Get Mystery Box with random crypto!

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Telegram kanalining logotibi and_vxtb — Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi A
Telegram kanalining logotibi and_vxtb — Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
Kanal manzili: @and_vxtb
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.82K
Kanalning ta’rifi

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
Admin: @andvxtb_pr
Hurmatli kanal obunachilari, mazkur kanalda yoritib borilayotgan xabar va yangiliklar sizga manzur bo'lmoqdami? Kanalga oid takliflaringiz bo'lsa adminga murojaat qiling.

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 7

2023-04-26 13:11:24
Андижон фарзанди, шоир Муҳаммад Юсуф хотирасига бағишланади

Хўжаобод тумани 17-кар болалар махсус мактаб-интернати (Сурдотаржима)
2.1K views10:11
Ochish/sharhlash
2023-04-26 13:05:19
Ўзбекистон Халқ шоири, жамоат арбоби Муҳаммад Юсуф таваллудининг 69 йиллиги кенг нишонланди

Facebook | Twitter | Instagram | YouTube | Telegram | TikTok
1.8K views10:05
Ochish/sharhlash
2023-04-26 10:19:32
#Brifing

Brifing

● Mavzu:
Umumta’lim muassasalari o‘qituvchilari va xodimlari uchun belgilangan qo‘shimcha ustamalar
● Ishtirok etadi: Dilfuza Sobirova, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Аxborot xizmati rahbari

Brifingni jonli efirda kuzating.

Brifing Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo'lib o'tmoqda.
_______
Shuningdek, brifingning to'liq matni bilan saytimizda batafsil tanishishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
2.0K views07:19
Ochish/sharhlash
2023-04-26 06:13:07
26-апрель Ўзбекистон халқ шоири Муҳаммад Юсуф таваллуд топган кун

Муҳаммад Юсуф (Юсупов Муҳаммаджон) 1954 йил 26 апрель куни Марҳамат туманида туғилган.

Ўзбекистон халқ шоири, жамоат арбоби бўлган Муҳаммад Юсуф 1978 йилда рус тили ва адабиёти институтининг рус тили ва адабиёти факултетини тугатган.

Шоирнинг дастлабки шеърлари «Ўзбекистон адабиёти ва санъати» ҳафталигида босилган (1976). Шундан бошлаб республика матбуотида унинг шеър, очерк ва мақолалари мунтазам равишда чоп этила бошлаган.

Илк шеърлар китоби — «Таниш тераклар» (1985). «Булбулга бир гапим бор» (1987) шеърий китоблари нашр этилган.

Муҳаммад Юсуф Элликқалъа туманида шеърият мухлислари билан учрашиш мақсадидаги ижодий сафарида вафот этган. Андижонда дафн этилган.

Тошкент шаҳри ва Марҳамат туманидаги кўчалардан бири, Андижон шаҳридаги ижод мактаби, болалар кутубхонаси ва Марҳамат туманидаги санъат мактаби Муҳаммад Юсуф номи билан аталади.
4.4K views03:13
Ochish/sharhlash
2023-04-25 15:28:49 MUHAMMAD YUSUFGA O‘XSHASH CHEHRALAR TAQDIRLANDI

Xabaringiz bor, Andijon viloyati hokimligi tashabbusi bilan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Marhamat tumani hokimligi hamda Vodiy1.uz tahririyati tomonidan «Muhammad Yusufga o‘xshash chehralar» tanlovini e’lon qilingan edi.

Joriy yilning 25-aprel kuni Marhamat tumanidagi “Kelajak nuri” kutubxonasida o‘tkazilgan taqdirlash marosimida ushbu loyihada 5 ming 800 dan ortiq ijodiy na’munalardan eng saralari deb topilgan ijro mualliflari taqdirlandilar.

Xususan, viloyat hokimligi kotibiyat mudiri E.Xolmirzayev, tuman hokimi B.Yuldashev va boshqarma boshlig’i R.Karimovlar tomonidan yosh avlodni zabardast shoir hayoti va ijodiga bo‘lgan qiziqishini yuqori ekanligi alohida ta’kidlanib, o‘qish va ishlarida muvaffaqiyatlar tilandi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra Andijon tumani 33-maktab o’quvchisi I.Kozimjonov 3-, Baliqchi tumanidagi 3-maktab o‘quvchisi M.Abduvaliyev 2-o‘rinni egalladi.

Muhammad Yusuf timsolini eng yaxshi gavdalantirgan obraz egasi Oltinko’l tumani 2-maktab o‘quvchisi X.Hakimov Andijon viloyat hokimligi tomonidan Turkiya davlatiga sayohat yo‘llanmasi bilan taqdirlandi.
3.2K viewsedited  12:28
Ochish/sharhlash
2023-04-25 15:27:53
3.0K views12:27
Ochish/sharhlash
2023-04-25 14:00:10 Ingliz tili fani o‘qituvchilari diqqatiga!

