Get Mystery Box with random crypto!

#Anvar_Obidjon_ijodi #bolalar_adabiyoti Dovdiroy Kenja ukam | Anvar Obidjon

#Anvar_Obidjon_ijodi
#bolalar_adabiyoti

Dovdiroy

Kenja ukam Bahodir -
Shoshma-shoshar, g‘irt dovdir.
Yurak bo‘lsa kalishda,
Bir poy doim alish-da.
Dadamniki do‘ppisi,
Singlimniki guppisi,
Bobomniki belbog‘i,
Qatida-nosqovog‘i.
Ko‘k ko‘ylagi meniki...
Iy, ishtoni kimniki?
O‘rtancha ukam Eshjon-
Qolibdi-da beishton!

@Anvar_Obidjon