Get Mystery Box with random crypto!

Meni esla Har kun, har soat 14 qism U | 𝐓꯭ʸ꯭ᵖ꯭ⁱ꯭ⁿ꯭ᵍ꯭✍🏻

Meni esla
Har kun, har soat

14 qism

Usmon nonushta qilib ish boʻyicha chiqib ketdi. Bir zum oʻtmasdan eshik taqilladi

Muqaddas opa qarab yuboring

Boryapman qizim...

....

Xush kelibsiz oʻgʻlim?

Buni Afsun xonimga berib yuborishgan edi.

Nima ekan bu?

Bilmayman, menga faqat olib borib ber deyishdi.

Ha mayli rahmat oʻgʻlim baraka top...

.....

Kim ekan?

Sizga shirinliklar berib yuborishibdi

Ha Malika boʻlsa kerak, kecha shirinlik haqida gaplashgan edik...
Voy men yoqtiradigan shirinliklar ekan

Hozir men likopcha olib kelaman.

Afsun shirinliklarni likopchaga solib, xonaga olib chiqib ketdi. Ammo yeyishga ulgurmadi telefon boʻlib qolgani uchun shifoxonaga ketishga majbur boʻldi.

Muqaddas opa Afsun qayerda?

Oʻgʻlim muhim telefon boʻldi shifoxonadan, Davron bilan chiqib ketdi

Usmon ham shifoxonaga ketdi. Borib Afsunni xonasiga kirdi, ammo hech kim yoʻq edi. Amakisini soʻragan edi bugun kelmaganini aytishdi. Birozdan keyin yoʻlak oxiridagi xonadan Afsun baqir chaqir qilib chiqib keldi

Nima boʻlyapti?

Hech narsa asabim buzildi. Shuncha payt kelmaganim uchun endi kechgi navbatchilikda qolar ekanman. Tovba men oʻynab yurgan edimmi Yana menga baqiradi

Usmon Afsunga hech narsa demay oʻzi bosh vrach oldiga ketdi...

Usmon aka qayerga?

Nimalar boʻlyapti? Afsun bu kim?

Rafiqam ismini tilinga olma. Yana bir marta Afsunga ortiqcha gap yoki ovozingni koʻtarib gapirsang...

Usmon aka boʻldi dedim

Jasadingni hech kim topolmaydi tushundingmi..?

Boʻldi boʻldi....

.....

Qilgan ishingizni qarang, bosh vrach oldiga kirib nimalar dedingiza

Hamma haddini bilishi kerak

Ha menga sizdan boshqa baqirmasligi va ozor bermasligi kerak shunaqami

Aynan....

Usmonni jahli chiqqani uchun yoʻlda ham indamay ketardi. Uyga kelishgach, Usmon Davron bilan maslahatli ishi bor ekanini aytib, Afsunni xonasiga chiqarib yubordi.

Afsun tepaga chiqib shirinliklari esdan chiqqanini koʻrib, kiyimlarini almashtirib shirinlik yeb oʻtirdi. Usmondan darak boʻlavermagach joyiga yotdi. Usmon kelganda Afsun joyida uxlab yotgandi. Usmon Afsunni ustiga yopib qoʻyib oʻzi, divan oldidagi oʻrindiqda yotdi.

Kechasi tahminan 2 yoki 3 larda Afsun uxlolmay terlay boshladi.

Usmon aka... Usmon aka

Boshida uyqisrab alahsiray boshladi. Soʻng qornidagi ogʻriqdan yigʻlab Usmonni chaqira boshladi.

Usmon aka

Nima boʻldi? Yaxshimisan? Terlab ketibsan-ku

Bolaga nimadir boʻlyapti. Ayy qornim. Usmon aka chidolmayman shifoxonaga olib boring tez.

Usmon tezda Afsunni ustiga kiyimini olib koʻtarib olib chiqib ketdi.

Aka tinchlikmi?

Tinchlik boʻlsin nima boʻlsa ham Jalil, oʻzim ham bilmayman.

Usmon Afsunni mashinaga yotqizib, shifoxonaga olib ketdi.
Doktor tezroq keling...

Tinchlaning, xamshira bemorni ichkariga olib kiring. Nima boʻldi?

Bilmayman birdan terlab, yigʻlab uygʻondi, qornida ogʻriq bor ekan. Oʻzi 2 oylik xomilador

Axa tushinarli. Siz shu yerda qoling....

Birozdan keyin, Shifokor chiqib Afsun zaharlangani, kech qolishsa bola oʻlishi mumkin ekanini va Afsunni ahvoli yaxshilanmasligi mumkin ekanini aytganda, Usmon Afsunga qilingan ish uyushtirilganini sezdi.

Doktor oldiga kirsam boʻladimi?

Hozir iloji yoʻq, ruhsat bera olmayman. Sabr qilasiz....

.....

Usmon Davronga vaziyatni tushuntirgach Davronni oʻzi hammasini aniqlashini aytib telefonni qoʻydi.

Boʻlmayapdi, seni asrashga qancha urunsan aksi boʻlyapti, nima qilishni bilmayapman. Qoʻrqyapman meni deb senga ozor berishsa, meni sensiz qoldirishlari mumkin ekanidan qoʻrqyapman. Afsun ishon, bu ishni kim qilganini bilsam sogʻ qoldirmayman.

Davomi bor

@Farruxchik3101