Get Mystery Box with random crypto!

Buxoro armiyasi haqida Manbalarni titkilar ekanmiz XVII asr B | Amir Sayyid Olimxon

Buxoro armiyasi haqida

Manbalarni titkilar ekanmiz XVII asr Buxoro armiyasining ojizlanib borgani yaqqol ko’rinadi. Ayniqsa Abdulazizxon (1645-1681) zamonida bu nihoyatda seziladi. Buxoro o’sha zamonlarda armiya jihatidan anchagina zaiflashib borgan.

1669-1771-yillarda Buxoroda yashagan rus elchilari o’sha vaqtdagi Buxoro armiyasi haqida ancha xolis xulosalar bergan. Ularning xabar berishicha Buxoro oʻlkasida urush zamonida turkistonliklar, qoraqalpoqlar va qozoqlardan 150 minggacha va undan ortiq qoʻshin chaqirilardi. Ammo Buxoro aholisining o’zi urushga yaroqsiz bo’lgan. Otliq buxorolik va Balx lashkari tajribasiz va yomon jang qilgan. Buxoro xonligi ko'proq tayanishi mumkin bo'lgan xalqlar - Turkiston qozoqlari va Buxoro podshosiga bo'ysungan qoraqalpoqlar bo’lgan.

Yurishlarda odatda 50 mingga yaqin qoraqalpoq va qozoq chaqirilardi. Xitoy shaharlari yaqinida joylashgan qora qalmoqlar [Jungarlar] ularning uluslarga tahdid solayotgani uchun ko’pincha 20-25 ming ko’chmanchilar Buxoro podshosini qoʻllab-quvvatlash uchun kelardi. Balx podshosi bilan esa eng ishonchli qo'shin ko’chmanchi qatag'on, qalmoq va turkmanlar bo’lgan. Ulardan 20 ming nafar odam urushlarga chaqirilgan.

Buxoro va Balxda mahalliy piyoda askarlar ham, o‘qitilgan harbiylar yo‘q bo’lgan. Muntazam armiya mavjud emasdi. Bundan tashqari, o’qotar qurol yoki aravalarda to'plar yo'q edi. Tuyalarda juda kichik to'plar bo’lgan. Xonlarning davlat xazinalarida pul mablag'lari kam; shuning uchun qishloqlar armiya xarajatlarini qoplagan.Xonlar faqat zarbxonadan va bojxona to'lovlaridan daromad olardilar; yil oxirida esa bu daromaddan asar ham qolmasdi.

Subhonqulixon zamonida ahvol yana ham og’irlashgan. Uning davrida o’zbek qabilalari ochiqdan ochiq xonga isyon etishgan. Yuz, qatag’on, mang’it, ming kabi qabilalar kuchayib ketishgan. O’zbek qabilalaridan qo’shin yig’ish urushlarda natija bermagan. Ular xohlagan paytda xoinlik qilishi yoki yaxshi urushmasligi mumkun edi. Bundan tashqari o’zbek qabilalari allaqachon jangovorlikni yo’qota boshlagandilar.

Ubaydullaxon va Abulfayzxon zamonida Buxoro armiyasi nufuz jihatdan deyarli mavjud bo’lmagan va oddiy olomondan iborat bo’lgan.