim mumkinmi?

Davomi bor

@Farruxchik3101