Get Mystery Box with random crypto!

#Anvar_Obidjon_ijodi #bolalar_adabiyoti Jalil janjalchi Ko‘ | Anvar Obidjon

#Anvar_Obidjon_ijodi
#bolalar_adabiyoti

Jalil janjalchi

Ko‘zlarini chaqchaytirib,
Burchakda poylab turadu.
Eng uyatli so‘kishlarin
Og‘ziga joylab turadi.

Birdaniga tirmashadi,
Biqiningga qorin tirab.
Qitig‘ingni qo‘zg‘atadi,
Qulog‘ingga burun tirab.

Kuchi yetsa, yiqitvolib -
Bir savalab turib ketar.
To‘palonda cho‘ntagingdan
Konfetniyam urib ketar.

Zo‘rroq kelsang, yerga yotib-
Oyog‘ingdan ushlashi bor.
Boybolaning kuchugidek
Boldiringdan tishlashi bor.

So‘ng uyingga yarim tunda
Kesak otib garang qilar.
Tunuka tom chirmandadek
Tinmay "darang-darang" qilar.

Do‘stdiz yashab yuribdi u,
Hamma uchun "birov" bo‘lib.
Kuchsizlarga xo‘rozlanib,
Kuchlilarga egov bo‘lib.

@Anvar_Obidjon