Get Mystery Box with random crypto!

Amir Sayyid Olimxon

Telegram kanalining logotibi amirsayyidolimxon — Amir Sayyid Olimxon A
Telegram kanalining logotibi amirsayyidolimxon — Amir Sayyid Olimxon
Kanal manzili: @amirsayyidolimxon
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 292
Kanalning ta’rifi

Tarixdan saboq olib, kelajakni quramiz!!!

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 12

2022-07-24 08:35:06 Хаммага яхши кайфият тилайман. Ха, дуне биз билан гузал азизларим гурухдошларим.
Мусикали танаффус.

@amirsayyidolimxon.
16 viewsOstonayeva Dilfuza Faxritdinovna, 05:35
Ochish/sharhlash
2022-07-24 04:58:35 Asqarbek Shoir she'ri.
ijrochi Sanjarbek Bozorov

@amirsayyidolimxon.
30 viewsOstonayeva Dilfuza Faxritdinovna, 01:58
Ochish/sharhlash
2022-07-23 23:07:57
Бугун, 24 июль Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев таваллуд топган кун.

Давлатимиз раҳбари 65 ёшни қаршиламоқда.

Таваллуд айёмингиз муборак бўлсин, муҳтарам Президент!
40 viewsAbduhalim Faxriddin òģli, 20:07
Ochish/sharhlash
2022-07-23 21:43:15 Qur'onda

Lut alayhis-salom Qur'oni Karimda 27 marotaba zikr qilingan.

Shuaro surasi

160. Lut qavmi payg‘ambarlarni yolg‘onchi qildi.

161. O’shanda Ularga birodarlari Lut aytgan edi: «(Allohdan) qo‘rqmaysizlarmi?

162. Albatta men sizlar uchun ishonchli payg‘ambardirman. Bas, Allohdan qo‘rqinglar va menga itoat etinglar!

164. Men bu (da’vatim) uchun sizlardan ajr-mukofot so‘ramayman. Mening mukofotim faqat barcha olamlarning Parvardigori zimmasidadir.

165. Sizlar butun olamlardan (ajrab) hech bir jon-zot qilmagan ishni qilib erkaklarga yaqinlashurmisizlar?! Va Parvardigoringiz sizlar uchun yaratgan jufti halollaringizni tark qilurmisiz?! Yo‘q, sizlar haddan oshuvchi qavmdirsizlar».

167. Ular dedilar: «Qasamki, agar to‘xtamasang, Lut, albatta surgun qilinguvchilardan bo‘lursan».

168. U «Albatta men sizlarning (bu) ishlaringizni yomon ko‘rguvchilardanman.

169. Parvardigorim, menga va ahlimga (ya’ni menga iymon keltirgan kishilarga) ular (kofirlarning) qilayotgan amallari (oqibati) dan najot bergin)».

170. Bas Biz unga va uning barcha ahli tobe’lariga najot berdik.

171. Magar (azob ostida) qolguvchilardan bo‘lgan bir kampirga (ya’ni Lutning iymonsiz bo‘lgan xotiniga najot bermadik).

172. So‘ngra boshqalarni ham halok qildik.

173. Va ularning ustiga (tosh) yomg‘ir yog‘dirdik. Bas (azob haqida) ogohlantirilgan (lekin o‘zlarining yaramas qilmishlaridan qaytmagan) kimsalaring yomg‘iri naqadar yomon bo‘ldi.

174. Albatta bunda (Lut va uning qavmi haqidagi qissada) oyat-ibrat bordir. (Lekin odamlarning) ko‘plari iymon keltirguvchi bo‘lmadilar.

A'rof surasi:

80-81. Lut (payg‘ambar) o‘z qavmiga: «Shunday buzuqlik qilasizlarmi? Axir sizlardan ilgari butun olamlardan biron kimsa bunday qilmagan edi-ku?! (Nahotki) sizlar xotinlaringizni qo‘yib, nafsingizni qondirish uchun erkaklarga borsangiz?! Yo‘q, sizlar haddan oshuvchi qavmdirsiz», deganini eslang!

82. Qavmning javobi esa faqat mana bundan iborat bo‘ldi: «Ularni (ya’ni Lut va tobe’larini) qishlog‘ingizdan chiqarib yuboringiz! Chunki ular haddan ortiq pokiza odamlar ekan».

83. Bas, unga va ahliga (ya’ni Lut va unga tobe’ bo‘lgan zotlarga) najot berdik. Magar uning xotini (najot topmadi, chunki u) qolib halok bo‘lguvchilardan edi.*

84. Ularning ustiga dahshatli yomg‘ir — tosh yog‘dirdik. Ana endi jinoyatchi — osiy qavmning oqibati (qismati) qanday bo‘lganini ko‘ring.

QAMAR SURASI

33. Lut qavmi (u keltirgan) ogohlantirishlarni yolg‘on dedi.

34. Darvoqe’, Biz ularning ustiga (tosh) bo‘ron yubordik. Magar Lut xonadonigagina tong-saharda najot berdik.

35. (Bu najot) Bizning huzurimizdan bo‘lgan bir ne’matdir. Shukr qilgan kishilarni Biz mana shunday mukofotlaymiz.