Xabaringiz bor, 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab Cambridge University Press nashriyotining o‘quv-metodik qo‘llanmalari umumiy o‘rta ta'lim maktablarida joriy qilindi. Ushbu qo‘llanmalar asosida darslarni tashkillashtirish jarayoningizda tug‘ilgan fikr-mulohazalaringizni biz bilan bo‘lishishingizni iltimos qilamiz.

Sizning fikr-mulohazalaringiz Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi uchun Ingliz tili ta'limini yaxshilash, metodik yordam ko‘rsatishni rivojlantirish va o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha keyingi strategiyalarini ishlab chiqishda muhim.

So‘rovnoma anonim tarzda to‘ldiriladi va natijalaridan faqat Ingliz tili ta'limini yaxshilash bo‘yicha keyingi tavsiyalarni ishlab chiqishda foydalaniladi.

Quyidagi link orqali so‘rovnomada ishtirok eting.
https://fsu.qualtrics.com/jfe/form/SV_3mHn7dgWUII53Bs

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
2.0K views11:00
Ochish/sharhlash
2023-04-25 07:46:52 Har bir ishda hikmat bor

Bir kuni bir kishining tuyasi quduqqa tushib ketdi va odamlarni yordamga chaqirish uchun bo‘ynini cho‘zib tepaga qaragancha pishqirib baland ovozda naray boshladi. Uning harakatlarini payqagan xo‘jayini yugurib keldi va quduqdan chiqarib olish uchun rosa harakat qildi.

Uni quduqdan chiqarib olishning iloji yo‘qligini bilgach, xo‘jayin shunday fikr qildi:“Tuyam ham ancha qarib qoldi, yaqin orada o‘lib qolishi aniq, o‘zi shusiz ham  yoshroq va baquvvatroq tuya olmoqchi bo‘lib yurgandim, qolaversa, bu quduq ham qurib qoldi, uni anchadan beri ko‘mib yuborib, yangi quduq qazimoqchi bo‘lib yurgandim. Nega endi bitta o‘q bilan ikki quyonni urmayin, biryo‘la tuya va quduqni ko‘mib qo‘yaqolaman”.

Ko‘p o‘ylab o‘tirmasdan qo‘shnilarni yordamga chaqirib, ketmon – kuraklarini olib, quduqni tuproq bilan  to‘ldira boshlashdi. Nima bo‘layotganini bilgan tuya boshini chayqar, oyoqlari bilan yerni urar, tez-tez pishqirib, baland ovoz chiqaradi. Lekin odamlar uning harakatlariga e’tibor bermasdan, quduqqa tuproq tashlashda davom etishardi. Bir mahal tuya jim bo‘lib qoldi.

Qachonki, xo‘jayin quduqqa qaraganida ajoyib bir manzarani ko‘rdi. Tuya o‘zining ustiga, o‘rkachlariga tushgan tuproqni bir silkitib tushirib yuborar, oyoqlari ostiga olardi. Biroz vaqt o‘tgandan keyin tuya barchani hayratda qoldirib, tuproqlarni oyoqlari bilan tepkilab-tepkilab yuqoriga ko‘tarilib, quduqdan chiqib olgan edi!

Endi bir o‘ylab  ko‘ring.
Balki sizning hayotingizda ham qiyinchiliklar, noxushliklar bo‘lgandir va bu kelajakda sizga yanada yaxshiliklar keltirar. Har qanday muammo sizga otilgan toshdir. Mana shu toshlar yordamida siz yuqori darajalarga ko‘tarilib borasiz. 

8-sinf “Tarbiya” darsligidan

Kanalga obuna bo'lish:

Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
2.6K views04:46
Ochish/sharhlash
2023-04-24 22:24:32
Диққат! «Муҳаммад Юсуфга ўхшаш чеҳралар» танлови ғолибларини Марҳаматга таклиф этамиз

Андижон вилоят ҳокимлиги ташаббуси билан Андижон вилояти Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси, Марҳамат туман ҳокимлиги, Vodiy1.uz билан ҳамкорликда эълон қилган «Муҳаммад Юсуфга ўхшаш чеҳралар шеър айтганда» танловида ғолиб бўлган ўқувчилар 25 апрель куни соат 11.00да Марҳамат шаҳарчасидаги “Келажак нури” кутубхонасида тақдирланадилар.

https://t.me/Vodiy1uzofficial - водийнинг 1-рақамли каналига аъзо бўлинг
2.6K views19:24
Ochish/sharhlash
2023-04-22 18:49:42
#Barkamol_avlod_bolalar_maktabi_OAV_nigohida

Andijon viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi tajribasi

Batafsil Oʻzbekiston 24 telekanalining “Maxsus reportaj” dasturi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

#21apr #uzbekiston24

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
1.5K views15:49
Ochish/sharhlash