Get Mystery Box with random crypto!

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Telegram kanalining logotibi and_vxtb — Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi A
Telegram kanalining logotibi and_vxtb — Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
Kanal manzili: @and_vxtb
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.82K
Kanalning ta’rifi

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
Admin: @andvxtb_pr
Hurmatli kanal obunachilari, mazkur kanalda yoritib borilayotgan xabar va yangiliklar sizga manzur bo'lmoqdami? Kanalga oid takliflaringiz bo'lsa adminga murojaat qiling.

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2023-05-18 14:25:57
Joriy yilning 18-may kuni Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Andijon davlat tibbiyot instituti hamkorligida umumta’lim maktablarinig o‘quvchilari o‘rtasida kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha “Abu Ali ibn Sino” nomidagi viloyat fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur olimpiadada tuman shahar bosqichlarida 4 mingga yaqin tengdoshlari ichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar viloyat bosqichida o‘zaro bellashdilar.

Ushbu olimpiada yakunlariga ko‘ra kimyo-biologiya yo‘nalishlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o'quvchilar estalik sovg‘alar va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
2.5K views11:25
Ochish/sharhlash
2023-05-15 22:28:48 Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi pinned a photo
19:28
Ochish/sharhlash
2023-05-15 18:42:45
#bilib_qoygan_yaxshi
#jahon_mamlakatlari

FINLANDIYA
(fincha: Suomi, shvedcha: Finland),

Finlandiya Respublikasi — Shimoliy Joylashuv: Yevropada joylashgan davlat.
Maydoni: 337 ming km²
Aholisi: 6,414 mln kishi (2022)
Poytaxti: Helsinki shahri
Davlat boshligʻi: Prezident (2000-yildan Tarya Halonen xonim)
Shahar aholisi: 65,1%
Rivojlangan sohalari: Ta’lim, sanoat va iqtisodiyot
Pul birligi: fin markasi
Baxtiyorlik indeksi bo'yicha: 1-o'rinda (5 yildan buyon)
Qo’shimcha ma’lumotlar: "Sog'lom turmush tarzi" har bir fin maktabida majburiy fan hisoblanadi.
Har bir fin oilasida kamida ikkitadan mashina bor.
O'n sakkiz yoshida har bir finlik o'spirin davlat tomonidan o'z kvartirasini ijaraga oladi.
Dunyodagi eng toza suv Finlyandiyada. Finlyandiyada ta'lim hamma uchun bepul.
1.5K views15:42
Ochish/sharhlash
2023-05-15 17:10:46
ANDIJONLIK O‘QUVCHILAR RESPUBLIKA FAN OLIMPIADASIGA YO‘L OLDI

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchi-yoshlarni bilimlarini yanada rivojlantirish ular o‘rtasida sog’lom raqobatni shakllantirish maqsadida ko‘plab fan olimpiadalarini tashkil etib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning 18-23-may kunlari Buxoro shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Al-Xorazmiy” nomidagi fan olimpiadasida Andijon viloyati sharafini himoya etuvchi 18 nafar iqtidorli o’quvchilarni kuzatish marosimida o‘tkazildi.

Tadbirda boshqarma boshlig‘i Rasuljon Karimov hamda O‘zbekiston qahramoni Kamoliddin G’opirovlar so‘z olib, andijonlik o‘quvchilarni ushbu fan olimpiadasi yo’nalishlarida kimyo, biologiya va fizika fanlari kesimida potensiallari yuqori ekanligi alohida ta’kidlanib, Respublika bosqichida ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar.
2.0K views14:10
Ochish/sharhlash
2023-05-15 16:08:14 Бош прокуратура томонидан тегишли соҳа мутахассисларидан иборат ишчи гуруҳлар тузилиб, ҳудудлардаги алоҳида таълим эҳтиёжи бўлган болалар учун санаторий туридаги мактаб-интернатларида болаларга таълим-тарбия бериш, даволаш-соғломлаштириш, уларнинг бўш вақтларини мазмунли ташкил этиш ва касб-ҳунарга ўргатиш борасида амалга оширилаётган ишлар аҳволи ўрганилмоқда.

Хусусан, Андижон вилояти Балиқчи туманидаги 9-сонли сколиоз билан касалланган болалар учун санаторий туридаги мактаб-интернатида болалар учун ташкил қилинган турли тўгаракларнинг бугунги кундаги фаолияти ва самараси ўрганилди.

Шунингдек, муассасада ўқувчиларни психологик жиҳатдан қўллаб-қувватлаш, уларнинг ривожланишига тўсқинлик қилаётган омилларни аниқлаш мақсадида профессионал психологик ёрдам кўрсатиш хонаси ташкил этилди.

Ўз навбатида, малакали мутахассислар томонидан муассасанинг педагог ва тарбиячилари учун болалар билан ишлашда аҳамият бериладиган масалаларга бағишланган семинар-тренинглар ўтказилди.

Бундан ташқари, муассасада таълим олаётган болалар тиббий кўрикдан ўтказилиб, уларнинг саломатлигини яхшилашга йўналтирилган мутахассисларнинг тавсиялари берилди.

Бош прокуратуранинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларига аъзо бўлинг!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
1.9K views13:08
Ochish/sharhlash
2023-05-15 16:08:14
1.7K views13:08
Ochish/sharhlash
2023-05-15 08:03:29
7 KUN | YOSHLARGA BERILAYOTGAN TA’LIM 14.05.2023 YIL

http://t.me/Andijon_TRK
2.6K views05:03
Ochish/sharhlash
2023-05-15 06:32:49
#Kun_hikmati

O'qi, ilmli bo'l, yoki ilmga tayanib ish tutadigan bo'l, loaqal ilmni tinglab eshitadigan bo'l, ammo to'rtinchisi bo'lma, chunki kasodga uchrab halok bo'lasan.

ABULQOSIM ZAMAXSHARIY
3.3K views03:32
Ochish/sharhlash
2023-05-14 10:36:41
ANDIJON AXBOROTI |BESH TASHABBUS OLIMPIADASI 12.05.2023 YIL

http://t.me/Andijon_TRK
3.0K views07:36
Ochish/sharhlash
2023-05-14 09:51:41
ANDIJON AXBOROTI |"ZOMIN SEMINARI" MINTAQAVIY BOSQICHI 12.05.2023 YIL

http://t.me/Andijon_TRK
3.0K views06:51
Ochish/sharhlash