Get Mystery Box with random crypto!

Alpha Crew Med ©

Telegram kanalining logotibi alphacrewmed — Alpha Crew Med © A
Telegram kanalining logotibi alphacrewmed — Alpha Crew Med ©
Kanal manzili: @alphacrewmed
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.39K
Kanalning ta’rifi

Aim Higher. Reach Faster. Shine Brighter.
Siz bu yerda topishingiz mumkin: Videolar, Audiolar, Konspektlar, Yangi ma'lumotlar, Maslahatlar, Shaxsiy Xulosalar...
Kontent:
* Patologiya
* (waiting)
est. in 2020 by Javokhir Khabibullayev

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-04-28 15:05:14 Online English

Yangi ONLINE INGLIZ tili guruhlari...

Ramazondan keyin Yangi 2 ta guruh ochiladi: Beginner va Elementary.

Beginner guruh haqida ma'lumot LINK

Elementary guruh haqida ma'lumot LINK

Narx siz o'ylagandan arzon. Sifat esa

Joylar cheklangan... Sizning o'rningiz bo'lganimda imkoniyatdan foydalanib qolgan bo'lar edim...

Bizning kanal: @JackHobbsEnglish
2.6K views12:05
Ochish/sharhlash
2022-04-01 22:33:11

Ramazon Muborak, do'stlar!

Alpha Crew Med
5.1K viewsedited  19:33
Ochish/sharhlash
2022-03-28 21:29:26 #HAJVIYA

Talabaga ne darkor?
Kim ham so‘rar hol-axvol,
Har kun kutadi bedor:
Stipendiya tushaqol!

Qarzlar ko‘payib ketti,
Perashka jonga tegdi,
Semestr boshim egdi,
Stipendiya tushaqol!

Avtobusda yuribmiz,
O‘tgan hafta kutibmiz,
Rosa-rosa quribmiz,
Stipendiya tushaqol!

Kerak kursga pul to‘lash,
Kvartirada yashash,
Zeriktirdi pul tejash,
Stipendiya tushaqol!

Ayb o‘zimda, bilganman,
Kech tushishing sezganman,
Afsus, oshga borganman,
Stipendiya tushaqol!


Muslimbek Esonaliyev
3.0K views18:29
Ochish/sharhlash
2022-03-21 18:10:14 Ota-ona

Yillar o'taveradi... Sekin astalik bilan o'z niyatlarimga ham erishaveraman. Hamma narsa yaxshilanaveradi. Lekin doimo 1 narsa yomonligicha qolaverar ekan. Vaqt ota-onamga ta'sir o'tkazaverar ekan

Deyarli 10 yildan beri uydan uzoqda yashayman. Oxirgi marta ota-onamning yuziga to'yiib qaraganimni eslay olmadim. Bugun shunday qilib ko'rdim. Ular ancha sekinlashib(boshqa so'zlarni ishlata olmadim) qolishibdi Keyin o'zimning naqadar xudbin ekanligimni tushuna boshladim. O'z maqsadlarim yo'lidan yurib, otamning yonida, onamning tizzasida o'tkazishim mumkin bo'lgan yillarni boy berayotganimni o'ylab ichim tirnaldi... Yana Germaniya ga ketaman emish

Xudbinlashib ketyapmiz, do'stlar! Ularni asraylik! Ular g'animat, qolgani topilarkan...

Nimaga bayram kuni bunaqa post yozyapsan deyishinglar mumkin. Lekin men bu gaplarni ularning o'zlariga unchalik ham ayta olmayman. Qandaydir kuch bor buni to'sadigan. Bu yer esa men uchun qulay.

Ayajon, dadajon bilaman bu postni o'qiysizlar...
Men sizlarni yaxshi ko'raman
2.9K viewsedited  15:10
Ochish/sharhlash
2022-03-12 07:39:55
#beginner #grammar

High-yield...

Theme: Present simple tense...
Mavzu: Hozirgi oddiy zamon...


Online darslarimiz uchun materiallardan

Do'stlaringizga ham ulashing...

Channel: My team(Jack Hobbs)
2.2K views04:39
Ochish/sharhlash
2022-03-08 07:21:22
Go'zal va betakror 'ladies', Xalqaro xotin qizlar kuni bilan Tabriklayman
2.5K viewsedited  04:21
Ochish/sharhlash
2022-03-04 06:53:48 Tibbiyot talabalari uchun

Qutqargani hech kim kelmaydi. Nima qilish kerak? Shu postda yozilgan misolni


Institutlardagi darslardan qoniqmaslik hissi juda ko'p talabalarda bor. Siz chet tili bilasiz va chet tilidagi adabiyotlaridan foydalanishga harakat qilasiz. Sizga o'tilayotgan dars sifati siz o'qigandagidan ancha "boshqacha". YouTubeda ingliz tilida zo'r tushuntirilgan farmadan darsni ko'rasizda, nahotki tibbiyot shunaqa qiziq bo'lsa degan xayol keladi. Chunki siz hozirgacha bilgan fundamental fanlar quruq, qiziqarsiz va yodlab qolish kerak bo'lgan bir dunyo ma'lumotlar xolos.

Yoki sizda o'rganishga ishtiyoq juda katta, lekin ingliz tilini aytaylik unchalik bilmaysiz. Rus tilini esa aytaylik "ancha esdan chiqargansiz". Ingliz tili biladiganga ham, bilmaydigan uchun ham yechim bor aslida.