36. Aniqki, (Lut) Bizning (azob bilan) ushlashimizdan ularni (ya’ni o‘z qavmini) ogoxlantirgan edi, (ammo) ular ogohlantirishlardan shubhalanib, yolg‘on dedilar.

37. Aniqki, ular (Lutning) mehmon(lar)ini yo‘ldan urmoqchi bo‘ldilar. Bas, Biz ularning ko‘zlarini ko‘r qilib qo‘ydik: «Endi Mening azobimni va ogoxlantirishimni totib ko‘ringlar!»

38. Haqiqatan erta tongda ularga barqaror-mangu azob keldi.

39. Endi Mening azobimni va ogoxlantirishimni totib ko‘ringlar!
47 viewsAbduhalim Faxriddin òģli, 18:43
Ochish/sharhlash
2022-07-23 21:12:55 O’zbek podishohlari despotik (mutlaq) hukmdor bo’lmagan !!!
Xon, amir, sulton degan atamalarni eshiganimizda va asosan sharq hukmdorlarini eslaganimizda ko’z oldimizda cheklanmagan hokimiyatga ega kishilar paydo bo’ladi. Ammo hukmdorlar haqiqattan cheksiz qudratga egamidilar?
Sharqda siyosiy hokimiyat bir qancha kuch egalari yordamida o’rnatilingan. Bular ba’zan din vakillari, ba’zan qabila sardorlari ba’zan esa sarkardalar hisoblanishgan. Amir Temurning Movarounnahr taxtiga chiqishida ham Sayyid Baraka kabi ulamolarning “oq fotiha”si katta o’rin tutgan. Bu kuchlar hukmdor siyosatini qaysidir jihatdan belgilab ham bergan. Misol uchun shayboniy Abdullaxon Buxoroni amakisi Pirmuhammadga topshirishga uringanida Jo’ybor shayxi Xo’ja Islom noroziligi oqibatida fikridan qaytgan edi. Umuman Buxoro jo’ybor xo’jalari shunday qudratga ega edilarki ular hukmdorlar “o’yini”ni uyushtirishgan. Misol uchun Buxoro xoni Abdulaziz, Balx xoni Pirmuhammad, Toshkent xoni Navro’z Ahmad aynan shu shayxlar “ra’yiga qarshi chiqqan”ligi uchun Buxoro taxtidan ayrilishgan. Burhon sulton esa boshidan ajralgan.
XVII asr oxiri va XVIII asrda hukm surgan Abdulaziz, Subhonquli, Ubaydullo va Abulfayzxonlar o’zbek qabila boshliqlari qo’lidan chiqib keta olmaydigan darajaga tushib qolgan edilar. Xorazmdagi o’zbek aslzodalari esa yakkahokimlikka intilgan Anushaxondan “tinchgina qutulish”ni xohlashgan va buni uddalashgan.
Buxoro amirlari orasida Shohmurod va Nasrullohgina katta qudratga erisha olganlar ammo ular ham ma’lum kuchlarga tayanishga urinishgan. Nasrullohxon uddaburonlik ila qabila boshliqlari o’rniga oddiy xalq vakillarini hukumatga jalb qilgan. Muzaffar, Abdulahad, Olimxonlar esa din ulamolari bilan hisoblashib yashashgan. Abdulahad va Olimxon ulamolar fitnasidan bezib, Buxoro shahridan qochib, Karmana va Mohi Xosaga borib yashashgan.
Xullas ayta olamizki eng qudratli podshohlar ham kim bilandir hisoblashib yashashgan. “Davlat-bu men” deydigan podshohlar kamdan-kam topilgan.

| Facebook |
39 viewsAbduhalim Faxriddin òģli, 18:12
Ochish/sharhlash
2022-07-23 21:10:37
Бухоро амири Саид Абдулаҳадхон рус императори Николай II ва императрица Александра Федоровна қабулида. Ливадия саройи, Қрим, Россия империяси. 1909 йил.
34 viewsAbduhalim Faxriddin òģli, 18:10
Ochish/sharhlash
2022-07-23 21:10:37
Бухоро амири Амир Олимхоннинг хақиқий тасвирлари, йили номаълум...
34 viewsAbduhalim Faxriddin òģli, 18:10
Ochish/sharhlash
2022-07-23 20:50:23 ​​УНВОН ОЛИШ ЙЎЛЛАРИ

Аллақачон бўлардим машҳур,
Керак бўлса ўн йил илгари.
Хозиргидек турганча мағрур,
Хушомадни қилмасам нари.

Ёдимда... кўўўўпп тинглардим дашном:
"Бўлгум десанг эй қайиқ кема.
Ватан хақда ёз келса илҳом,
Шеърларингда хеч Аллоҳ дема"

Ислом дини хақида эмас,
Ёзгин Ислом ака хақида.
Шунда унвон ғамин сен емас,
У умрбод қолар тахтида.

