Get Mystery Box with random crypto!

PAST PERFECT - O’tgan tugallangan zamon PAST PERFECT o’zbek t | Amazing English

PAST PERFECT - O’tgan tugallangan zamon

PAST PERFECT o’zbek tilida "O’tgan tugallangan zamon", deb yuritiladi. Bu zamon o‘tgan darsda tushuntirib o’tilgan hozirgi tugallangan zamon ma’nosidek ma’no anglatadi, faqat birgina farqi – o’tgan zamonda.

Ta’rifi: O’tgan tugallangan zamon o’tgan zamondagi ma’lum bir ish-harakatgacha bajarib tugatilgan va natijasi o’sha o’tgan zamonda ko’rinib turgan ish-harakatga nisbatan ishlatiladi. Buni qanday tushunish mumkin?

Qarang:
Temur had left when I came to the party – Men bazmga kelganimda Temur ketgan ekan (Men bazmga o’tgan zamonda bordim, ammo borganimda Temur allaqachon, men borishimdan oldin ketgan ekan. Ish-harakat men borishimdan oldin bajarib tugatilib, men borganimda esa ish-harakat natijasi ko’rinib turgandi. Ya’ni, Temur u yerda yo’q edi).

Before he came to London, he had sold his car – Londonga kelishidan avval u mashinasini sotdi (U Londonga kelishi o’tgan zamondagi ish-harakat edi, ammo shu ish-harakat sodir bo’lishidan avval u mashinasini sotish ish-harakatini yakunladi. Yani, Mashinasini sotishi boʻyicha qilinishi kerak boʻlgan ish-harakat u Londonga borganida bajarib tugatilib, qilingan ishning natijasi ko’rinib turgandi, ya’ni uning mashinasi yo’q edi)

Demak, Past perfect zamonida darak shaklidagi gaplarni yasash uchun «TO HAVE» fe’lining o‘tgan zamon shakli bo‘lgan "had" fe'lidan foydalanamiz.

Formulasi:
Ega+had+V3(ied,ed,d)

I, she, he, it, you, we, they + had (short form - ’d) worked.

I had played
We had played
You had played
He / she / it had played
They had played



@Amazing_engliSH1