Get Mystery Box with random crypto!

Meni esla Har kun, har soat 10 qism | 𝐓꯭ʸ꯭ᵖ꯭ⁱ꯭ⁿ꯭ᵍ꯭✍🏻

Meni esla
Har kun, har soat

10 qism


Sud kuni ...

Ajrashishga qaror qildingizmi rostan ham?

Men emas u qaror qildi, men esa rozi boʻldim.

Usmon gaplashib koʻr. Balki hali kech emasdir.

Foydasi yoʻq Zahro, u qaror qabul qildi.

....

Rostan oʻzgartirmaysanmi qarorni?

Yoʻq ajrashaman(Qani edi Usmonni oʻzi kelib shu yerdan majburlab olib chiqib ketsa )

....

Sud tugagach ikki yosh ayro yoʻldan ketishga majbur boʻldi. Usmon 1 soat boʻlsa ham Afsunni yolgʻiz qoʻymasdi, biror bir odamini Afsundan xabar olgani joʻnatgan edi.
Afsunni mehmonxonada ekanini eshitib, shifoxonadagi jarroh doʻstlari koʻrgani keldi. Usmon ham 1 oy koʻrmagani uchun juda sogʻingan edi, oʻzi ham yashirincha Afsun turayotgan mehmonxonaga keldi. Afsun va dugonalari mehmonxona hovlisida oʻtirib suhbat qurishayotgan vaqt Usmon mehmonxona orqa hovlisi oldida edi. Afsun dugonasi bilan chekkaroq joyga borib suhbat qurishdi. Usmon ham ularga orqa tomondan yaqin bordi.

Dugonajon nega kayfiyating yoʻq?

Bilmayman xuddiki qadrli narsamni yoʻqotgandek boʻlyapman.

Afsun sen uni sevasanmi hali ham?

Bu savolga ham javob bera olmaymam

Senga shuncha ish qildi, joningni ogʻritdi baribir sevasanmi nima?

Balki shu jonimni ogʻritishini sogʻingandirman.

Usmon barini eshitib turardi. Qaysidur tarafdan Usmon borib Afsunni qattiq bagʻriga bosishga harakat qilsa. Boshqa bir tarafdan ajrashganini eslardi.

Usmon kechgacha mehmonxonada qoldi. Afsun 1 qavatda turgani uchun. Xonasi mehmonxona hovlisiga qaragan edi. Kechga yaqin, Afsun telefonidan rasmlarga temulib yigʻlab oʻtirdi. Dugonalari va doʻstlari dam olgani xonalariga chiqib ketgandi. Usmon Afsunga qoʻshni xonani olgan edi. Shu sababli Afsunni xonasini oynasidan Afsunni koʻrib oʻtirgandi. Shu payt Afsunni xonasini eshigi taqilladi. Usmon xonasiga kirib eshigini qiya ochdi. Afsun esa kechasi kim kelganiga hayron boʻlib eshikni ochdi

Yusuf tinchlikmi?

Ha tinchlik kayfiyating yoʻq edi. Senga meva bilan shokolad olib kelgan edim. Kayfiyating koʻtariladi deb oʻylayman

Rahmat ammo ovvora boʻlibsiz. Shart emas shokolad yegim yoʻq. Siz Malikaga olib bora qoling u shokoladlarni juda yaxshi koʻradi

Mayli agar....

Yusuf kech boʻldi. Hayrli tun Yaxshi dam oling...

Usmon Afsunni gapirganlarini eshitib turardi . Xotinidan aytgan gaplari uchun xursand boʻldi. Ammo Yusufni tinch qoʻymasligi aniq edi...
Afsun ichkariga kirib eshikni yopgach Usmon eshikni ochib chiqib keldi. Yusuf zinalardan tushib ketayotganini koʻrib ortidan bordi.

Menga qarada...

Tinchli...

Yusuf ortga qarab ulgurmasidan Usmon unga musht tushirdi.

Agar yana bir bor Afsunni oldida koʻrsam koʻzingni oʻyib, oyoq-qolingni sindiraman.

Usmon jahlini sal boʻlsa ham bosib xonasiga ketdi. Mehmonxona hovlisidan Afsunni xonasiga yashirincha bildirmay kirdi. Afsun uxlayotgan edi. Oldiga bordi, sochlarini siladi, unga uzoq tikilib oʻtirdi. Soʻng Afsunni telefonini oldi tekshirish uchun. Telefonning erkandagi fon rasmida Usmon va Afsunning majburiy nikoh toʻyida tushgan rasmlari turardi. Usmon u rasmni koʻrib gʻalati boʻlib ketdi. Telefonni ochib smslarni koʻrdi, galereyani koʻrdi. Oxirgi rasmlar ichidan bir rasmni koʻrdi. Qanaqadir bir buyum va unda 2 chiziq... Usmon eʼtibor bermadi, telefonni qoʻyayotgan vaqt quvvati o'chayotganini koʻrib quvvatlagich qidirib tortmani ochganda bir qutini koʻrdi. Kichkina bir quti ichida Usmon va Afsunni toʻydagi rasmi va Xomiladorlik testi, soʻng ultratovush tekshiruvida olingan rasm.

Bu... Nahotki bu....

Davomi bor

@Farruxchik3101