Get Mystery Box with random crypto!

Meni esla Har kun, har soat 8 qism | 𝐓꯭ʸ꯭ᵖ꯭ⁱ꯭ⁿ꯭ᵍ꯭✍🏻

Meni esla
Har kun, har soat

8 qism


Shu paytda tinchlikmi? Kechasi ham qoʻyma endi

Aka Afsun yangamni onalari vafot etibdi

Aaa? Qanaqasiga? Qanday?

Usmon tezda mashinani ortga burib uyga haydadi

Kirishi bilan Afsunni baqiriq ovozlarini eshitdi.

Muqaddas opa nima boʻlyapti?

Oʻgʻlim Afsun ketishga urungandi dadang xonalarizga qamab qoʻydi.

Usmon shoshib xonaga chiqdi. Afsun hamma narsani agʻdarib, sindirib yerda choʻkkalagancha yigʻlardi

Afsun...

Meni yolgʻiz qoldirmayman degan edingiz? Oʻzimdan ayirmayman degan edingiz meni shu ahvolda yolgʻiz tashlab ketdiz

Afsun meni kechir. Turaqol oʻrningdan.

Usmon Afsunni oʻrnidan turg'izdi. Afsun Usmonni qattiq quchoqlab baqirib yigʻlay boshladi...

Endi nima qilaman? Endi qanday yashayman? Endi qanday hayot quraman. Yolgʻiz suyanchig'im bor edi... Onamsiz...onamsi...

Afsun yigʻlab-yig‘lab oxiri Usmonni qoʻllarida xushidan ketdi.

........

2 kundan soʻng .

Hammasi meni deb boʻldi . Siz bilan turmush qurmasligim kerak edi. Oʻldirsangiz ham siz bilan turmush qurmasligim kerak edi . Sizni deb ham boʻldi. Sizni deb onamdan ajraldim. Sizni dushmanlariz oʻldirdi onamni.

Afsun oʻzingni qoʻlga ol. Tinchlan...

Tinchlanmayman. Tushundingizmi tinchlanmayman

Afsun jahl ustida, tortmadagi Usmonni toʻpponchasini oldi

Sizni deb boʻldi. Oʻshanda sizni qutqarib qolmaganimda edi bunaqa narsalarim boshimga tushmasdi.

Mayli. Agar meni oʻldirib hotirjam boʻlsang. Oʻldir...

Usmon oʻzi Afsunni qoʻlidan ushlab toʻpponchani yurak tomoniga tiradi.

Ot. Oʻq uz. Oʻldir. Qani boʻl...

Qila olmayman

Afsun ot. Oʻldir endi, oʻzing hayotga qaytarding oʻzing oʻldir endi... Ishon seni qoʻlingdan jon berish men uchun baxt...

Usmon...

Afsun toʻpponchani tashlab yuborib Usmonni bagʻriga bosdi.

Sizni sevaman. Juda sevaman, hatto oʻzimdan ham koʻp.



Usmon bir nima demadi. Shunchaki bagʻriga bosib turib soʻng koʻzlariga tikildi va oʻpib qoʻydi ammo biror narsa demadi. Afsunni koʻtarib joyiga yotqizdi, Afsun Usmonni qoʻyib yubormagach Usmon ham Afsunni orqasidan yotdi. Ammo Usmon hali ham hech narsa demasdi.

Erta tong Afsun uygʻonganida Usmon joyida yoʻq edi.

Qalbi tosh odamdan nimani kutish mumkin? Na seni tuygʻularing uni qiziqtiradi na boshqasi. Faqat oʻzini sevadigan xudbin inson. Hayoti qora ranga burkanganidek, yuragi ham qora...

Usmon aka balki kerak emasdir.

Kim qilgan dedim

Halilni odamlari

Qayerda hozir ular?

Hali aniqlashga ulgurmadim

Seni bilmaymanmi ? Qayerda ular dedim

Ha mayli aytaman. Ammo iltimos oʻzinga biron narsa qilishlariga yoʻl qoʻyma...

Usmon manzilni bilgach Jalil bilan borib hammasini yoʻq qilib qaytishdi.

Usmonni koʻylaklari qon xolda uyga qaytib, yuvinib olgani xonaga chiqdi.

Qayerda edingiz?

Hisob berishim kerakmi?

Nima deganingiz bu? Yaxshimisiz?

Kecha oʻldirmoqchi boʻlib bugun xolimni soʻrayapsanmi?

Esingizda boʻlsa siz ham meni oʻldirmoqchi edingiz. Hatto toʻpponcha tiragan edingiz...

Ammo oʻqi yoʻq edi. Va seni oʻldirmas edim. Oʻldira olmasdim baribir. Men nima qilsam seni hayotingni asrash uchun qildim.

Usmon vannaga kirib ketgach Afsun oʻylanib qoldi.

Demak oʻshanda, menga oʻqi yoʻq toʻpponchani koʻrsatganmidi? Men...

Usmon qaytib chiqqach Afsunni koʻrmadi. Jalil Usmonga Afsun qoʻriqchi bilan chiqib ketganini aytib xabar yubordi.

Afsun esa amakisini oldiga ketgandi. Gʻayrat jiyanini chaqirib undan ancha narsani bilib olmoqchi edi.


Davomi bor

@Farruxchik3101