Get Mystery Box with random crypto!

Meni esla Har kun, har soat 6 qism M | 𝐓꯭ʸ꯭ᵖ꯭ⁱ꯭ⁿ꯭ᵍ꯭✍🏻

Meni esla
Har kun, har soat

6 qism

Men tirikman oʻzimga bogʻliq qarorlarni oʻzim qabul qila olaman

Oʻgʻlim sen nima qilayotganingni bilmayapsan hozir

Jalil, nikoh mudiri keldimi?

Keldi mehmonxonada kutyapti.

Muqaddas opa, Afsunni chaqiring.

Xoʻp boʻladi oʻgʻlim. Hozir chaqiraman.


Ahvolimni qara, toʻyimdamanmi yoki janozamda bilmay qoldim . Meni oʻldirmoqchi boʻlayotgan insonga xotin boʻlyapmanmi nimalarni orzu qilar edinga Afsun?

Afsun qizim Usmon chaqiryapti.

Usmonga ayting men tushmayman

Nega tushmas ekansan?
Usmon Afsun bir chaqirgandan kelmasligini sezib oʻzi kelayotgan edi.

Usmon tushuning bu boʻlmaydigan ish. Ikkimiz ikki xil dunyo. Men siz bilan bu uyda yashay olmayman. Hatto bu xonada birga nafas ham ololmaymiz. Tushuning men va siz farqli olam odamimiz.

Koʻylagingni kiy nikoh mudiri kelib boʻlgan

Usmon sizga tushuntiryapman axir...

Koʻylagingni kiy dedim

Kiymayman

Men senga koʻylagingni kiy dedim. Bu xonadan men bilan chiqib nikoh mudiri oldiga borasan yoki Jalil jasadingni olib chiqib ketadi.

Usmon... Siz meni oʻldirmoqchi boʻlyapsizmi hali ham?

Usmon orqasidan toʻpponcha chiqarib Afsunga tiradi

Meni majbur qilma koʻylagingni kiy. Eshik oldida kutaman, tezroq chiq

....

Oʻzing majbur qilyapsan. Bitta aytgandan rozi boʻlsa nima qiladi? Shunchalik ham gʻururli boʻladimi?

Afsun yigʻlay yigʻlay majburdan kiyinib chiqdi. Usmon va Afsun pastga nikoh mudiri oldiga kelib oʻtirishdi. Uyga hamma yigʻilgan hammani asabi tarang edi.

Bu ishlarga qarang. 1 kunda toʻyimiz oʻtdi ketdi.

Nuriya bas qil. Boshlama koʻrmayapsanmi oʻzi asablarimiz tarang

Ha uzur soʻrayman ming bora uzur xursandchiliklarizni men buzdim shekilli?

Nuriya yetar endi...

Usmon va Afsun tezda nikohdan oʻtib, nikoh guvohnomasiga ega boʻldilar.

Men siz bilan bitta xonada yotmayman.

Eshitmadim...

Men siz bilan birga bitta xonada yotmayman eshitdingizmi endi?

Sen uchun alohida xona qilishlarini aytishimni kutma.

Siz bilan bir xonada yotmayman dedim

Men yotasan dedim. Hatto bir joyda ham yotasan kerak boʻlsa

Hech narsa siz bilan bir joyda yotishimga majbur qila olmaydi tushundingizmi?

Koʻramiz... Hali kunlar koʻp... Men pastda yotaman. Sen joyingda yotaver...

Boshqa choyshab bormi?

Choyshablar toza har kuni almashtiriladi.

Kir demadim. Qora ekani yoqmadi. Bu xonada qora rangdan boshqasini koʻrish amri mahol boʻladi menimcha. Qora ranga burkanib yashar ekansiz.

Oradan kunlar oʻtdi. Afsun nima qilmasin uydan ketishga urunardi. Bu ishi esa Usmonni gʻazablanib unga zahrini sochishi bilan tugardi. Afsunni onasini 1 oyga dam olish maskaniga joʻnatishdi. Onasiga esa Afsunni boshqa davlatga muhim operatsiya uchun ketganini aytishdi. Hatto Usmon Afsunni onasiga qoʻngʻiroq qildirib qizini gaplashtirgach Afsunni onasi Jamila opa biroz hotirjam boʻlgandi.

Bugungi ishlar qanaqa?

Kecha senga aytgan joyimizga borishimiz kerak.

Oldin borib tekshirganmisan?

Tekshirmasam senga aytmasdim.

Oʻtgan safar ham tekshirdim deganingda jonsiz tanamni olib kelgan edinglar.

Usmon boʻldi unut u ishni. U safar boshqacha boʻlgandi hammasi.

Davomi bor

@Farruxchi3101