Get Mystery Box with random crypto!

PIYOZ SHARBATIDAN ANTIBIOTIK. Agar tanangizda yallig‘lanish ku | Alsidrah

PIYOZ SHARBATIDAN ANTIBIOTIK.
Agar tanangizda yallig‘lanish kuchayganini sezsangiz, bahor kelishi bilan sizda yengil allergiya boshlansa, boshlang‘ich sistit kasalligingiz bo‘lsa yoki buyraklarimni yuvmoqchiman desangiz ushbu antibiotik ayni muddao!

Piyoz sharbatidan antibiotik tayyorlashda ko‘zlaringiz biroz achishsada, uning hayratlanarli shifosini his qilganingizda bu reseptni muntazam qabul qila boshlaysiz.
Piyoz sharbati davolovchi xususiyatlarga ega bo‘lib ichida ko‘pgina vitamin va minerallar bor.
Teri va soch muammolari, yurak kasalliklari, diabet va barcha yallig‘lanish turlari kabi kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi.
Piyoz sharbatidagi oltingugurt kollagen ishlab chiqarilishini orttiradi va bu sochlarning yanada tezroq o‘stirib, qazg‘oqni kamaytiradi.
Piyoz sharbatidagi flavanoidlar va boshqa antioksidantlar erta qarish belgilarining oldini oladi.
Piyozda kuersetin, antosiyanin va organosulfurlar kabi bir qancha saraton turiga qarshi birikmalar mavjud. Bir qancha tadqiqotlar bu birikmalarning ba‘zi saraton turlarini davolashda yordam berganini ko‘rsatgan. Tadqiqotlar yana shuni ko‘rsatganki, piyozning hidi qanchalik o‘tkir bo‘lsa, saratonning oldini olishda ham shu qadar samarali bo‘ladi.
Kuersetning miyadagi oksidatif stres bilan ham kurashishi ma‘lum bo‘lgan.
Psoriaz kasalligini davolashda yordam beradi.
Diyabet belgilarining kamayishiga ham yordam bergan.
Antibiotik, immunitetni oshiruvchi ozuqa bo‘lgan selenyumni o‘z ichiga oladi.
Piyoz sharbatining mikroblarga qarshi qobiliyati, ko‘zdagi konyuktivit va blefarit kabi yallig‘lanishlarni davolashda ham yordamchidir.
Boshlang‘ich sistitda siydik yo‘lini tozalashda yordamchidir.
Bahorda yuzaga keladigan shamollash(bahor allergiyasi) semptomlarini kamaytiradi.
Immunitetni oshirib, qon aylanishini yaxshilaydi.
Hazm qilish sistemasi uchun juda foydali.

Piyoz sharbatidan antibiotik qanday tayyorlanadi?
Bitta piyozni mayda qilib to‘g‘raymiz.
Shisha idishga (idish grafinmi nima bo‘lsa ham shishadan bo‘lishi shart!) to‘g‘ralgan piyozlarni solamiz. Har bitta katta piyoz uchun 500 ml ichimlik suvi solinadi(kran suvi emas).
Og‘zini yopib 24 soat davomida muzlatgichda saqlaymiz. Keyin suzib olamiz va chiqqan suvni kun davomida 4-5 stakan ichamiz. Har kun yangi tayyorlanadi, muzlatgichda saqlanadi.
Kamida 1 kun ko‘pi bilan 5 kun ichiladi.
O‘rtacha 3 kun.
Masalan, agar siydigingiz ozgina yondirib(sistit boshlanayotganini) bildingiz darrov bir stakan tayyorlab ichib oling.

Bu antibiotik kimlar uchun?
7 yoshdan 70 yoshgacha hamma uchun. Homiladorlardan tortib keksa yoki bolalargacha mumkin.

Faqat me‘dangizda muammolar bo‘lib, piyoz yeganingizda o‘zingizni yaxshi his qilmasangiz ichmaganingiz ma’qul.