Get Mystery Box with random crypto!

2021-yil 12-fevral kuni Angren shahar Xalq ta’limi bo‘limi fao | Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢

2021-yil 12-fevral kuni Angren shahar Xalq ta’limi bo‘limi faollar zalida O‘zbekiston "Adolat" SDP Angren shahar Kengashi hamda XTB hamkorligida umumta’lim maktablarining 6-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida o‘tkazilgan insholar tanlovida ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar hamda ularning ustozlari "Adolat" SDP deputati Sh.Urishov tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. G‘olib o‘quvchilarning 3 nafari: 7-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Sh.Turg‘unboyeva, 26-maktabning 10-sinf o‘quvchisi R.Omonova, 7-maktabning 9-sinf o‘quvchisi M.Mamadaliyevalar insholar tanlovining viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar. Taqdirlash jarayonida Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi rahbari A.T.Yusupov, XTB filologiya fani metodisti G.Nuraliyeva hamda ta’lim muassasalari o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari


Telegram|Facebook|YouTube|Sayt