Get Mystery Box with random crypto!

Amir Sayyid Olimxon

Telegram kanalining logotibi amirsayyidolimxon — Amir Sayyid Olimxon A
Telegram kanalining logotibi amirsayyidolimxon — Amir Sayyid Olimxon
Kanal manzili: @amirsayyidolimxon
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 292
Kanalning ta’rifi

Tarixdan saboq olib, kelajakni quramiz!!!

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 25

2022-07-13 18:41:54
Ҳоким Ойим масжиди.

Қўқон, XIX аср охирлари.


@amirsayyidolimxon.
47 viewsOstonayeva Dilfuza Faxritdinovna, 15:41
Ochish/sharhlash
2022-07-13 18:39:32
"Халким, Ватаним мени,
Кайта тугилдим сенда!.."

Ажойиб, шеьр яна Ватан хакида! Ким езган экан ва уни маромига етказиб укиетган диктор киз ким экан? Гурухдошлар кимда бу хакида маьлумот бор!

Экранда Бухоролик инсонлар суратлари.

@amirsayyidolimxon.
46 viewsOstonayeva Dilfuza Faxritdinovna, 15:39
Ochish/sharhlash
2022-07-13 18:39:20
Намозгох масжити мехроби.
Бухоро.

1930 йил.

@amirsayyidolimxon.
44 viewsOstonayeva Dilfuza Faxritdinovna, 15:39
Ochish/sharhlash
2022-07-13 14:57:43 https://telegra.ph/GINNESGA-KIRMAGAN-EHNG-UZUN-%D2%9AABR-07-13
12 viewsOstonayeva Dilfuza Faxritdinovna, 11:57
Ochish/sharhlash
2022-07-13 06:43:54
Xett podsholigi eng kuchaygan paytdagi hududi

@amirsayyidolimxon
50 viewsOstonayeva Dilfuza Faxritdinovna, 03:43
Ochish/sharhlash
2022-07-13 06:37:28 Yangi Xett podshohligi
Miloddan avvalgi XIV asr boshlarida Suppilulium Xett davlati taxtiga o'tiradi. U serg'ayrat lashkarboshi, mohir diplomat
va uzoqni ko'ruvchi dono siyosatchi edi. Suppilulium davrida Xett podsholigi qayta tiklanib ravnaq topadi. U Xett qo‘shinlarining jangovarlik jihatlariga katta e’tibor beradi. Xett qo'shini ot qo'shilgan tezkor jang aravalari bilan ta’minlanadi. Jang aravalarining har birida havdovchi, kamondoz va qalqonbardorlardan iborat uch jangchi bo'lar edi. Urush vaqtida jangovar aravali qismlar shiddat va tezkorlik bilan hujumga o'tgan hamda dushman saflarini sarosimaga solgan. Podsho Xett shaharlarini, xususan mamlakat poytaxti Xattusaning mudofaa inshootlarini mustahkamlashga ham katta e’tibor bergan. Suppilulium qo'shni mamlakatlar ustiga lashkar yuborish, o'z qizlarini ularning shoh va shahzodalariga nikohlab berish va turli diplomatiya usullarini qo'llab, ularni o'ziga qaratib, hatto ittifoqdosh qilib oladi. Jangovar xett qo'shinlari janubi-g'arbda Arqava podsholigini, janubda Kilikiya va Suriyaning katta qismini bosib oladi. Xett qo'shinlari Mitanniga hujum qilib g'olib chiqadi. Mitanni podshosi saroy fitnachilari tomonidan o'ldiriladi. Shu davrda Ossuriya bilan Alshinning birlashgan qo'shinlari Mitanniga bostirib kiradi. Vaziyatdan foydalangan Xett podshosi o'z qizini Tushratining o'g'li shahzoda Shattivasga nikohlab, shahzodani Mitanni taxtiga o'tqizadi. Suppilulium davrida Mitanni xettlarga qaram bo'lib qoladi. Suppilulium podsholigi davrida Xett podsholigi Qora dengiz bo'ylaridan Falastin, Bobil va Ossuriya chegaralarigacha bo'lgan yerlarni o'z ichiga olgan edi. Suppilulium vafotidan so'ng taxtga Mursili II (1340-1305) o'tiradi. Mursili II davrida asosiy harbiy harakatlar Kichik Osiyoning janubi-g'arbida olib boriladi. Chunki Kichik Osiyoning janubi-g'arbida Arqava podsholigi rahbarligidagi Mira va Lukka
davlatlari ittifoqi bor edi. Ular janubi-g'arbdan Xett podsholigiga xavf solib turar edilar. Mursili II Mira, Lukka va Miletlarni o'z tomoniga og'dirib, ittifoqchilarni kuchsizlantirishga erishadi. Lekin ular hamon kuchli raqib bo'lib turar edilar. Valma shahri yaqinida xettlar bilan Arqava ittifoqchi qo'shinlari o'rtasida dahshatli jang bo'lib o'tadi. Jangda ittifoqchilar qo'shini yengilib, Arqava shohi va uning o'g'li qochib ketadi. Xett qo'shinlari Apasu (Efes) shahrini egallab, Egev dengizi sohillariga chiqadilar. Shundan keyin Arqava davlati Xett podsholigiga qaram bo'lib qoladi. Shuningdek, Kichik Osiyo yarimorolining katta qismi ham xettlar ixtiyoriga o‘tadi. Bu davrda Xett podsholigining harbiy kuch-qudrati eng yuqori darajaga ko'tarilgan edi.

