Get Mystery Box with random crypto!

PSIXIK HOLSIZLIK: sabablari, chiqish yo'llari Psixik holsizli | Amaliy psixologiya

PSIXIK HOLSIZLIK: sabablari, chiqish yo'llari

Psixik holsizlik — odamning biror bir faoliyat bilan shug'ullanishi uchun hissiy jihatdan yetarlicha energiyaga ega bo'lmasligidir. Uni ishtiyoq, motivatsiya yo'qligi deyish ham mumkin. 
Psixikamizning o'zini himoya qilish xususiyati bor. Agar biror ishni qilish imkoniyatimizdan ko'ra ko'proq energiya talab qilsa, psixika bunda ishtirok etishdan bosh tortadi, organizmni ham bloklaydi.
Masalan, odam o'z oldiga pul ishlab topishni maqsad qildi. Biroq ish sharoitlarining yaxshimasligi, maoshning tez-tez kechiktirilishi ishga qiziqishni kamaytiradi. To'g'ri, odam ishni davom ettirishi kerakligini aqlan biladi, ammo hissiy jihatdan unga dangasalik, asabiylik, uyquchilik, diqqatni jamlolmaslik kabilar hamroh bo'ladi.
Biroq yuqoridagi misol hayotning faqat bir sohasida quvvatsizlikni ko'rsatadi.

Shunday bo'ladiki, odamning umuman hech narsaga xohishi qolmaydi, qo'li bir ishga bormaydi. Buning ikki sababi bor:
Hayot sharoitlarining butunlay yomonligi
Haddan ziyod baland niyatlar

Birinchi sababga to'xtalsak. Odam katta yo'qotishga uchraganda, masalan, sevgan insonini yo'qotganda, og'ir kasallikka chalinganda, bu muammo uning butun hayotini qamrab olishi mumkin. Salbiy hislarning haddan ziyod ko'pligi ijobiy ishlar uchun energiyaning qolmasliga olib keladi.

Ikkinchi sababga kelsak, o'z oldiga juda katta maqsadlar qo'yish, hamma narsani birdan xohlash, bir o'q bilan o'nta quyonni urishga intilish energiyaning yetishmovchiligiga olib keladi. Katta maqsad uzoq yo'lni talab qiladi. Uzoq yo'lga chiqqan avtomobil yoqilg'i shaxobchalarida to'xtamasdan manzilga yetib borolmaydi. Odam ham katta maqsad qo'yar ekan, uni mayda bo'laklarga bo'lishi, har bir qismni bajarganda o'zini quvvatlantirishi lozim.
@Amaliy_psixologiya