Get Mystery Box with random crypto!

Meni esla Har kun, har soat 12 qism Q | 𝐓꯭ʸ꯭ᵖ꯭ⁱ꯭ⁿ꯭ᵍ꯭✍🏻

Meni esla
Har kun, har soat

12 qism

Qora va oq...
Bir-biriga qarshi tarafdagi rang xuddi biz kabi, ammo ikki rang ham bir-biriga uygʻundir. Xuddi "U" menga men unga bogʻliq boʻlgandek....

Operatsiya xonasini tayyorlang. Tezdaaaa

Afsun nima boʻldi?

Bilmayman. Uyda edik. Birdan oʻq uzildi. Usmon yiqildi, Jalillar kelib qoldi. Hammasi tezda boʻldi...

Amaki

Oʻgʻlim nima boʻldi?

Afsun sizga omonat....

Oʻgʻlim bunaqa dema. Afsun oʻzi seni qutqaradi

Amaki men uddalay olmayman. Qoʻlimdan kelmaydi

Qizim, bu operatsiyani sen qilishing kerak bilasan men koʻp operatsiyaga kirmayman.

Afsun tayyorlanib oʻzi kirdi. Usmonga narkoz berishdi hamshiralar asboblarni tayyorlashdi.

Afsun...

Eshityapman.

Davrondan soʻraysan.

Nimani soʻrayman.

Meni kechir hammasi uchun...

Nega narkoz taʼsir qilmayapti. Xamshiraaa

Doktor biz ham hayronmiz. Narkozni yubordik.

Seni sevaman....

Usmon narkoz tufayli uyquga ketdi. Operatsiya boshlandi. Afsun 3 soat operatsiyada boʻldi. Usmon operatsiyadan yaxshi chiqdi. Jonlantirish boʻlimiga olindi. Ammo Usmonni oʻzi qaytishni istamasdi.

Davron qayerda?

Tashqariga chiqib ketgandi hozir keladi.

Keldim tinchlikmi?

Usmon akam, nimanidir Davrondan soʻra dedilar

Nahotki... Men uni mashinada qoldirgan edim. Hozir

Afsun nega Davronni kayfiyati tushib ketganini tushunmadi. Davron mashinaga chiqib 1 hafta oldin yozib qoʻygan videosini olib keldi.
Shu fleshkada. Oʻzingiz koʻrishingizni aytdilar.

Ha mayli
Afsun xonasiga kirib kompyuteriga fleshkani qoʻydi. Ichida 1 ta video bor edi.

Bir kuni baribir shunaqa boʻlishini bilardim Gʻayrat yoki Halil qaysi biri qilishini bilmadimu ammo shu kunni kutgandim. Seni juda sogʻindim. (Afsun Usmonni oʻshandagi ahvolini koʻrib yigʻlab yubordi) Oʻsha kuni borku, sud kuni ketish vaqti ortinga qarashingni kutgandim. Agar qarasa oʻsha paytidayoq oʻzim bilan olib ketaman boshqa qoʻyib yubormayman degandim. Ammo qaramading, ishon hayotimda hech kimga bunaqa oʻrganib qolmagandim. Sababi qoʻrqardim, kimnidir oʻzimga yaqin tutsam yoʻqotardim. Onamni undan soʻng eng yaqin akamni yoʻqotgach seni oʻzimga yaqin qilishga qoʻrqdim. Hayotimda baxtli boʻlishni hohlagandim, shirin farzandlarimiz boʻlishini, sen doim oldimda boʻlishingni kutgan edim. Ammo meni deb oʻz orzularim armonga aylandi. Ishon seni hech yolgʻiz qoldirmadim. Har kuni, har soat seni oldingda edim. Toʻgʻri oʻzim emasdim. Ammo Jalil, Davron sen haqingda ahvolingni, qayerda ekaningni, kim bilan ekaningni rasmlaringni yuborib turardi. Lekin... Lekin oʻzim bora olmadim. Sababi meni koʻrishni istamaysan, mendan hali ham nafratlanasan deb qoʻrqardim ( Sizdan nafratlanmasdim, sizni kutgandim. Har kuni sizni koʻrishni istardim)
Seni sevaman juda ham Afsun. Meni keyingi hayotingda eslaysan deb umid qilaman. Har kuni, har soat esla demayman. Balki yomon balki yaxshi xotira bilandir. Ammo meni sevardi deb eslasang xursand boʻlaman.
Sizni har kuni, har soat esladim

Doktor bemorni ahvoli yomonlashdi.

Afsun xonadan yugurib chiqib ketdi....

Davomi bor

@Farruxchik3101