Get Mystery Box with random crypto!

Alternative Yoshlar | Dodation

Telegram kanalining logotibi alternative_youth — Alternative Yoshlar | Dodation A
Telegram kanalining logotibi alternative_youth — Alternative Yoshlar | Dodation
Kanal manzili: @alternative_youth
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 690
Kanalning ta’rifi

Aloqa: @dodation
www.instagram.com/dodations
www.youtube.com/@dodation

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-12-04 06:02:11
Talabalar savdosi va soxta universitetlar haqida eshitganmisiz?

Malayziyadagi O‘zbekistonlik yoshlardan assotsiatsiya nomiga konsalting agentliklarining firibgarligi haqida bir necha murojaatlar kelib tushdi. O‘zbekistondagi ayrim konsalting ximatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar "Lincoln University College" deb nomlangan oliy ta'lim muassasasida yolg‘on ma‘lumot bilan ta'limni targ'ib qilishda ayblanmoqda.

Konsaltinglar ushbu universitetni yuqori obro'ga ega bo'lgan xalqaro reytinglarda 300+ o‘rinda turuvchi yaxshi universitet sifatida targ'ib qilishmoqda ekan, (real hayotda hatto QS jahon reytingida ham yo'q ekan ) bir necha konsaltinglar yoshlarga universitetda bir yillik ta'lim 10 000 AQSh dollardan qimmat ekanligi, hozirda universitet yoshlarimizga 80% chegirma berishi va 2000$ + AQSh dollariga o‘qishni boshlashlari mumkinligini ta'kidlagan, muassasaning veb-saytidagi rasmiy ma'lumotda esa o‘quv to‘lovi 2000$ dan ham kamroq ko‘rsatilgan.

Qizig‘i deyarli barcha yoshlarimiz o‘zi tanlamagan yo‘nalishlarga yuborilgan, chunki ayrim yo‘nalishlardan konsaltinglarga universitet tomonidan har bir talaba uchun taqdim etiladigan mablag‘ yuqoriroq ekan.

Ayni paytda @wayuuz murojaatlar bo‘yicha davlat idoralari bilan ishlamoqda, bizda ismlar bor, biz aloqador tashkilotlar haqida bilamiz va albatta endigina maktabni bitirgan yoshlarimizga yolg‘on ma‘lumot berish bilan shug‘ullanuvchi konsaltinglar buning uchun javob beradilar.

Tez orada ko‘proq ma'lumotlar bilan bo‘lishamiz.

#noinsoflar

@alternative_youth
929 views03:02
Ochish/sharhlash
2022-11-30 13:34:28 So'nggi yangiliklarni hisobga olgan holda just ma'lumot uchun Amerika Qo'shma Shtatlarining nominal YaIM 20,89 trillion dollarni tashkil etadi, bu Rossiya iqtisodiyotidan taxminan 14 baravar katta. Hatto AQShning uchta shtatlarining o‘zida ham YaIM Rossiyadan…
Endi bir xolis tahlil qilsak.

Tasavvur qiling, sizga quyidagi mamlakatda yashash imkoniyati berilyapti. Qaysi birini tanlagan bo'lardingiz?
Anonymous Poll
59%
USA
23%
Russia
18%
Sizning variantingiz (Izohlarda qoldiring)
235 voters1.3K views10:34
Ochish/sharhlash
2022-11-30 11:40:03 So'nggi yangiliklarni hisobga olgan holda just ma'lumot uchun

Amerika Qo'shma Shtatlarining nominal YaIM 20,89 trillion dollarni tashkil etadi, bu Rossiya iqtisodiyotidan taxminan 14 baravar katta.

Hatto AQShning uchta shtatlarining o‘zida ham YaIM Rossiyadan kattaroq: Kaliforniya (3,1 trillion dollar), Texas (1,78 trillion dollar) va Nyu-York (1,7 trillion dollar).

Shunaqa gaplar #thinkingoutloud

@alternative_youth
1.3K viewsedited  08:40
Ochish/sharhlash
2022-11-24 18:39:26
Jiddiy akalarga o’xshab o’zimcha 9-sinf ukamdan maktab kundaligi olib kelishini so'radim, bir daqiqada u o'z mobil telefonini olib kelib, kundalik dasturini ochdi. Yashil rangdagi bir nechta beshlar orasida qizil doira ichida bitta 3 chiqdi, uni darhol bosdim.

Qizig’i ilova qaysi fandan 3 baho ekanligini bilishni istasam 4$ to'lashim kerakligini ko’rsatdi

Qaysi darsdan qanday baho ekanligini bilishim uchun 4$ to'lashim kerak ekan Karl!

