Get Mystery Box with random crypto!

Meni esla Har kun, har soat 9 qism Us | 𝐓꯭ʸ꯭ᵖ꯭ⁱ꯭ⁿ꯭ᵍ꯭✍🏻

Meni esla
Har kun, har soat

9 qism

Usmon endi yana oʻz holiga qaytgandi. Sababi Afsunga qanaqa muomala qilsa ham Afsun Usmonga nisbatan muomalasi oʻsha oʻsha edi.

Amaki nima deganingiz bu? Men erimga ishonaman.

Qizim ering qanaqa odam ekanini bilmaysan . U qotil. Ayamaydi hech kimni

Buni bilaman. Ammo baribir sevaman...

Afsun amakisi bilan ancha gaplashdi. Ammo Gʻayrat hech Afsunni oʻziga ishontira olmadi.

Oradan kunlar oʻtdi, oylar oʻtdi ammo hech ham Usmon va Afsun orasi yaxshilanmas edi. Usmon bor kuchi bilan harakat qilardi. Ammo Afsun ikkimiz ikki xil dunyomiz deb Usmonni ham oʻziga oʻxshatishga harakat qilardi.

Bir insonni sevdingmi, oʻzgartishga urunma. Uni qanday boʻlsa shunday sev, agar chin dildan sevsang u odam oʻzi asta-sekin oʻzgarishni boshlaydi. Ammo zinhor oʻzing uni oʻzgarmayotganidan nolima....

Bugun Afsunni tugʻilgan kuni. Usmon ertalabdan umrida birinchi marta gul doʻkonga borib gul sotib oldi. Afsun uygʻongunicha unga syurpriz tayyorlashga harakat qilardi. Afsun oʻrnidan turib Usmonni izladi. Uyda hech kim uni qayerda ekanini bilmasdi.

Afsun bu...

Nima bu? Gulmi? Shunday qilib aybizni yuvmoqchi boʻlyapsizmi?

Men shunchaki tugʻilgan kuning uchun...

Shart emas. Menga siz bergan hech narsa kerakmas.

Mayli agar olmasang...

Xonadan chiqarib tashlang. Menga gul kerak emas. Sovgʻalar olib kelib meni xursand qilaman deb oʻylasangiz adashasiz. Siz oʻzgarmaysiz. Sovgʻa olib kelganingiz bilan oʻsha-oʻsha xudbin va qalbi tosh inson boʻlib qolaverasiz

Yaxshi agar shunchalik nafratlanar ekansan, meni qalbi tosh deb oʻylar ekansan advokat bilan gaplashaman. Ertagayoq ajrashish haqidagi hujjatlarni tayyorlaydi.

Ha yana havotir olma boshqa respublikaga ketishinga va toʻla toʻkis hayot kechirishing uchun hamma narsa qilaman. Agar qolmoqchi boʻlsang ham, hayotinga havf boʻlmaydi endi.

Usmon indamay tashqariga chiqib ketdi.

Men...bunchalik qilasiz deb oʻylamagandim...

Usmon chiqib ketib barga bordi. Umrida ichmagan odam bugun juda koʻp ichdi. Kunini barda oʻtkazdi. Qanchadan qancha qizlar uni oldiga kelib tanishmoqchi boʻlganda ham hech biriga qaramadi.

Kech boʻlgach Usmon uyga keldi. Oyoqda zoʻrgʻa turardi. Afsun kuni boʻyi Usmonni kutib havotir olgandi.

Usmon qayerda edingiz?

Ohoo malikamiz oʻzlari chiqibdilarku

Usmon yuring ichkariga kiraylik

Yoʻq siz bemalol oʻziz kiravering. Men oʻzim kiraman

Usmon oyoqda zoʻrgʻa turibsiz. Yuring...

Afsun Usmonni bir amallab tepaga olib chiqdi. Usmon Afsundan koʻzini uzmasdi.

Nega meni sevmading? Qotil va vaxshiy boʻlganim uchunmi?

Siz nega meni sevdingiz?

Bu koʻzlar...yanoqlar.. qoshlar oʻziga qanday sehrlab olganini bilmayman.

Usmon bas qiling. Toʻxtang ustingizdagini yechay issiqlab ketasiz.

Afsun bilasanmi?

Nimani?

Seni sevaman. Juda sevaman, meniki boʻlishingni hohlayman...

.....

Erta tong. Usmon 10 ga yaqin zoʻrgʻa koʻzini ochib Afsun yotadigan divanga qaradi. Hech kim yoʻq ekanini koʻrib ketganini bildi. Oʻrnidan bir amallab turib vannaga bordi. Kechagi kunni umuman eslay olmasdi. Barda ichganini eslardi. Ammo undan keyingisi esida yoʻq hatto uyga qanday kelib qolgani ham esida yoʻq edi. Vannadan chiqib yuzini artayotib stol ustida Afsunni uzigi va qogʻozni koʻrdi.


Usmon sizga hammasi uchun rahmat aytaman. Ammo ikkimiz hech kelisha olmadik. Boshida aytganimdek ikkimiz boshqa boshqa olammiz. Siz jon olasiz, men esa jonni qutqaraman. Ishoning boshida sizdan juda nafratlandim. Keyin sevdim, ammo hozir birga boʻla olmasligimizga aminman. Yaxshi qoling.

Usmon xatni oʻqib uzukni qoʻliga oldi. Ammo Afsunni xatiga biror bir oʻzgarish sezmadi. Sababi Afsunni ketishini bilardi. Usmon esa Afsun kecha ertalab Usmon chiqib ketgach u ham uydan ketgan deb oʻyladi.

Indamay kiyinib Jalil bilan shirkatga bordi

Davomi bor

@Farruxchik3101