Get Mystery Box with random crypto!

Topmadim Kimlarga yoqmadim kimgadir yoqib Boqiylik topmadim d | Amir Sayyid Olimxon

Topmadim

Kimlarga yoqmadim kimgadir yoqib
Boqiylik topmadim dunyoga boqib
Hayot daryosida toshlardek oqib
Har neni izladim arkondan boʻlak

Ibodatim zarra togʻlar soʻradim
Har bir duoyimni nafsga oʻradim
Faqat yiqilganda ortga qaradim
Hech narsa topmadim armondan boʻlak

Kimlar ojiz qolar yolgʻon oldida
Menga ham sir solar hirmon oldida
Kurashsam bir umr shayton oldida
Qalqonim yoʻq mening iymondan boʻlak

Oʻz nafsim dard boʻldi tanamga faqat
Asqarbek intildi malhamga faqat
Dushman boʻlsa odam odamga faqat
Dushmanim yoʻq mening shaytondan boʻlak

Муаллиф: Баходиров Аскарали.
Фаргона. Маргилон.

@amirsayyidolimxon.