Get Mystery Box with random crypto!

Meni esla Har kun, har soat 4 qism Oq | 𝐓꯭ʸ꯭ᵖ꯭ⁱ꯭ⁿ꯭ᵍ꯭✍🏻

Meni esla
Har kun, har soat

4 qism

Oq va qora... sevgida ham ikki tomon bor, yaxshilik va yovuzlik... Men va "u" ham bir butun sevgi edik. Ammo majburiy, talab qilingan sevgi... Kishanlangan va ketishi mumkin boʻlmagan bir tomon men boʻlsam. Menga oʻzi hohlamay ozor beradigan tomon "U" edi...

Usmon nima qilishni bilmasdi. Bir tomondan qizga rahmi kelardi. Bir tomondan otib tashlasam nima boʻladi deb oʻylardi. Uchinchi tomoni esa Afsunni onasini oʻylardi. Usmon oʻgay ona qoʻlida katta boʻlgani uchunmi yoki onasini mehridan erta ayrilgani uchunmi Afsunga rahmi kelardi.

Nega qizni oʻldirib yubormaysiz aka?

Menga qolsa allaqachon oʻldiradim. Ammo bir belgi kutyapman.

Belgi deysizmi? Qanaqa belgi?

Uni oʻldirmay turganim yaxshilikka boʻlayotganini isbotlaydigan belgi...

Ha.. lekin bechora qizga juda achindim. Oʻlmaslik uchun onasi uchun hamma narsani qilyapti. Yuragingiz toʻxtab qolganida uni ahvolini koʻrsangiz edi. Men qarab yigʻlab yuboray dedim. Jalil Usmon oʻlsa sen ham oʻlasan degach. Onam mensiz nima qiladi deb sizni yashatish uchun hamma narsa qildi

Usmon ichkariga kirdi. Afsun divanda uxlagancha yotardi. Usmon amallab joyiga yotdi. Ogʻriqlar kuchli boʻlishiga qaramay uxlashga harakat qildi.

Erta tong...

Usmon oʻrnidan turdi. Tashqariga chiqayotgan vaqt Afsun joyida yoʻq ekanini koʻrdi.

Afsun qayerda...

Dadangiz olib ketdi. Orqa hovliga

Uf dada... Nima qilmoqchisiza yana?

Usmon bir amallab tez yurishga harakat qilardi. Orqa hovliga oʻtib bir amallab dadasini toʻxtatishga ulgurdi. Usmon sal kech qolsa Afsunni jasadini koʻrardi.

Dada gaplashib olamiz

Oʻgʻlim uni oʻldirish kerak hammasini biladi bu...

Gaplashamiz dedim...

Usmon va Mansur otxonaga kirdi. Jalil qizga qarab turdi

Usmon bu qizni amakisi bizni payimizga tushgan prokuror. Jiyani unga nimadir desa biz tugaymiz. Tamom boʻlamiz biz...

Dada u qiz bu uydan chiqa olmaydi baribir... Boshqa yoʻlini topaylik oʻlimdan boshqa

Oʻgʻlim nega tushunmayapsan amakisi bizni orqamizdan tushgan. Bir narsani payqasa sen ham men ham qamoqqa kiramiz.

Usmonni miyyasiga hech narsa kelmasdi. Bir tarafdan dadasi aytayotgan qamoq boʻlsa bir tarafdan tashqarida yigʻlayotgan qiz...

Usmon hech narsa deya olmadi. Dadasi chiqib ishini davom ettirmoqchi boʻldi. Afsun Usmonga yosh toʻla koʻzlari bilan "Menga yordam bering" deyayotgandek termulib turardi. Usmon Afsunni koʻzlariga qarar ekan gʻalati boʻlib ketardi. Oxiri yoʻq deya javob berdi. Dada kerakmas

Oʻgʻlim axir...

Men uylanaman unga

Nima???

Aaa nima deding?



Usmonni hayoliga turmush qurish oʻyinidan boshqasi kelmadi ‍

Oʻgʻlim sen...

Men rozi emasman. Hech qachon rozi boʻlmayman...

Tanla yoki men bilan turmush qurasan yoki seni oʻzim onang bilan oʻldiraman...

Oʻgʻlim nima deganing bu?

Afsun Usmonni bu gapidan butunlay lol qoldi. Mansur ham oʻgʻlini bu gapidan hayratda edi. Bu gapga Afsundan boshqasi ishonmadi. Sababi Mansur ham Jalil ham Usmonni qanaqa ekanini bilardi. Qancha odam oʻldirsa ham qiz bolaga va ayol kishiga qoʻl ham koʻtarmas edi

Yoki men bilan turmush qurasan. Yoki oʻlasan tanla

Men... Men...

Tanla
Usmon baqirib yerga qarata yani Afsun oʻtirgan joy oldiga oʻq uzdi.

Afsun qoʻrqqanidan qanday qilib "Roziman" deganini ham bilmay qolgandi.
........
Nima boʻldi? Usmon haqida xabar bormi? Oʻligi topildimi?

Xoʻjayin Usmon tirik...

Qanaqasiga tirik qoladi? 4 ta oʻq yedi. Ancha qon yoʻqotdi. Qaysi shifoxonada operatsiya qilishibdi

Botir amakisi uyiga jarroh joʻnatgan ekan.

Menga tezda uni operatsiya qilgan jarrohni olib kelinglar ...
......
Davron kelin koʻylak olgani boramiz tayyorlan.

Xoʻp boʻladi aka. Mashinani tayyorlayman sizlar chiqaverasizlar

Usmon Afsunni olgani xonasiga chiqdi
Qayerga boramiz?
Senga koʻylak olgani
Usmon siz rostan ham menga uylanmoqchimisiz?
Men hazillashmayman. Tayyorlan. Pastda kutib turaman
Davomi bor