Get Mystery Box with random crypto!

Present perfect: For, since, ago Present perfectda vaqtni ifo | Amazing English

Present perfect: For, since, ago

Present perfectda vaqtni ifodalash.

Biror hodisa yoki holat qachondan beri, qancha vaqt avval yoki qaysi voqeadan oldin sodir bo'lganini ifodalash uchun for/since/ago so'zlaridan biri ishlatiladi.

O'tgan zamondan boshlab hozirgacha bo'lgan vaqt oralig'ida ma'lum vaqt o'lchovi bilan belgilangan hodisani ifodalash uchun "for" qo'yiladi.4 yildan beri, 2 kundan beri, 6 soatdan beri, 3 haftadan beri, 1 oydan beri, 10 daqiqadan beri kabilar shular jumlasidandir.
Masalan:
Bobur has been in London for six days
- Bobur olti kundan beri Londonda.

Present perfect qoidasiga ko'ra "I have" formulasidan foydalanamiz. "I" o'rnida Bobur, have esa 3-shaxsda "has"ga aylanadi. Keyin "To be" fe'lining 3-formati "been" qo'yilyapdi. Keyin qayerdaligi yozilib, qachondan beriligi oxirida yozilyapdi.

Aniq bir vaqt ma'lum qilinib, o'shandan hozirga qadar degan ma'no ifodalansa "for" o'rniga "since" qo'yiladi. Dushanbadan beri, apreldan beri, 9-oktabrdan beri, 2010-yildan beri, soat 12:00 dan beri kabilar shular jumlasidan. Ya'ni, boshlangan vaqti ma'lum qilingan, lekin hozirgacha qancha vaqt o'tgani ma'lum qilinmagan holatda "since" ishlatiladi:
Alisher has been in Canada since January
- Alisher yanvardan beri Kanadada.

Hodisa hozirgi vaqtdan qancha oldin sodir bo'lgani ma'lum qilinayotganda "ago" (oldin) so'zi ishlatiladi.1 yil oldin, 3 oy oldin, 5 minut oldin va hokazo:
He arrived in London 4 days ago
- U Londonga 4 kun oldin keldi.


@Amazing_engliSH1