Baraka topgurlar insof ham kerakda

@alternative_youth

dodations | LinkedIn | Dodation
1.4K views15:39
Ochish/sharhlash
2022-11-21 10:19:23
Kapadokiyani ko’ramiz deb Asakaga duch kelib qoldik, shu yerda akamiz @AkbarshoxKomilov Andijonni eslab uni dunyoni poytxati dedilar

Ko'pchiligingiz Kapadokiyani osmondagi yuzlab havo sharlari uchun bilishingiz mumkin, lekin afsuski, biz ularni ko'ra olmadik, chunki havo sharlari faqat ertalab uchirilar ekan, biz esa shaharga bor yo’g’i ikki soatga kelgandik. Zato biz Kapadokiyaning mashxur yer osti shaharlarini yo’l yo’lakay ko’rib keldik

Kapadokiyaning er osti shaharlari dastlab miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda frigiyaliklar tomonidan qurilgan deb aytiladi, ular o'zlarining yashash joylarini mintaqadagi yumshoq vulqon qoyalariga o'yib yasaganlar.

Musiqa: Harry Belafonte - Day O

@alternative_youth

dodations | LinkedIn | Dodation
1.5K viewsedited  07:19
Ochish/sharhlash
2022-11-20 15:55:35
Alternative - Boshqa narsadan, ayniqsa odatdagidan farq qilishdir

So
'nggi bir necha yil davomida jamiyatimizda yoshlarning o‘rni kattaligini qayta qayta anglab yetmoqdaman, bir o‘ylab ko‘ring mintaqamizdagi muammolarning deyarli barining yechimi bu yoshlar.

Bizning yoshlarni har biri o‘ziga xosligini anglash uchun bir soatdan kamroq individual suhbat yetarli, ammo shunga qaramay, barimizga xos bo‘lgan jihatlarimiz bor. Ehtiyoj paytida biz ilhomlantirishga harakat qilamiz, xursandchilikni doimo baham ko'rishni yaxshi ko‘ramiz, qiyin paytda yordamga shoshilamiz va biz qiyinchilikka duch kelganimizda, bir oz o'ylab muammoning ijodiy yechimini joyida topishga intilamiz

Bizni samaradorligimizni to'xtatuvchi bir qancha omillar mavjud, va bulardam biri, bu komfort zonasi. Biz vaziyatga juda tez moslashamiz - masalan, ba'zilarimiz bir necha yil davomida birhil harakatni qayta qayta qilishda davom etishi mumkin va vaqt juda tez o‘tib ketayotganini sezmaymiz ham. Biz Instagramda o'tirib, har kuni soatlab TikTok videolarini tomosha qilishimiz, do'stlarimiz bilan har kuni uchrashishimiz va bir xil ishni qayta-qayta qilishimiz mumkin va bu bizni charchamaydi ham. Yaxshiyamki, bularni o'zgartirish oson, yechimi muvaffaqiyatga bo‘lgan e'tiborimizni kuchaytirsak kifoya.

Shunday ekan, bundan buyon men bir-birimizni yetuk ishlarga undashimiz, alternative g‘oyalar, fikr va yechimlar bilan bo‘lishishimiz uchun ushbu kanalda yoshlarimizning eng progresivini to‘plamoqchiman.

#alternative #alternativeyouth

@alternative_youth

dodations | LinkedIn | Dodation
4.5K viewsedited  12:55
Ochish/sharhlash
2022-11-20 07:00:47
Deyarli bir yil davomida tinmay mehnat qilganimdan so’ng o’zimga o’zim 1 oy dam berishga qaror qildim.

25 kunga barcha ishlarni tashlab oktabr oyida oilam bilan birgalikda Turkiya bo’ylab sayohatga chiqdim. Yaqin do’stim aytganidek, hech kim bizni oilamiz kabi dam olmasa kerak

PS. Bugundan boshlab kanalda faolroq bo’laman

Musiqa: Maneskin - loneliest

@alternative_youth

dodations | LinkedIn | Dodation
2.3K views04:00
Ochish/sharhlash
2022-11-18 19:31:11
16-noyabr kuni Qirg‘iz Respublikasining Jalolobod shahrida sayyor qabullar tashkil etildi

Dastlabki sayyor qabul Jalolobod mamlakat universitetida bo‘ldi.

70 dan ortiq o‘zbekistonlik talaba-yoshlarimiz bilan ochiq muloqot shaklida tashkil etildi. Uchrashuv davomida talabalarning taklif-murojaatlari qabul qilindi. Shuningdek, ichki ishlar vazirligi va tashqi ishlar vazirligining xodimi ishtirok etishgan uchrashuvda yoshlarimiz huquqiy masalalar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishdilar.

Kunning 2-yarmida Jalolobod shahrining NIMSI institutida 300 dan ziyod yoshlar bilan uchrashildi.

Uchrashuv davomida talabalar tomonidan o‘qishni ko‘chirish masalasi ko‘tarildi. Bundan tashqari, chegaradan o‘tish tartibini osonlashtirish va viza olish jarayonini takomillashtirish takliflari berildi. Uchrashuvda institut rektori Kushtarbek Tampagarov o‘zbekistonlik yoshlarimiz uchun muammolarning amaliy yechimi ta’minlanishini ta’kidladi.

Barcha yoshlarimizga ishtirok uchun tashakkur bildiramiz.

@alternative_youth

dodations | LinkedIn | Dodation
2.4K viewsedited  16:31
Ochish/sharhlash