Get Mystery Box with random crypto!

Meni esla Har kun, har soat 15 qism | 𝐓꯭ʸ꯭ᵖ꯭ⁱ꯭ⁿ꯭ᵍ꯭✍🏻

Meni esla
Har kun, har soat

15 qism




Oradan 4 yil oʻtdi...

Eshityapsanmi?

Nimani

Tashqaridan bir katta qoʻrqinchli itni ovozi kelyapti. Agar Umar uxlamasa uni yeb qoʻyamiz deyapti.

Kelaversin. Men hech kimdan qoʻrqmayman. U it meni oldimga kelguncha dadam kelib uni oʻldiradi

Qanaqa oʻldirish-a? Yana Jalil bilan telefon oʻynadingizmi? Shu Jalil amaking va dadang sogʻ boʻlsin. Seni boshga chiqadigan va hatto hech narsadan qoʻrqmaydigan qilib o'stiryapti. Odam degan biron narsa qoldiradi, aytganni qilmasa qoʻrqitaman deb... Yoʻq lekin seni juda qoʻrqmaz qilishgan.

Oyi boʻldi baqirmang...

Buni qaranglar. Dadasini oʻzi, 2 tomchi suvdek bular. Ollohim oʻgʻlimni aynan otasidek qilmay mendan ham bir-ikki xislatlar bergin edi bu bolaga

Oyi boʻldi uxlang... Koʻp baqirmang mazangiz qochadi.

Oʻgʻlim.... Polvonim

Mening goʻzal oyijonim

Seni juda yaxshi koʻraman oʻgʻlim

Men ham

Uffff bola Shunchalik ham otasiga oʻxshaydimi a?
( Usmon akoooo
Ha? Gapir?
Sizni judayam yaxshi koʻraman
Men ham
Boʻldimi? Boshqa gap yoʻqmi?
Masalan?
Men ham seni yaxshi koʻraman Afsunim yoki Sevgilim
Yotib uxlagin kel asabiylashma)


Afsun oʻgʻlini amallab uxlatib oʻzi darvoza oldiga chiqdi. Usmon va Jalil endi uyga kirishayotgan edi.

Kech boʻlganda tinchlikmi?

Bir-ikki ishlarim bor edi, Jalil bilan borib kelsam maylimi?

Oʻzim olib boraman, qayerga borishingni ayt

Bir-ikki ishlar dedimku

Afsun asabiylashma ha qayerga borishingni ayt, bir-ikki ish ekanini bildim

Uffff. Mayli faqat kulmaysiz xoʻp

Nega kulaman gapir endi?

Tuksiz shaftoli yegim kelyapti. Kichikroq shirin shaftoli boʻladiku

...

Kulmang lekin, nima qilay bolamiz soʻrayapti

Ha yur bola soʻrayotgan ekan. Olib kelamiz endi

Bola emas bolamiz. Ikkimizni bolamiz bu

Men nimadir demadim, meniki emas yoki seniki emas ham demadim.

Manga baqirmang...

Uf uf uf. Ollohim bir ajoyib rafiqa bergansan juda shukur....



.....

Aytdizmi yangamga?

Nima deyman, qanday aytaman, qay holatda aytaman. Hali oʻylaganim yoʻq. Unga aytishga ham qoʻrqyapman.

Balki bormassiz oʻzimiz eplardik.

Boʻlmaydi Davron. Axir bu odamni topish uchun qanchadan qancha odamlarni oʻldirdim. Endi uni topganda niyatimdan qaytolmayman

Qanaqa niyat?

Yanga... Uxlamagan edingizmi?

Usmon aka, Davron qanaqa niyat haqida gaplashyapsiz...? Toʻxtang men tahmin qilganim emas shunaqami?

Afsun men ertaga...

Demak uni topgansiz. Usmon aka biz kelishgan edik. Umarni tugʻilgan kunida nima boʻlgani esingizdami? Oʻshanda soʻz bergan edingiz men boshqa bu ishga qaytmayman degan edingiz

Afsun lekin... Bilasan men bu ish uchun 16 yilimni sarfladim

Umarga nima deyman? Aaa nima deyman? "Umar dadam qani, qachon keladi?" Desa "Oʻgʻlim tinchlan dadang balki bugun uyga qaytmas, har narsaga tayyor turamiz endi" deymanmi? Nima deyman? Sizni sogʻ-omon oldimga qaytishizga kim kafolat beradi?

Afsun meni bilmaysanmi? Men qaytaman ishon, agar qaytmasam...

Xoʻsh qornimdagi kimga omonat qoladi aaa? Yana kimga bizni omonat qoldirasiz

Davomi bor

@Farruxchik3101