2022-07-19 07:16:34
Hijrat istadim...
Har bir yomonlikdan hikmat istadim
Nodonlar ishidan ibrat istadim
Jigarim poradir laxta qon kabi
Yorim visoliga hijrat istadim
Yoqmadi dunyoning jilolari ham
Oʻtkinchi shodlik-u yallolari ham
Keraksiz yuk, toshdir tillolari ham
Yorim visoliga hijrat istadim
Al-misoh va'damga vafolar qilib
Qoʻymaslik istayman xatolar qilib
Sogʻintirdi mujda atolar qilib
Yorim visoliga hijrat istadim
Yuribman goh savob goh gunoh bosib
Jamoliga koʻrmam koʻzim munosib
Malham darmonimdur buyuk Al-Hasiyb
Yorim visoliga hijrat istadim
Al-Avval Al-Oxir ham Al-Muaxxir
Firoqda non achchiq ichganim taxir
Koʻzim koʻrmay qalbim tuygan Al-Basiyr
Yorim visoliga hijrat istadim
Al-Xabiyr xabardor koʻzim yoshidan
Al-Kabiyr Al-Vadud shafqati ulkan
Barcha unutganda Al-G'afur boʻlgan
Yorim visoliga hijrat istadim
Habibim habibi Jabroil do'stim
Koinot posboni Mikoil do'stim
Safardan xabar ber Azroil doʻstim
Yorim visoliga hijrat istadim
Asqarbek yoz deya yonib qistadim
Visoldur dardimning davosi meni
Yorim visoliga hijrat istadim
Yorim visoliga hijrat istadim
Муаллиф: Баходиров Аскарали.
Фаргоналик гурухдошимиз, ижодингизга омад тилаймиз! Машхур булинг, шеьрий туплам китобингиз чиксин! Гурухдошларингиз мухлисларингиздир ва доим сиз биланмиз!
@amirsayyidolimxon.
13 viewsOstonayeva Dilfuza Faxritdinovna, 04:16