Get Mystery Box with random crypto!

Alternative - Boshqa narsadan, ayniqsa odatdagidan farq qilish | Alternative Yoshlar | Dodation

Alternative - Boshqa narsadan, ayniqsa odatdagidan farq qilishdir

So
'nggi bir necha yil davomida jamiyatimizda yoshlarning o‘rni kattaligini qayta qayta anglab yetmoqdaman, bir o‘ylab ko‘ring mintaqamizdagi muammolarning deyarli barining yechimi bu yoshlar.

Bizning yoshlarni har biri o‘ziga xosligini anglash uchun bir soatdan kamroq individual suhbat yetarli, ammo shunga qaramay, barimizga xos bo‘lgan jihatlarimiz bor. Ehtiyoj paytida biz ilhomlantirishga harakat qilamiz, xursandchilikni doimo baham ko'rishni yaxshi ko‘ramiz, qiyin paytda yordamga shoshilamiz va biz qiyinchilikka duch kelganimizda, bir oz o'ylab muammoning ijodiy yechimini joyida topishga intilamiz

Bizni samaradorligimizni to'xtatuvchi bir qancha omillar mavjud, va bulardam biri, bu komfort zonasi. Biz vaziyatga juda tez moslashamiz - masalan, ba'zilarimiz bir necha yil davomida birhil harakatni qayta qayta qilishda davom etishi mumkin va vaqt juda tez o‘tib ketayotganini sezmaymiz ham. Biz Instagramda o'tirib, har kuni soatlab TikTok videolarini tomosha qilishimiz, do'stlarimiz bilan har kuni uchrashishimiz va bir xil ishni qayta-qayta qilishimiz mumkin va bu bizni charchamaydi ham. Yaxshiyamki, bularni o'zgartirish oson, yechimi muvaffaqiyatga bo‘lgan e'tiborimizni kuchaytirsak kifoya.

Shunday ekan, bundan buyon men bir-birimizni yetuk ishlarga undashimiz, alternative g‘oyalar, fikr va yechimlar bilan bo‘lishishimiz uchun ushbu kanalda yoshlarimizning eng progresivini to‘plamoqchiman.

#alternative #alternativeyouth

@alternative_youth

dodations | LinkedIn | Dodation