Get Mystery Box with random crypto!

Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢

Telegram kanalining logotibi angren_xtb — Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢 A
Telegram kanalining logotibi angren_xtb — Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢
Kanal manzili: @angren_xtb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 677
Kanalning ta’rifi

Ангрен шаҳар ХТБ расмий канали.
Ушбу каналда Халқ таълими бўлими ва тизимдаги муассасаларнинг аҳамиятга молик янгиликларини акс эттириб борамиз.
Мурожаат учун: @angrenxtbaloqabot
Rasmiy veb-sayt:
www.angrenshxtb.uz

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2021-02-01 14:35:25
“Ангрен шаҳридаги 31-сонли умумий ўрта таълим мактаби таълим сифати ва самарадорлигини, педагог – ўқитувчилар салоҳиятини ошириш ҳамда ўқувчи ёшларни касбга йўналтириш ишларини янада кучайтириш бўйича” халқ таълими бўлимининг ишлаб чиқилган режаси асосида 33 ва 43 мактаб раҳбарлари профессор Тургунбаев Р.М. ҳамда Алибоева Т.Ж. юқори синф ўқувчилари учун маҳорат дарсини ташкил этишди. Юқори натижаларга эришиш масаласи бўйича тажриба алмашиш ишлари амалга оширилди. Мактаб ўқувчилари ва маъмурияти мазкур жараённи холисона баҳолашди.

Ангрен шаҳар ХТБнинг ижтимоий тармоқлардаги расмий саҳифалари


Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
888 views11:35
Ochish/sharhlash
2021-02-01 12:42:21 "НАВОИЙНИ ЭСЛАБ" ТАНЛОВИДА ИШТИРОК ЭТИНГ ВА НОУТБУК ЮТИБ ОЛИНГ!

Халқ таълими вазирлиги Алишер Навоий таваллудининг 580 йиллиги муносабати билан #Navoiyni_eslab хэштеги остида ижодий ишлар танловини эълон қилади.

Танловда Навоий асарларини ёд олишга иштиёқи баланд бўлган мактаб ўқитувчи ва ўқувчилари иштирок этишлари мумкин.

Бунинг учун сиздан:

Навоий асарларини ижодий ёндашган ҳолда ижро этиб, уни #Navoiyni_eslab хэштеги билан Facebook ижтимоий тармоғидаги ўзингиз истаган оммалашган гуруҳлардан бирига жойлашингиз лозим бўлади. Эслатиб ўтамиз, вазирлик ва фейсбукдаги Maslahat.uz гуруҳи ўртасида ҳамкорлик йўлга қўйилган бўлиб, ўз ижодий ишингизни тарғиб қилишда мазкур гуруҳ ёрдамидан ҳам фойдаланишингиз мумкин бўлади.

Видеороликларни баҳолашда қуйидагиларга эътибор қаратилади:

Креатив ёндашув;
Видеороликнинг сифати;
Ижро маҳорати;
Видеони ижтимоий тармоқларда оммалашгани.

Видеоролик вақти 3 дақиқадан ошмаслиги тавсия этилади.

Танлов ўтказилиш вақти: 2021 йилнинг 1 дан 5 февралига қадар (шу куни ҳам).

6 февраль куни саралаб олинган энг яхши видеолар вазирликнинг Телеграмдаги расмий саҳифасига овоз бериш учун қўйилади.

Овоз бериш жараёни 9 февраль куни соат 10:00 да якунланади.

Номзодлар орасидан энг кўп овоз тўплаган 3 нафар иштирокчи ҳомийлар томонидан тақдим этилган ноутбук билан тақдирланади.

Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
218 views09:42
Ochish/sharhlash
2021-02-01 08:52:33
- matematika shunday tilki , barcha aniq fanlar shu tilda gapiradi

Bugun 1 fevral 2021 yil kuni Toshkent viloyati Angren shahar XTBga qarashli 8-umumiy o‘rta ta'lim maktabida Fevral - "Aniq fanlar oyligi"ning ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.Tadbirda maktab aniq fanlar uslubiy birlashma rahbari Rustamova Xulkar tomonidan o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida "Sehrli geometrik shakllar" yasash ishlari olib borildi.


Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari



Telegram | Facebook | YouTube | Sayt
1.1K views05:52
Ochish/sharhlash
2021-02-01 08:36:14
Таълим тизимида бюджет маблағларини ўзлаштиришда қонун бузилиш ҳолатлари

Педагог-ўқитувчилар томонидан ўқувчиларга нисбатан қўпол муомолада бўлиш ҳолатлари

Ўқитyвчиларнинг ойлик маошидан мажбурий ушлаб қолиш ҳолатлари

Бугун, 1 февраль соат 14:00 да куни АОКАда шу каби муҳим масалалар юзасидан матбуот анжумани бўлиб ўтади.

● Иштирокчилар: Олий ва ўрта махсус ҳамда Халқ таълими вазирликлари


Саволларни @Rasmiy_aloqabot га жўнатишингиз мумкин.

ОАВ ходимлари таклиф этилади.

