Get Mystery Box with random crypto!

16-noyabr kuni Qirg‘iz Respublikasining Jalolobod shahrida say | Alternative Yoshlar | Dodation

16-noyabr kuni Qirg‘iz Respublikasining Jalolobod shahrida sayyor qabullar tashkil etildi

Dastlabki sayyor qabul Jalolobod mamlakat universitetida bo‘ldi.

70 dan ortiq o‘zbekistonlik talaba-yoshlarimiz bilan ochiq muloqot shaklida tashkil etildi. Uchrashuv davomida talabalarning taklif-murojaatlari qabul qilindi. Shuningdek, ichki ishlar vazirligi va tashqi ishlar vazirligining xodimi ishtirok etishgan uchrashuvda yoshlarimiz huquqiy masalalar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishdilar.

Kunning 2-yarmida Jalolobod shahrining NIMSI institutida 300 dan ziyod yoshlar bilan uchrashildi.

Uchrashuv davomida talabalar tomonidan o‘qishni ko‘chirish masalasi ko‘tarildi. Bundan tashqari, chegaradan o‘tish tartibini osonlashtirish va viza olish jarayonini takomillashtirish takliflari berildi. Uchrashuvda institut rektori Kushtarbek Tampagarov o‘zbekistonlik yoshlarimiz uchun muammolarning amaliy yechimi ta’minlanishini ta’kidladi.

Barcha yoshlarimizga ishtirok uchun tashakkur bildiramiz.

@alternative_youth

dodations | LinkedIn | Dodation