Get Mystery Box with random crypto!

Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢

Telegram kanalining logotibi angren_xtb — Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢 A
Telegram kanalining logotibi angren_xtb — Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢
Kanal manzili: @angren_xtb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 677
Kanalning ta’rifi

Ангрен шаҳар ХТБ расмий канали.
Ушбу каналда Халқ таълими бўлими ва тизимдаги муассасаларнинг аҳамиятга молик янгиликларини акс эттириб борамиз.
Мурожаат учун: @angrenxtbaloqabot
Rasmiy veb-sayt:
www.angrenshxtb.uz

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2021-02-12 18:04:59
2021-yil 12-fevral kuni Angren shahar Xalq ta’limi bo‘limi faollar zalida O‘zbekiston "Adolat" SDP Angren shahar Kengashi hamda XTB hamkorligida umumta’lim maktablarining 6-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida o‘tkazilgan insholar tanlovida ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar hamda ularning ustozlari "Adolat" SDP deputati Sh.Urishov tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. G‘olib o‘quvchilarning 3 nafari: 7-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Sh.Turg‘unboyeva, 26-maktabning 10-sinf o‘quvchisi R.Omonova, 7-maktabning 9-sinf o‘quvchisi M.Mamadaliyevalar insholar tanlovining viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar. Taqdirlash jarayonida Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi rahbari A.T.Yusupov, XTB filologiya fani metodisti G.Nuraliyeva hamda ta’lim muassasalari o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari


Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
339 viewsedited  15:04
Ochish/sharhlash
2021-02-12 16:46:01
Angren shahar 17-umumiy o‘rta ta'lim maktabida Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kuniga bag‘ishlab "Shoh va Shoir" deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari



Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
630 views13:46
Ochish/sharhlash
2021-02-12 16:41:27
Toshkent viloyati Angren shahar XTBga qarashli 26-umumiy o'rta ta'lim maktabi Buyuk siymolarimiz , Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur
tavalludi (580) (538) munosabati bilan G'azalxonlik kechasi o'tkazildi.

Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari



Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
335 views13:41
Ochish/sharhlash
2021-02-12 16:40:26
Toshkent viloyati Angren shahar 15-umumiy o‘rta ta'lim maktab o'qituvchilari Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag'ishlangan baytlar chelenjida juda faol

Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari



Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
233 views13:40
Ochish/sharhlash
2021-02-12 16:32:24
Toshkent viloyati Angren shahar XTBga qarashli 8-umumiy o‘rta ta'lim maktabida 5-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida fevral "Adabiyot kunlari" oyligi o‘tkazilmoqda.Shu munosabat bilan 12.02.2021 yil kuni maktab 7-"G" sinf o‘quvchilari tomonidan Abdulla Qahhorning "O‘g‘ri" hikoyasi taqdimoti o‘tkazildi.

Sinf rahbari va adabiyot fani o‘qituvchisi: Sattarova Maxsuda Rajabovna

Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari



Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
268 views13:32
Ochish/sharhlash
2021-02-12 15:17:36
Toshkent viloyati Angren shahar XTBga qarashli 8-umumiy o‘rta ta'lim maktabida 5-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida fevral "Adabiyot kunlari" oyligi o‘tkazilmoqda.Shu munosabat bilan 12.02.2021 yil kuni maktab 6-"G" sinf o‘quvchilari tomonidan so‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiyning "Hayrar ul-abror" dostoni taqdimoti o‘tkazildi.

Sinf rahbari: Aliqulova Zulfiya Ravshanovna

Adabiyot fani o‘qituvchisi: Abdullayeva Zarifa Rahmatovna

Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari



Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
349 views12:17
Ochish/sharhlash
2021-02-12 15:08:07
Angren shahar 6-umumta‘lim maktabida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuniga bag‘ishlab "IKKI BUYUK SIYMO" nomli adabiy-badiiy tadbir uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga Xalqaro ilmiy akademiya doktori, Angren shahar madaniyat bo‘limi nomoddiy-madaniy meros bo‘limi ilmiy xodimi Doniyorov Botir Artikovich hamda bir necha "Tarannum" musiqiy ko‘rsatuvining ishtirokchisi, xofiz, marhum Rahmatjon Qurbonovichning shogirdi Mumtoz san‘at sohibi Xidirov Nasriddin Butunovich ham mehmon sifatida taklif etildilar. Tadbir juda mazmunli va ma‘noli bo‘lib o‘tdi. Bobokalonlarimizning ilmiy meroslari o‘quvchilarga katta qiziqish bilan yetkazildi.

Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari



Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
256 views12:08
Ochish/sharhlash
2021-02-12 12:10:19
Bugun 2021-yilning 12-fevral kuni
Toshkent viloyati Angren shahar XTBga qarashli
8-umumiy o‘rta ta’lim maktabida buyuk mutafakkir , shoh va shoir , buyuk davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining
538 yilligi munosabati bilan 7-"V" sinf o‘quvchilari tomonidan "Shoh va shoir bobomiz"
nomli tadbir o‘tkazildi.Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan she'r , gazal , ruboiylar ijro etildi.

Sinf rahbari:
Sayfullayeva Munisa Yunusovna

Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari



Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
361 views09:10
Ochish/sharhlash
2021-02-12 07:47:36
Четверг – день профилактики правонарушений. С целью предупреждения негативного поведения администрацией школы №33 г. Ангрена организована беседа с девочками старших классов на тему «Культура поведения в общественных местах». Предметом анализа и обсуждения стали вопросы внешнего вида, гигиены и правила поведения девочек в общественных местах. Фото.

Официальные сайты Ангренского ГорОНО в социальных сетях



Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
347 views04:47
Ochish/sharhlash
2021-02-02 08:48:26
30.01.2021 yil kuni Toshkent viloyati
Angren shahar XTBga qarashli 8-umumiy o‘rta ta'lim maktabida Tabiiy fanlar oyligi doirasida kimyo fani ustozlari Xolmatova O‘g‘ilxon va Islomova E'tiborlar tashabbusi bilan 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Yosh kimyogarlar" nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbir natijalariga ko‘ra do‘stlik g‘alaba qozondi.

Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari



Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
111 views05:48
Ochish/sharhlash