Get Mystery Box with random crypto!

Meni esla Har kun, har soat 7 qism M | 𝐓꯭ʸ꯭ᵖ꯭ⁱ꯭ⁿ꯭ᵍ꯭✍🏻

Meni esla
Har kun, har soat

7 qism

Mayli men birozdan keyin chiqaman unda.

Telefon qilib xabar ber...

Usmon ichkariga kirayotgan vaqt tepadan gʻalati ovozlar keldi. Baqir chaqir boʻldi keyin birdan zinalardan Afsun yiqilib tushdi.

Afsun... Afsun nima boʻldi? Afsun koʻzingni och...

Ogʻriq... Qalb va jon ogʻrigʻi. Qalb ogʻrigʻi jon ogʻrigʻidan juda kuchli boʻladi. Jon ogʻrigʻi oʻtadi, ammo qalb ogʻrisa uni senga oʻsha ogʻriqni ravo koʻrgan odamdan boshqa hech kim toʻxtata olmaydi.

Doktor... Doktor...

Oʻgʻlim

Amaki, amaki Afsun yiqildi. Zinadan yiqildi oʻziga kelmayapti.

Oʻgʻlim Tinchlan, sen shu yerda qol uni oʻzim tekshiraman

Usmon oʻzini bosa olmasdi. Sababi Afsunga nimadir boʻlsa oʻzini kechira olmasdi.

Biroz vaqt oʻtgach Afsunni oʻzi chiqdi.

Afsun. Nima boʻldi yaxshimisan? Qoʻrqadigan biror narsa yoʻqmi?

Yoʻq yoʻq. Boshim yorilgan boʻldi. Boshqa narsa yoʻq.

Rostan tuzukmisan uyga ketsak boʻladimi? Yoki qolar ekansanmi?

Hech narsa yoʻq havotir olmang. Boʻldi ketaylik endi.

Afsun va Usmon chiqib ketishayotganini Afsun bilan birga ishlaydigan xamshira koʻrib qolib darhol Afsunning amakisi Gʻayrat Raxmanovichga telefon qilib jiyanini koʻrganini va u rostan ham Usmon bilan ekanini aytdi.

Demak jiyanim tayyor xo'rak boʻlishni tanlabdida . Qoyil, menga bu ish juda qoʻl keladi.
.....

Kim qildi?

Usmon hech kim qilmadi zinadan tushayotgan vaqtim oyogʻim....

Kim qildi deyapman

Hech kim deyapmanku.

Men kar emasman. Tepadan kelgan ovozni eshitdim. Kim bilandir janjallashib qolding

Hech kim bilan janjal qilmadim.

Oʻgʻlim balki Afsun toʻgʻri...

Dada men hali xato eshitadigan va xato oʻylaydigan axmoq boʻlganim yoʻq. Hoziroq bu ishni kim qilganini tan olishmasa Aytib qoʻyay har biringizni tugʻilganingizga pushaymon qildiraman.

Usmon iltimos...

Kim qildi dedim

Usmon shunaqangi gʻazab bilan baqirdiki uy larzaga keldi.

Men qildim.

Nuriya...?

Qaysi jurʼat bilan meni xotinimni zinadan itarib yubordingiz?

Usmon iltimos xonaga chiqaylik

Savol berdim... Qaysi jurʼat bilan?

Usmon Nuriyaga gʻazab bilan yaqinlashayotgan vaqt Afsun Usmonni qarshisiga chiqdi.

Xonamizga chiqaylik iltimos... Iltimos qilaman...
Afsun bir amallab Usmonni tinchlantirib xonaga chiqdi.
Siz qanday bir insonsiz? U ayol sizni oʻgay boʻlsa ham onangiz axir.

Sen nega menga yolgʻon gapirding?

Usmon ikkimiz ham yosh bola emasmiz. Nega hammani oldida u kishiga baqirdingiz? Arzir edimi shu ish?

Ha arzir edi. Meniki boʻlgan insonlarga teginmoqchi yoki ularni jonini ogʻritmoqchi boʻlgan insonlar kim boʻlishidan qatʼiy nazar yoʻq qilaman.

Sizniki? Men sizniki emasman?

Sen menikisan?

Yoʻq sizniki emasman.

Menikisan dedim

Yoʻq

Ha

Men yoʻq dedim.

Ha dedim

Meni sevasizmi?

Ha sevaman. Sevib qolganim uchun seni avaylashga qancha harakat qilsam. Qolganlar aksini qilyapti.

Meni asrashga harakat qilmayapsiz. Siz meni tiriklay oʻldiryapsiz. Yashatib ruhimni oʻldiryapsiz. Meni qamoqda saqlagandek saqlayapsiz bu uyda. Meni oʻz holimga qoʻymayapsiz.

Seni oʻz holinga qoʻya olmayman. Qoʻyib ham yubora olmayman.

Sizni sevgiz shumi? Sevib tiriklay oʻldirish azoblash va qamash...! Meni nega qoʻyib yubormayapsiz? Faqat amakimga hammasini aytib berishimdan qoʻrqyapsizmi? Hech narsadan qoʻrqmaydigan insonsiz. Nahot shundan qoʻrqyapsiz?

Meni qoʻrqadigan narsam bitta. Seni yoʻqotishdan qoʻrqyapman xolos.

Usmon xonadan chiqib ketdi. Mashinaga oʻtirib bu yerdan uzoqqa ketishga harakat qilardi.
Usmon siz meni tushunmayapsiz. Meni yashatib tiriklay oʻldiryapsiz...
....

Oradan shuncha vaqt oʻtdi. Na menga muomalasi oʻzgardi na menga boʻlgan qarashlari. Usmon nimani kutgan eding. Seni qop-qora dunyoyingda sen bilan yashashini kutgan edingmi?
Davomi bor

@Farruxchik3101