Get Mystery Box with random crypto!

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Telegram kanalining logotibi and_vxtb — Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi A
Telegram kanalining logotibi and_vxtb — Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
Kanal manzili: @and_vxtb
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.82K
Kanalning ta’rifi

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
Admin: @andvxtb_pr
Hurmatli kanal obunachilari, mazkur kanalda yoritib borilayotgan xabar va yangiliklar sizga manzur bo'lmoqdami? Kanalga oid takliflaringiz bo'lsa adminga murojaat qiling.

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2023-05-12 18:22:45
Андижон вилояти, Марҳамат туманидаги "Билимдонлар маскани" номидаги оилавий нодавлат мактабгача таълим ташкилотида ОНМТТнинг бир куни шиори остида семинар бўлиб ўтди.

Мазкур семинарда вилоят мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси бошлиғининг ўринбосари иштирок этиб, у ердаги шароитлар билан яқиндан танишди.

Семинар давомида қуёш панелларининг қулайликлари юзасидан мутахассислар томонидан тушунчалар берилди ҳамда ОНМТТларда тарбияланувчиларни тўғри, сифатли ва соғлом овқатлантиришни ташкил этиш бўйича тизимли ишлар ташкил этилмоқда.

Семинарда туманлардаги ОНМТТлар иштирок этдилар ва ўзлари учун керакли бўлган маълумотларга эга бўлдилар.

Facebook | Twitter | Instagram | YouTube | Telegram | TikTok
1.8K views15:22
Ochish/sharhlash
2023-05-12 13:20:39
#Bilib_qoygan_yaxshi
#Qiziqarli_faktlar

TA'LIMGA OID QIZIQARLI MA'LUMOTLAR!

1. Koʻp marotaba toshqin muammolariga duch kelinganligi tufayli Bangladeshda 100 dan kam boʻlmagan qayiq maktablari mavjud.

2. Hindistonning Laknov shahridagi “City Montessori” maktabi oʻquvchilar soni boʻyicha dunyodagi eng yirik maktab boʻlib, u yerda 32 mingdan ortiq o’quvchi tahsil oladi.

3. Chilida oʻquvchilar uchun yozgi taʼtillar bizdagidan farqli oʻlaroq, dekabr oʻrtalaridan boshlanadi va mart oyining boshlarida tugaydi.

4. Saxarada 11,07 million bola boshlangʻich taʼlimini tugatmasdan maktabni tark etadi. Janubiy va Gʻarbiy Osiyoda bu raqam 13,54 millionga etadi.

5. Dunyodagi eng qadimgi maktab Angliyaning Kanterberi shahrida joylashgan. U 1597-yilda “Qirollik maktabi” nomi bilan tashkil etilgan.
2.8K views10:20
Ochish/sharhlash
2023-05-12 11:49:26
Махсус репортаж | Таълим тизимидаги фахрийлар кенгаши фаолияти
#12may #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
2.3K views08:49
Ochish/sharhlash
2023-05-12 10:07:57
Андижон вилояти Мактабгача ва мактаб таълим бошқармаси томонидан эълон қилинган кўрик-танловга мувофиқ Асака туман ММТБ тасарруфидаги 9-сон давлат мактабгача таълим ташкилотида “Ҳамшира-2023”  кўрик-танловининг туман босқичи ўтказилди.    

  Кўрик-танлов ҳамшираларнинг билим даражаларини ошириш, истеъдодларини намоён этиш ва ижодий қобилятларини ривожлантиришга қаратилган бўлиб, иштирокчилар 5 та шарт бўйича ўзаро беллашдилар.

  Кўрик-танловда Андижон вилояти ММТБ биринчи ўринбосари А.Азимов ва мутасадди раҳбарлар, туман  тиббиёт бирлашмаси ўринбосари Б.Тожибоев, СЭО ва ЖСХ бўлими мутахассиси Н.Абдувалиева, ММТБ бошлиғи Т.Газибаева ва мутахассислар иштирок этдилар.

  Танлов натижасига кўра,  1-ўрин 26-ДМТТ ҳамшираси Н.Мамажонова, 2-ўрин 10-ДМТТ ҳамшираси Б.Ҳайдарова ва 3-ўрин 32-ДМТТ ҳамшираси Д.Абубакиеваларга насиб этди.

  Ўтказилган танлов Андижон телевиденияси томонидан эфирга узатилади.

Асака туман ҳокимлиги
Матбуот хизмати
2.7K views07:07
Ochish/sharhlash
2023-05-12 07:45:19
#Zomin_seminari
#Mintaqaviy_bosqichi

“ZOMIN” IJOD SEMINARI ANDIJONDA

Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan Respublika yosh ijodkorlarining an'anaviy Zomim seminarining mintaqaviy bosqichi o‘tkazildi.

Seminarda Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridan ishtirok etgan 36 nafar yoshlar adabiyotning nazm, nasr, badiy publitsistika, badiiy tarjima va bolalar adabiyoti yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z ijodlari bilan qatnashdi.

Tadbirda viloyat hokimligi kotibiyat mudiri Elyorbek Xolmirzayev, viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Rasuljon Karimovlar ishtirok etib seminar ishiga muvofaqqiyat bildirdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari, taniqli shoir Botir Ergashev, ustoz adib Nurali Qobul, Farid Usmon kabi taniqli ustoz ijodkorlar ishtirok etib, yosh ijodkorlarga oq yo‘l tiladilar.

Seminar yakunida yosh ijodkorlar hamda ustoz adiblarga viloyat hokimligi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.
2.6K views04:45
Ochish/sharhlash
2023-05-11 07:22:33
#Kun_hikmati

Inson qanchalik ko‘p bilsa, u shu qadar kuchli.

M. GORKIY
855 views04:22
Ochish/sharhlash
2023-05-10 16:53:06
ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI FAN OLIMPIADASINING SO‘NGI BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4805-son, 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5032-sonli qarorlari ijrosini ta'minlash, bitiruvchilarni oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida Andijon davlat pedagogika institutida umumta’lim maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida kimyo, biologiya va fizika fanlaridan ko‘p bosqichli olimpiadaning institut bosqichini o‘tkazildi.

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
Telegram Facebook Instagram YouTube
2.7K views13:53
Ochish/sharhlash
2023-05-10 12:32:57
#Bilib_qoygan_yaxshi
#Xalqaro_Tashkilotlar

UNICEF
(United Nations International Children's Emergency Fund)

Tashkil etilgan: 1946-yil 10-dekabr.
Maqsadi: Yer yuzida, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlardagi bolalarning sog'lom va barkamol voyaga yetishiga ko‘maklashish uning bosh tamoyilidir.
Bosh shtab kvartirasi: AQSH, Nyu-York
Rahbari: Ketrin M. Rassell
Nechta davlat a’zo: 150 ta
O’zbekistonda: 1994-yildan boshlab bolalar va ularning oilalari hayotini yaxshilash, eng kam ta’minlangan qatlamlarga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha ish olib boradi.
O’zbekistondagi vakili: Munir Mamedzade
Mukofotlari: 1965-yil Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.
4.1K viewsedited  09:32
Ochish/sharhlash
2023-05-10 11:14:20
ANDIJON AXBOROTI |IBRATLI USTOZ. TAQDIRLOV 09.05.2023 YIL

http://t.me/Andijon_TRK
2.7K views08:14
Ochish/sharhlash
2023-05-10 11:14:05
ANDIJON AXBOROTI | OLIMPIADA. MARHAMAT TUMANI 09.05.2023 YIL

http://t.me/Andijon_TRK
2.7K views08:14
Ochish/sharhlash