Manba: Abdujabbor Kabirov "Qadimgi Sharq tarixi".

Хозирда Туркиянинг шаркий кисми, Ливан, Исроил, Иордания, Сурия, Фаластин каби давлатлар биргаликда ушбу кадимий давлат таркибида булган эканлар.
Азиз гурухдошлар уларнинг кадимги тарихидан Бир кичик лавхани сизга илиндик.

@amirsayyidolimxon.
48 viewsOstonayeva Dilfuza Faxritdinovna, 03:37
Ochish/sharhlash
2022-07-13 05:39:39
​​ АССАЛОМУ АЛАЙКУМ ВА РОХМАТУЛЛОХИ ВА БАРОКАТУХУ.

ХАЙРЛИ ТОНГ...!!!

Аллохим Тонгимизни ғамлардан холи қил...!
Илм билан бизни бехожат этгин...
Хилм билан безатгин...
Тақво билан мукаррам
айла...
Офият ила гузал қилгин...!

Кунимиз ва умримиз давомида қайси амал учун бизни яратган булсанг...уша
билан машғул қилиб қуй...!

Аллоҳим...!

Илохий иймон бердинг уни бардавом айла.
Эхсон бердинг, қоим айла.
Бизни ва яқинларимизни
Жаннату жамолингга мушарраф айла...!

Модомики Сенга тавба қилар эканмиз, азобингга гирифтор этма...!

Ушбу кунда Сенга суюкли булган амалларни қилишимизга бизни мушаррф эт...!


@amirsayyidolimxon.
42 viewsOstonayeva Dilfuza Faxritdinovna, 02:39
Ochish/sharhlash
2022-07-13 05:27:14
39 viewsOstonayeva Dilfuza Faxritdinovna, 02:27
Ochish/sharhlash
2022-07-13 03:42:12 Topmadim

Kimlarga yoqmadim kimgadir yoqib
Boqiylik topmadim dunyoga boqib
Hayot daryosida toshlardek oqib
Har neni izladim arkondan boʻlak

Ibodatim zarra togʻlar soʻradim
Har bir duoyimni nafsga oʻradim
Faqat yiqilganda ortga qaradim
Hech narsa topmadim armondan boʻlak

Kimlar ojiz qolar yolgʻon oldida
Menga ham sir solar hirmon oldida
Kurashsam bir umr shayton oldida
Qalqonim yoʻq mening iymondan boʻlak

Oʻz nafsim dard boʻldi tanamga faqat
Asqarbek intildi malhamga faqat
Dushman boʻlsa odam odamga faqat
Dushmanim yoʻq mening shaytondan boʻlak

Муаллиф: Баходиров Аскарали.
Фаргона. Маргилон.

@amirsayyidolimxon.
41 viewsOstonayeva Dilfuza Faxritdinovna, 00:42
Ochish/sharhlash
2022-07-12 19:40:26
Султон Сулаймон кабри ва масжиди.

---"Амир Саййид Олимхон катта бобом учун хам, Ватанимизда якин йилларда, макбара ва масжид насиб этишига Роббидан умидворман! Карами кенг Яратган Кодир Эгам шундай кунларга етказсин! Аждодларимиз рухлари шод, охиратлари обод, маконлари жаннат булсин!"--- Остонаева Дилфуза, "Аждодлар рухи" асари муаллифи, Амир Олимхонни Ватанда колган Остона углининг набираси.

@amirsayyidolimxon.
57 viewsOstonayeva Dilfuza Faxritdinovna, 16:40
Ochish/sharhlash