Men Andijonda med. institutda o'qiydigan 2-3 kishhilik bitta kichkina komandani bilaman. Oddiy talabalar. Sizdan yoki gruppadoshingizdan farqi yo'q. Siz o'qigandek maktabda o'qigan, siz o'qiyotgandek muhitda o'qiydi, yashaydi. Lekin ularni sizdan bitta narsa farqlab turadi. Ular qutqargani hech kelmasligini avvalroq tushunib yetishgan. O'zlarini bilim olishlari uchun o'zlari mas'ul ekanligini anglab yetishgan. Bu yo'lda harakatni allaqachon boshlashgan. Bu yigitlar nafaqat o'z kelajaklari uchun befarq, balki ularda qolgan talabalar uchun havotir hissi ham bor. Shuning uchun ingliz tilida olgan bilimlarini o'zbek tiliga o'girib tekinga ulashib borishadi. Ular ingliz tilini o'rganishga qunt qila olmaydigan, o'z kelajagi haqida unchalik qayg'urmaydigan yoki qandaydir xaloskor kutadigan talabalar haqida qayg'urishadi.

Ular sizning kelajagingizni, o'zlarini kayfidan ustun qo'yishgani uchun shunday qilishadi. Chunki olgan bilimni chiroyli ravishda tushuntirib, video tayyorlab, youtubega qo'yish vaqt va resurs talab etadigan jarayon. Aslida ular bunday qilishga majbur emas, lekin yigitlarni kelajak tashvishga soladi. O'zlarini kelajagi emas, sizning kelajagingiz.

Kim ular? Qanaqa dars? Qanaqa kanal?
Barchasini ismlarini to'liq bilmayman, lekin YouTubedagi kanalini ko'rib turaman. Yigitlar institut erta kurslarida o'qishadi. Shuning uchun asosiy darslari fundamental fanlar bo'yicha. Fikrimcha ular vaqt o'tishi bilan klinik fanlar haqida ham videolar tayyorlash fikrida. Ko'ring va zamonaviy tibbiyot va qiziqarli fanlar qanday bo'lishini bir ko'ring.

Mana bu joyda linklar, lekin linklarni bosishga shoshilmang, avval pastroqni o'qing.

Telegram: @drshark_asmi
YouTube: https://youtube.com/channel/UCIJ9heb1Gl3TcQrIo0qdUHA


Yaqingacha tibbiyot bo'yicha o'zbek tilida content yo'q edi. Endi esa bor va bu sekin ko'payib boryapti. Hali ham ehtiyoj juda katta, lekin bu borada ish boshlangan. Bu yo'nalishda imkoniyat katta. Jamiyat muammosiga yechim topib bersangiz, jamiyat sizni har doim qadrlaydi.

Aytishlaricha ikki toifadagi odamlar bor. Birinchisi beruvchi, ikkinchisi oluvchi. Birinchisi hayotingizni oson qilguvchi, ikkinchisi hayotingizni qiyin qilguvchi. Birinchi toifada bo'lishga nima xalaqit beryapti? Xulosa sizdan.

Kuningiz xayrli o'tsin. Sizga, xalqimga, insoniyatga tinchlik tilayman.
Bek Olimjon
2.0K views03:53
Ochish/sharhlash
2022-01-20 20:39:24 Rasman: 24-yanvardan boshlab, barcha oliy ta'lim muassasalari (davlat, nodavlat, xususiy hamda xorijiy filiallar) va professional ta’lim muassasalari, akademik litseylar (barcha ta’lim shakllari va turlari bo‘yicha) bir oy muddatga masofaviy (onlayn) ta'limga…
4.7K viewsedited  17:39
Ochish/sharhlash
2022-01-20 20:18:48 Rasman: 24-yanvardan boshlab, barcha oliy ta'lim muassasalari (davlat, nodavlat, xususiy hamda xorijiy filiallar) va professional ta’lim muassasalari, akademik litseylar (barcha ta’lim shakllari va turlari bo‘yicha) bir oy muddatga masofaviy (onlayn) ta'limga o'tkazildi — Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi...

2- va 3- kurs ukatoylarim domlalarga salom aytinglar
3.7K viewsedited  17:18
Ochish/sharhlash
2022-01-19 20:25:01 #nopoint #societytoday

Bugun "__ bank" ga yangi plastik kartochka olgani borgan edim. U yerda shunday suhbat bo'ldi...

Men: - Assalomu aleykum. Yangi plastik kartochka olmoqchi edim.

Xodim: - Vaaleykum assalom. Qanday turdagi?

Men: - Uzcard...

Xodim: - Nima maqsadda?

Men: - Shunchaki. Qo'shimcha, bo'sh karta kerak edi.

Xodim(eshitilar eshitilmas) : - Nima ma'no? Hop. Passportingizni bering.

Men: - Passportimni olmagan edim. Lekin kopiyasi bor. Mana.

Xodim: - Passport kopiya ga yangi karta berolmaymiz.

Men: -


1 soatdan keyin passportimni olib kelib berdim. Xodim eda passportimni kopiya qilib oldi va "bo'ldi" dedi.

Men: - (Qa'ni mantiq?)

@AlphaCrewMed
3.1K viewsedited  17:25
Ochish/sharhlash