Get Mystery Box with random crypto!

KERAKSIZ KERAKLI ISHLAR Nega har yangi yilda yoki oy boshida | Amaliy psixologiya

KERAKSIZ KERAKLI ISHLAR


Nega har yangi yilda yoki oy boshida rejalashtirgan ishlarimizning ko'pchiligi amalga oshmaydi? Sport bilan shug'ullanish, ingliz tilini o'rganish, ko'proq kitob o'qish va hokazolarni rejalashtirganda ularning bizga foydali va kerakli ekanini bilamiz. Nega bajarishni boshlab qo'yamiz-u, oxiriga yetkazolmaymiz, yoki boshlamay turib tashlab ketamiz?

Gap shundaki, ong qabul qilgan qarorlar qanchalik kerakliday tuyulmasin, ongosti ularni kerakli deb topmasa, qaror ijrosi qolib ketaveradi.
Ongosti – bizning anglanmagan istaklar, ehtiyojlar, hislarimizni qamrab oladi.
Ong, ongosti, ongsizlik tushunchalari nimaligini mana bu yerda bilib olishingiz mumkin.

Masalan, fitness bilan shug'ullanishni olaylik. Qomatingiz chiroyli bo'lishi uchun fitness bilan shug'ullanishni maqsad qildingiz va fitness klubga ham aboniment sotib oldingiz. Motivatsiya beruvchi bir qancha videolarni ham ko'rdingiz. Do'stingizga ham qaroringizni ma'lum qilib, sizni nazorat qilib turishini so'radingiz. 
Ammo...
Uch-to'rt marta shug'ullangach, motivatsiya ham o'ldi... Do'stingiz tergashi mumkinligiga beparvogina qo'l siltadingiz. 
Nega?
Gap shundaki, ongosti energiyangizni ko'p sarflanishingizni istamaydi. Ong bilan qabul qilingan qaroringiz unga yoqmasa, sizni to'xtatib qo'yadi. Fitness-zalning uzoqligi, begonalar bilan shug'ullanish, trenerning talabchanligi... Bularga qarshi jismonan va ruhan bardosh berish uchun ancha energiya ketadi. Ongosti esa psixika va organizmning ortiqcha "asabiylashmasligi" uchun divandan jilmasligingiz uchun istagancha bahona topib beradi.

Til o'rganish borasida ham shunday. Agar 3 oydan keyin chet davlatga ketishingiz aniq bo'lsa, istasangiz ham, istamasangiz ham, chet tilini o'rganasiz. Yoki biror davlatga borgach, aholi bilan so'zlashishni vaziyat taqozo qilgani uchun tilini tez o'zlashtirasiz. 
Demak, reja tuzayotganda hali muhim bo'lmagan va juda xohlamagan ishlaringizni qilishga qaror qilmang.
@Amaliy_psixologiya