@aoka_uz
210 views05:36
Ochish/sharhlash
2021-01-31 18:39:30
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6801-sonli Farmoniga muvofiq 2021-yil 30-yanvar kuni Angren shahar XTBga qarashli 43-umumta’lim maktabi ma'muriyati va Toshkent davlat "Agrar" universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik MEMORANDUMI imzolandi. MEMORANDUMni imzolash jarayonida Toshkent davlat "Agrar" universiteti dotsenti M.N.Aberkulov, XTB "Tabiiy fanlar" metodisti S.I.Isayev hamda 43-maktab O‘IBDO‘ D.Zakirovalar ishtirok etishdi. MEMORANDUM shartlariga ko‘ra quyidagi ishlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:

universitet va maktab o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatish;
o‘quvchilar uchun tajribali darslar tashkil etish;
o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan hamkorlikda maqolalar yozish;
har bir darsda taqdimotlar o‘tkazish.

Universitet dotsenti M.N.Aberkulov o‘quvchilar bilan ularning biologiya faniga oid bilimlari va qiziqishlari bo‘yicha suhbatlashdi.

Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari



Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
448 viewsedited  15:39
Ochish/sharhlash
2021-01-31 17:54:37
2021 yil 25-26 yanvar kunlari Namangan viloyatida Sharqiy harbiy Okrugiga qarashli harbiy qismlar o‘rtasida Namangan viloyati ochiq birinchiligi bo'lib o‘tdi.
Birinchilikda Toshkent viloyati Angren shahar XTBga qarashli 8-umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘quvchilari Ibraimov Tohirbek , Shodiyev Sunnatbek , Tursunboyev Asadbek hamda Jahbaraliyev Ilhomlar ishtirok etib , o‘z vazn toifalarida faxrli 1 va 2-o‘rinni egallashdi.



Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari



Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
495 views14:54
Ochish/sharhlash
2021-01-31 13:12:01
Angren shahar Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 20-maktabda Toshkent viloyati Xalq ta’limi boshqarmasining 2021-yil 15-yanvarda tasdiqlangan “Toshkent viloyatidagi umumiy o’rta ta’lim muassasalarida ta’lim sifati va samaradorligini, pedagog-o’qituvchilar salohiyatini oshirish hamda o’quvchi yoshlarni kasbga yo’naltirish ishlarini yanada kuchaytirish bo’yicha kechiktirib bo’lmaydigan chora - tadbirlarni 2021-yilning birinchi yarmida amalga oshirishga mo’ljallangan harakatlar rejasi”ning 3-bo’lim 14-15 bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida 11-sinf o‘quvchilarining har biriga maslahatchi sifatida fidoyi o‘qituvchilarni biriktirish, o‘quvchilarni maktab ta’limidan keyingi faoliyatini aniqlashtirish bo‘yicha maktab rahbari Qahramon Rozikovich Umarov boshchiligida bitiruvchi yoshlar bilan suhbat olib borildi.

Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari



Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
1.2K views10:12
Ochish/sharhlash
2021-01-31 12:47:01
- Kitob-xazinalar yig‘indisidir. Yaxshini-yomondan,oqni-qoradan ajratishga,o‘zimizga sezilmaydigan salbiy xislatlarni tarbiyalshda katta yordamchimiz bu - kitobdir.

30.01.2021 yil kuni Toshkent viloyati Angren shahar XTBga qarashli 8-umumiy o‘rta ta'lim maktabi 5-"A" sinf o‘quvchilari tomonidan "Kitoblar olamiga sayohat" darsi tashkil etildi.ARM rahbari Abdurahmonova Hayotxon ustoz tomonidan o‘quvchilar kutubxonadagi kitoblar haqida keng ma‘lumotlarga ega bo‘ldilar.O‘quvchilar tomonidan o‘qigan ertak,hikoyalari,yod olgan she‘rlari tinglandi
.

Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari


Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
301 viewsedited  09:47
Ochish/sharhlash
2021-01-30 21:57:27
#xotira

Toshkent viloyati Angren shahar 40 - umumiy o'rta ta'lim maktabida O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning tavallud kuni munosabati bilan 5-, 6- sinflar ishtirokida xotira kechasi o'tkazildi. Tadbir davomida I. A. Karimovning yurtimiz mustaqilligi, iqtisodiy taraqqiyoti uchun ko'rsatgan xizmatlari haqidagi ma'lumotlar videoroliklar, slaydlar vositasida namoyish qilindi. O'quvchilar yurtimiz tarixida muhim o'rin tutgan buyuk tarixiy shaxs haqidagi o'zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar. Tadbir o'quvchilar qalbida chuqur taassurot qoldirdi.

Angren shahar XTB ning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari



Telegram | Facebook | Veb-Sayt | Sayt
485 viewsedited  18:57
Ochish/sharhlash
2021-01-30 21:22:50
К обобщающему уроку литературы в 11 классе по роману М.Булгакова "Мастер и Маргарита" учащиеся заранее подготовились путём онлайн – задания под руководством учителя школы №33 г. Ангрена Елены Борисовны Расновской. Такая подготовка способствовала успешному решению учебных задач. Результативность обучения была достигнута посредством заданий на знание текста, определения героя по портрету, по высказываниям, определения афоризмов в романе, блиц – опроса, использования одного из жанров компьютерных игр «Квест». Заслуживает внимание форма создания «Облака слов» по роману. Это форма визуализации данных, представляла собой набор ключевых слов и словосочетаний и которая была направлена на эффективное использование универсальных учебных действий учащихся с учетом IT технологии. С целью обращения внимания на продукт собственной активности, рефлексии, учащиеся испытали себя с помощью онлайн – тестов.

Официальные сайты Ангренского ГорОНО в социальных сетях


Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
219 views18:22
Ochish/sharhlash