Get Mystery Box with random crypto!

#HAJVIYA Talabaga ne darkor? Kim ham so‘rar hol-axvol, Har ku | Alpha Crew Med ©

#HAJVIYA

Talabaga ne darkor?
Kim ham so‘rar hol-axvol,
Har kun kutadi bedor:
Stipendiya tushaqol!

Qarzlar ko‘payib ketti,
Perashka jonga tegdi,
Semestr boshim egdi,
Stipendiya tushaqol!

Avtobusda yuribmiz,
O‘tgan hafta kutibmiz,
Rosa-rosa quribmiz,
Stipendiya tushaqol!

Kerak kursga pul to‘lash,
Kvartirada yashash,
Zeriktirdi pul tejash,
Stipendiya tushaqol!

Ayb o‘zimda, bilganman,
Kech tushishing sezganman,
Afsus, oshga borganman,
Stipendiya tushaqol!


Muslimbek Esonaliyev