Менчи исмим қўйдим ўзгартиб
Сўнг не бўлди даккига тўйдим.
Кўзимдаги ёшимни артиб,
Уюшмага қатнамай қўйдим.

Эгаллардим баланд лавозим,
Маддоҳликка етсайди холим.
Радио берса хуник овозим,
Ва ТВга ёқса соқолим.

Аммо мендан ғамгинлик йироқ,
Йўқ таасссуф, йўқ афсусланиш.
Хукуматда танкам йўқ бироқ,
Менга Аллоҳ энг катта таниш.

Шоир укам, иста ибрат ол,
Ахир бизга келмаган қаҳат.
Машҳур бўлай десанг қулоқ сол,
Сенга берай текин маслаҳат.

Ёлғондакам кўзингни ёшлаб,
Ашъор ўқи қироат билан.
Ва шеърингни Шавкат-ла бошлаб,
Тугатиб қўй Зироат билан.

Гули, Лола бу энди ўтмиш,
Бошқаларнинг бўлгин пайида.
Бу хаммаси оддий хомчўтмиш,
Келажакдир Шаҳноз, Саида...

Тузсиз, ғалат шеърларинг билан,
Хукуматга қўявер пахта.
Билдирмасдан мансаблар тилан,
Жилмайиб қўй бекларга соҳта.

Мени айтди дерсан ўшанда,
Хонга маслаҳатчи бўласан.
Лек Ғайриддин Мўлтони каби,
Лаънатларга қолиб ўласан...

@A_meshayan
09:27-08.07.2019
Абдураҳмон Мешаян
32 viewsAbduhalim Faxriddin òģli, 17:50
Ochish/sharhlash
2022-07-23 20:38:14 Buxoro armiyasi haqida

Manbalarni titkilar ekanmiz XVII asr Buxoro armiyasining ojizlanib borgani yaqqol ko’rinadi. Ayniqsa Abdulazizxon (1645-1681) zamonida bu nihoyatda seziladi. Buxoro o’sha zamonlarda armiya jihatidan anchagina zaiflashib borgan.

1669-1771-yillarda Buxoroda yashagan rus elchilari o’sha vaqtdagi Buxoro armiyasi haqida ancha xolis xulosalar bergan. Ularning xabar berishicha Buxoro oʻlkasida urush zamonida turkistonliklar, qoraqalpoqlar va qozoqlardan 150 minggacha va undan ortiq qoʻshin chaqirilardi. Ammo Buxoro aholisining o’zi urushga yaroqsiz bo’lgan. Otliq buxorolik va Balx lashkari tajribasiz va yomon jang qilgan. Buxoro xonligi ko'proq tayanishi mumkin bo'lgan xalqlar - Turkiston qozoqlari va Buxoro podshosiga bo'ysungan qoraqalpoqlar bo’lgan.

Yurishlarda odatda 50 mingga yaqin qoraqalpoq va qozoq chaqirilardi. Xitoy shaharlari yaqinida joylashgan qora qalmoqlar [Jungarlar] ularning uluslarga tahdid solayotgani uchun ko’pincha 20-25 ming ko’chmanchilar Buxoro podshosini qoʻllab-quvvatlash uchun kelardi. Balx podshosi bilan esa eng ishonchli qo'shin ko’chmanchi qatag'on, qalmoq va turkmanlar bo’lgan. Ulardan 20 ming nafar odam urushlarga chaqirilgan.

Buxoro va Balxda mahalliy piyoda askarlar ham, o‘qitilgan harbiylar yo‘q bo’lgan. Muntazam armiya mavjud emasdi. Bundan tashqari, o’qotar qurol yoki aravalarda to'plar yo'q edi. Tuyalarda juda kichik to'plar bo’lgan. Xonlarning davlat xazinalarida pul mablag'lari kam; shuning uchun qishloqlar armiya xarajatlarini qoplagan.Xonlar faqat zarbxonadan va bojxona to'lovlaridan daromad olardilar; yil oxirida esa bu daromaddan asar ham qolmasdi.

Subhonqulixon zamonida ahvol yana ham og’irlashgan. Uning davrida o’zbek qabilalari ochiqdan ochiq xonga isyon etishgan. Yuz, qatag’on, mang’it, ming kabi qabilalar kuchayib ketishgan. O’zbek qabilalaridan qo’shin yig’ish urushlarda natija bermagan. Ular xohlagan paytda xoinlik qilishi yoki yaxshi urushmasligi mumkun edi. Bundan tashqari o’zbek qabilalari allaqachon jangovorlikni yo’qota boshlagandilar.

Ubaydullaxon va Abulfayzxon zamonida Buxoro armiyasi nufuz jihatdan deyarli mavjud bo’lmagan va oddiy olomondan iborat bo’lgan.
44 viewsAbduhalim Faxriddin òģli, 17:38
Ochish/sharhlash