Get Mystery Box with random crypto!

Meni esla Har kun, har soat 5 qism Q | 𝐓꯭ʸ꯭ᵖ꯭ⁱ꯭ⁿ꯭ᵍ꯭✍🏻

Meni esla
Har kun, har soat

5 qism

Qanday uylanasiz menga Usmon hayotingizni yoʻq qilasiz. Niyatingiz nima? Meni ham oʻzizni ham hayotingizni yoʻq qilishmi? Meni bilmaysiz, tanimaysiz qanday meni rafiqa qilib olasiz?

Sen ham meni bilmaysan. Koʻp gapirmasdan tayyorlan

Usmon tushuning ikkimiz ikki xil dunyo...

Ikkimiz ikki xil dunyo boʻlishimiz mumkin. Ammo ikkimiz ham dunyomiz. Umumiy bir soʻz bogʻlab turadi bizni. Sen boshqa dunyo, men boshqa dunyo ammo ikkimiz ham dunyo.... Endi esa nikoh bogʻlab turadi

Usmon eshikni qattiq yopib chiqib ketdi. Afsun nima qilarini bilmay qoldi.

Toʻgʻri. Ikkimizni bogʻlab turadigan narsa endi shu nikoh boʻladi. Mayli siz nega istadingiz bilmayman men onam uchun nikohga rozi boʻlaman...

Afsun kiyinib pastga tushdi, mashinaga oʻtirgach Usmon gap boshladi.
Mendan ketishni hayolinga ham keltirma. Oʻzim istamas ekanman hech qayerga keta olmaysan...

Unutmang. Men buyum emasman, meni olib oʻtira olmaysiz.


Usmon va Afsun kelin koʻylak olgani kirib ketishdi. Davron ortlaridan kuzatishayotganini bilgach Usmonga xabar berdi.

Mana shunisini kiyib chiq.

Menga yoqmadi bu....

Seni hohishing deb o'tiraversak, senga hech narsa yoqmaydi bu yerdan.

Afsun majbur boʻlib ichkariga koʻylakni kiygani kirib ketdi.

Usmon Davronga qoʻngʻiroq qilib xushyor boʻlishini taʼkidladi. Oʻzi esa Afsun kirib ketgan xonaga kirmoqchi boʻlib bora boshladi.

Eshik ochilishi bilan koʻrgan manzarasi Afsunni oq koʻylakda 2 yigit derazadan olib qochishayotgani boʻldi.

Afsun...

Usmon 1 ta yigit bilan mushtlashayotganida qolganlari Afsunni qoʻlidan mahkam ushlab tortqilab olib ketishga urunishardi. Afsun yurmasa ham uni tortib sudrab olib ketishardi. Oxiri Usmon jahli chiqib toʻpponchasini olib bitta bitta yigitlarni otib chiqdi. Afsun qoʻrqmasin deb toʻpponcha olmagandi. Endi esa ish murakkablashgach olishga majbur boʻlgandi. Usmon Afsunni oldidagi 2 ta yigitni otgach Afsun jasadlarni koʻrib qoʻrqib yigʻlay boshladi

Afsun yaxshimisan? Oʻrningdan tur...

Qoʻlim.... Sekinroq ogʻriyapti....

Usmon Afsunni koʻylagini yengini koʻtarib qoʻli qizarib ketganini koʻrgach battar jahli chiqdi

Senga aytdim, oldimda boʻlmasang himoya qila olmayman. Koʻrdingmi nimaga aralashganingni? Eshikni yopib ketgansan ulgurmasam yoki sezmaganimda nima boʻlardi? Seni olib ketishsa nima boʻlardi? Afsun hammasi aytishga oson. Ular mendek emas, kiprik qoqmay seni oʻldirishadi...

Afsun hech narsa deya olmasdi. Sababi Usmon haq edi. Usmon ulgurmasa Afsun oʻlgan yokida unga biror yomonlik boʻlishi mumkin edi.

Afsun ichkariga kirib kiyimlarini almashtirib boshqa koʻylak oldi. Usmon kerakli narsalarni olgach uyga qaytishdi.

Afsun yoʻlda ham Usmonga hech narsa demadi. Kechgacha hech narsa yemadi. Hech narsaga qaramadi ham...


Boʻlmaydi Jalil. Kim ular, nega Afsun kerak boʻldi ularga, qayerdan bilishni borgan joyimizni hammasini bugun bilishim kerak

Ha mayli Usmon sal tinchlan, yaqinda ogʻir operatsiyani boshingdan oʻtkazding. Men aniqlayman. Sen tinchlan ozroq

.......
Nima boʻldi? Taniganimga endi 4 kun boʻlgan insonga erga tegyapman. Meni oʻldiraman degan insonim bugun oʻlim jarligidan tortib oldi. Qanday jumboqqa tushdim? Endi nima qilaman? Savollar koʻp qani edi ularga javob beradigan inson ham boʻlsa..

Davomi bor

@Farruxchik3101