Get Mystery Box with random crypto!

Meni esla Har kun, har soat 16 qism | 𝐓꯭ʸ꯭ᵖ꯭ⁱ꯭ⁿ꯭ᵍ꯭✍🏻

Meni esla
Har kun, har soat

16 qism



Usmon Afsunni tinchlantirib joyiga yotqizdi. Hamma narsalarini tayyorladi ertaga ertalab samolyotga chipta buyurtirgan edi. Shu sabab yoʻqligida uyni dadasiga ishonib qoldirib ketayotgan edi. Ertaga Mansur va xotini ham uyga kelishga tayyorgarlik koʻrishgan edi. Usmon narsalarini tayyor qilib Afsunni narsalari orasidan qogʻoz va ruchka qidirayotgan vaqt bir hujjatga koʻzi tushdi. Qanaqadir homildorlik haqidagi tashxis edi. Uncha eʼtibor bermay joyiga qoʻydi. Qogʻoz topib Afsun uchun bir narsalari yozib qoldirishga qaror qildi.

Erta tong...
Afsun tong sahardan turdi. Soat hali endi 4 boʻlayotgan edi. Usmon ketishga tayyorlanib, yuklarini olib tushayotgan edi. Afsun tezda kiyinib pastga tushdi. Usmon Afsunni uygʻonganini koʻrmagan edi. Usmon yigitlar bilan hayrlashib mashinaga oʻtirgan vaqti Afsun tezda koʻchaga chiqib mashina oldiga turib oldi

Afsun nima qilyapsan? Qoch

Yoʻq ketishizga yoʻl qoʻya olmayman

Afsun kech qolyapman iltimos qilaman qoch. Nega bunaqa qilyapsan? Bir kuni shunaqa boʻlishini bilar edikku

Ammo men u payti bunaqa holatga tushishimni bilmas edim

Afsun iltimos qilaman. Umarni oldiga chiq, uni yolgʻiz qoldirma

Siz ularni yolgʻiz qoldirmang. Qornimdagini otasiz qoldirmang, Umarni yolgʻiz qoldirmang. Ularni yetim qilolmayman

Nima deganing bu? Qanaqa yetim

Usmon aka, qornimdagi onasiz oʻsadi hech boʻlmasa otasi bilan oʻssin

Nima deganing bu? Ketmasligim uchun bunaqa gaplar aytishdan nima naf?

Usmon aka iltimos qilaman...

Afsun jahlimni chiqarma ichkariga kir. Ikkinchi bunaqa gap aytma

Usmon aka men oʻlyapman. Kun sayin oʻlyapman

Nima deganing bu? Tushunmadim nima deding?

Men oʻlyapman... Kun sayin kasallik meni oʻzidan qoʻyib yubormayapti. Hatto...hatto qornimdagi bolamizni ham qucha olmayman, uni xidini tuya olmayman deb qoʻrqib boryapman

Afsun bas...

Sizga aytishga urundim. Ammo qoʻrqdim, bolani oldiramiz deyishizdan qoʻrqdim....keyin... keyin siz...

Afsun... Afsun oʻzinga kel, koʻzingni och....

Afsun dabdurustdan yerga yiqildi. Usmon uni mashinaga oʻtkazib shifoxonaga olib ketdi.

Rafiqangiz aytgandek bolani olishni iloji yoʻq endi. Ona tanasi bolani katta qilyapti, ammo oʻzi borgan sari kasallikga yengilyapti...

Biror yoʻli bordir? Ilojini qiling shifokorsiz axir

Usmon ahvolingizni bilib turibman. Ammo vaqt kech, hozirda tugʻruq boshlanishini kutish qolgan... Oʻshandagina Afsunni bir amallab qutqarib qolsa boʻladi....

Usmon shifokor xonasidan chiqib yoʻlak oldida toʻxtadi. Eshitgan gaplarini tushunmay choʻkkalab qoldi....

( Siz bilan bir xonada ham yotmayman hatto bir joyda yotmayman...
Koʻramiz hali, hech narsani bilmay turib katta gap aytma...
Sizni hech qachon sevib qolmayman, menga mehribonlik qilishga urinmang
Koʻramiz
Usmon aka sizni sevaman juda ham...
Men ham...)
Usmon endi hayotini qanday yurgazishni ham bilmasdi. Usmon oʻzi uchun oʻsha shifoxonada oʻldi... Afsunni oldiga kiray desa, oyogʻi bormasdi. Hammasi u sababli boʻlgandek edi, u xotiniga eʼtibor bermagani va koʻp yolgʻiz qoʻygani uchun oʻzini ayblab eshik oldida yigʻlardi.

Men qanday keldim bu yerga. Usmon aka qayerda? Usmon aka... Usmon akaa

Tinchlaning sizga asabiylashish mumkin emas...

Usmon akam qani deyapman....

Davomi bor

@Farruxchik3101