Get Mystery Box with random crypto!

Yangi Xett podshohligi Miloddan avvalgi XIV asr boshlarida Su | Amir Sayyid Olimxon

Yangi Xett podshohligi
Miloddan avvalgi XIV asr boshlarida Suppilulium Xett davlati taxtiga o'tiradi. U serg'ayrat lashkarboshi, mohir diplomat
va uzoqni ko'ruvchi dono siyosatchi edi. Suppilulium davrida Xett podsholigi qayta tiklanib ravnaq topadi. U Xett qo‘shinlarining jangovarlik jihatlariga katta e’tibor beradi. Xett qo'shini ot qo'shilgan tezkor jang aravalari bilan ta’minlanadi. Jang aravalarining har birida havdovchi, kamondoz va qalqonbardorlardan iborat uch jangchi bo'lar edi. Urush vaqtida jangovar aravali qismlar shiddat va tezkorlik bilan hujumga o'tgan hamda dushman saflarini sarosimaga solgan. Podsho Xett shaharlarini, xususan mamlakat poytaxti Xattusaning mudofaa inshootlarini mustahkamlashga ham katta e’tibor bergan. Suppilulium qo'shni mamlakatlar ustiga lashkar yuborish, o'z qizlarini ularning shoh va shahzodalariga nikohlab berish va turli diplomatiya usullarini qo'llab, ularni o'ziga qaratib, hatto ittifoqdosh qilib oladi. Jangovar xett qo'shinlari janubi-g'arbda Arqava podsholigini, janubda Kilikiya va Suriyaning katta qismini bosib oladi. Xett qo'shinlari Mitanniga hujum qilib g'olib chiqadi. Mitanni podshosi saroy fitnachilari tomonidan o'ldiriladi. Shu davrda Ossuriya bilan Alshinning birlashgan qo'shinlari Mitanniga bostirib kiradi. Vaziyatdan foydalangan Xett podshosi o'z qizini Tushratining o'g'li shahzoda Shattivasga nikohlab, shahzodani Mitanni taxtiga o'tqizadi. Suppilulium davrida Mitanni xettlarga qaram bo'lib qoladi. Suppilulium podsholigi davrida Xett podsholigi Qora dengiz bo'ylaridan Falastin, Bobil va Ossuriya chegaralarigacha bo'lgan yerlarni o'z ichiga olgan edi. Suppilulium vafotidan so'ng taxtga Mursili II (1340-1305) o'tiradi. Mursili II davrida asosiy harbiy harakatlar Kichik Osiyoning janubi-g'arbida olib boriladi. Chunki Kichik Osiyoning janubi-g'arbida Arqava podsholigi rahbarligidagi Mira va Lukka
davlatlari ittifoqi bor edi. Ular janubi-g'arbdan Xett podsholigiga xavf solib turar edilar. Mursili II Mira, Lukka va Miletlarni o'z tomoniga og'dirib, ittifoqchilarni kuchsizlantirishga erishadi. Lekin ular hamon kuchli raqib bo'lib turar edilar. Valma shahri yaqinida xettlar bilan Arqava ittifoqchi qo'shinlari o'rtasida dahshatli jang bo'lib o'tadi. Jangda ittifoqchilar qo'shini yengilib, Arqava shohi va uning o'g'li qochib ketadi. Xett qo'shinlari Apasu (Efes) shahrini egallab, Egev dengizi sohillariga chiqadilar. Shundan keyin Arqava davlati Xett podsholigiga qaram bo'lib qoladi. Shuningdek, Kichik Osiyo yarimorolining katta qismi ham xettlar ixtiyoriga o‘tadi. Bu davrda Xett podsholigining harbiy kuch-qudrati eng yuqori darajaga ko'tarilgan edi.

Manba: Abdujabbor Kabirov "Qadimgi Sharq tarixi".

Хозирда Туркиянинг шаркий кисми, Ливан, Исроил, Иордания, Сурия, Фаластин каби давлатлар биргаликда ушбу кадимий давлат таркибида булган эканлар.
Азиз гурухдошлар уларнинг кадимги тарихидан Бир кичик лавхани сизга илиндик.

@amirsayyidolimxon.